Bosh suyagi sinishi bu bosh suyagining kranial qismini tashkil etuvchi sakkizta suyakdan bir yoki bir nechtasining sinishi bo'lib, odatda biror bir ta'sir kuch travması natijasida yuzaga keladi. Agar zarba kuchi haddan tashqari kuchli bo'lsa, suyak zarba joyida yoki yaqinida sinishi va bosh suyagi ichidagi qavatlar, qon tomirlari va miya kabi asosiy tuzilmalarga zarar yetkazishi ham mumkin.

Bosh suyagining biror bir belgi bermagan holatda sinishi jismoniy yoki nevrologik shikastlanishlarsiz sodir bo'lishi mumkin va o'z-o'zidan klinik ahamiyatga ega bo'lmasa-da, sog'lom suyakning sinishi kabi katta miqdordagi kuch ishlatilganligini ko'rsatadi va u bilan bog'liq jarohatlar bo'lishi ehtimolini oshiradi. Boshning har qanday muhim zarbasi, es-hushni yo'qotish yoki yo'qotmasdan, miya chayqalishiga olib keladi.

Sinish turlari

tahrir

Chiziqli (chegarali) sinish

tahrir

Bosh suyagining chiziqli yoriqlari bu bosh suyagining to'liq qalinligini tashqi tomondan ichki sohaga qaraladigan bosh suyagidagi chegarali yoriqlarlardir. Ular odatda to'g'ri bo'lib, suyaklar siljishini oldini oladi. Shikastlanishning umumiy sababi biror bir to'mtoq kuch ta'siri bo'lib, zarba energiyasi bosh suyagining butun yuzasiga tarqaladi. 

Bosim ta'sirida sinish

tahrir
 
Bosim ta'sirida kalla suyagining sinishi.

Zarb ta'sirida bosilgan yoki ezilgan bosh suyagi sinishi, odatda, bolg'a, tosh bilan urish yoki boshga tepish kabi kuch ta'sirii natijasida yuzaga keladigan sinish turidir. Ushbu turdagi sinishlar - og'ir bosh jarohatlarining 11 foizida uchraydi. Buning natijasida, singan suyaklar ichkariga siljiydi. Zarb ta'sirida bosilgan yoki ezilgan bosh suyagi sinishi miyaga bosimning oshishi yoki nozik to'qimalarni ezib yuboralishi natijasida miyaga qon quyilishi xavfi yuqori bo'lishi mumkin.

Diastatik sinish

tahrir
 
Diastik sinish.

Diastatik yoriqlar har xil turdagi yoriqlar bilan paydo bo'lishi mumkin, shuningdek, kranial choklarning diastazasi bilan bir vaqtning o'zida sinishsiz sodir bo'lishi ham mumkin. Sutural diastaz, shuningdek, kleydokraniyal displazi va osteogenez imperfekta kabi turli xil tug'ma kasalliklarda ham paydo bo'lishi mumkin.[1][2][3][4]

Bazilar sinishi

tahrir
 
Bosh suyagi asosining yuqoridan ko'rinishi.

Bosh suyagining bazilyar sinishi - bu bosh suyagining tag qismida (bosh suyagi asosi) yuzaga keladigan chiziqli yoriqlar bo'lib, ular neyrokraniumning boshqa joylariga qaraganda ko'proq ta'sir qiladi. Shunday qilib, ular kam uchraydigan sinish turlari hisoblanadi, og'ir bosh jarohati bilan og'rigan bemorlarning atigi 4 foizida yagona sinish turi sifatida uchraydi.

Murakkab sinish

tahrir
 
Bosh suyagining murakkab sinishii miyani himoya qiluvchi barcha qatlamlar epidermisdan to miya pardasigacha jarohatlanganda yuzaga keladi, bu esa bosh suyagi bo'shlig'iga tashqi muhitdan har xil yot ta'sirlar qabul qilish imkonini beradi.

Yana qarang

tahrir
  • Le Fort yuzining sinishi
  • Yuz sohasining sinishi
  • Pastki jag'ning sinishi

Ma'lumotnomalar

tahrir
  1. Paterson CR, Burns J, McAllion SJ (January 1993). "Osteogenesis imperfecta: the distinction from child abuse and the recognition of a variant form". Am. J. Med. Genet. 45 (2): 187–92. doi:10.1002/ajmg.1320450208. PMID 8456801. 
  2. Kanda M, Kabe S, Kanki T, Sato J, Hasegawa Y (December 1997). "[Cleidocranial dysplasia: a case report]". No Shinkei Geka 25 (12): 1109–13. PMID 9430147. 
  3. Sabini RC, Elkowitz DE (October 2006). "Significance of differences in patency among cranial sutures". J Am Osteopath Assoc 106 (10): 600–4. PMID 17122029. 
  4. Pirouzmand F, Muhajarine N (January 2008). "Definition of topographic organization of skull profile in normal population and its implications on the role of sutures in skull morphology". J Craniofac Surg 19 (1): 27–36. doi:10.1097/SCS.0b013e31815ca07a. PMID 18216661. 

Bibliografiya

tahrir

Havolalar

tahrir