Slytherin
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Slizerin (ing. Slytherin) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slytherin, Gryffindor, Hufflepuff, Ravenclaw) biri. Bu fakultet qadriyatlariga ayyorlik, sharafsevarlik, topqirlik va zukkolik kiradi. Kitobdan kelib chiqish mumkinki, Slytherin talabalariga hokimiyatga tashnalik xos. Bundan tashqari Salazar Slytherin talabalarni aslzodlik boʻyicha qabul qilgan. Slizerin ramzi – Ilon, asosiy ranglari – yashil va kumushrang, Dekan – damlamashunoslik oʻqituvchisi, professor Severus Snape. Uning salafi va keyinchalik vorisi – Horace Slughorn. Faskultet arvohi – qoʻrqinchli Qonli Baron. Slytheringa xos sehrlangan xona – Maxfiy Hujra. J. K. Rowlingning soʻzlariga koʻra Slytherin suv unsuriga toʻgʻri keladi[1]. Slizerinning Mehmonxonasi va yotoqxonalari yer ostida, tosh devori ortida joylashgan. Mehmonxona Hogwarts koʻli ostida joylashgan va yashil chiroqlar bilan yoritilgan.
Baron va Helena tarixi
tahrirOhirgi kitobda Qonli Baron hayoti davomida Rowena Ravenclawning qizi – Helena(Ravenclaw fakultetining arvohi)ni sevgani haqida aytib oʻtilgan. Lekin bir kuni Helena onasining diademasini (ayollar bosh taqinchogʻi) olib qochib ketadi. Baron esa Rowena Ravenclawning iltimosi bilan uning ortidan yoʻlga tushadi va yetib olishga muvaffaq boʻladi, lekin gaplashib olishning iloji boʻlmaydi. Jaxli chiqqan Baron sevgilisini oʻldiradi, keyinroq esa qilib qoʻygan ishini tushunib yetib, oʻz joniga qasd qiladi[2].
Slizerin bitiruvchilari
tahrirGarri Potter Hogwartsga qabul qilingan vaqtida Slytherin daxshatli obroʻga ega edi(Taqsimlovchi shlyapadagi Garri Potterning yagona hayoli: „Faqat Slytherin emas!“). Rubeus Hagridning Garriga aytishicha, dunyoda hech bir yovuz afsungar yoʻqki, u Slytherin oʻqimagan boʻlsa. Ammo bu Hagrid tomonidan boʻrttirib yuborilgan, chunki oʻsha vaqtlarda u qachonlardir Griffindor talabasi boʻlgan Sirius Blackni ham qotil va Ajalxoʻr deb hisoblar edi[2]. Shunga qaramay, haqiqatdan ham, koʻpchilik yovuz afsungarlar Slytherinda tahsil olishgan, istisno tariqasida Peter Pettigrew Gryffindorda va professor Quirrell Reyvenkloda tahsil olishgan. Hogwarts uchun kurashda hech bir Slytherin talabasi Voldemortga qarshi chiqishni istamaydi, lekin oldin Voldemortga xizmat qilib, keyinchalik Dumbledorening tomoniga oʻtib ketgan Horace Slughorn va Severus Snape, bundan tashqari oldin Ajalxoʻr boʻlgan Regulus Black Slytherin talabasi boʻlishgan[2].
Maxfiy Hujra tarixi
tahrirProfessor MakGonagallning aytishicha, Hogwarts 1000yillar ilgari hamma vaqtning
eng kuchli afsungalari: Godric Gryffindor, Helga Hufflepuff, Rowena Ravenclaw va Salazar Slytherin tomonidan tashkil qilingan. 3ta afsungar birga juda barkamol ishlashgan, yana biri esa ularning hech biri bilan kelisha olmas edi. Salazar Slytherin talabalarning maktabga qabulini yanada qattiqlashtirmoqchi boʻladi. Uning fikricha afsungarlik bilimlari faqatgina sehrgarlar oilasida, boshqacha aytganda, Aslzodlar oilasida saqlanishi kerak edi. Boshqalarni bunga koʻndira olmay, u Hogwartsni tark etishga qaror qiladi. Afsonalarga koʻra Slytherin qasrda, Maxfiy Hujra nomini olgan, yashirin boshpana yaratadi. Va maktabni tark etishidan oldin u xonani afsun yordamida qulflab ketadi. Hujra faqatgina maktabda Slytheringa voris boʻlishga loyiq talaba paydo boʻlsagina ochiladi. Faqatgina vorislikka loyiq insongina Hujradagi muhrni yechib, undagi „Daxshat“ni ozod eta oladi. Va uning yordami bilan maktabni, undagi afsunlashni oʻrganishga „noloyiq“lardan tozalaydi. Hujrada, faqat Slytherin vorisigagina boʻysunuvchi mavjudot yashirilgan. Afsonalarga koʻra u yerda inson aqliga sigʻmas maxluq yashaydi[3].
Toza qonlik qoidasi
tahrirTaqsimlovchi shlyapaning aytishicha, Slytheringa qabul qilinishga sabab boʻluvchi omillardan biri – aslzodlik, lekin bu 5-kitobgacha aytilmagan. Buning ustiga barcha Slytherin talabalari ham tozaqon emas (masalan Tom Riddle). Soʻngi kitobda ovchilar guruhi baʼzi aslzod boʻlmaganlar ham Slytheringa qabul qilinishini aytishgan[4].
Voldemort Garri Potterni magʻlub etganiga ishonib Slytherindan tashqari, barcha fakultetlarni yoʻq qilmoqchi boʻladi. Lekin, Voldemort magʻlub boʻladi va oʻladi, shundan soʻng Slizerin toza qon fakulteti boʻlishdan toʻxtaydi. „Garri Potter va Laʼnatlangan Bola“ kitobida yozilishicha, Garri Potterning oʻrtancha oʻgʻli, Albus Severus Potter, Slizeringa qabul qilinadi. Aynan shu yili, Albusdan tashqari, fakultetga Draconing oʻgʻli – Scorpius Malfoy ham qabul qilinadi[5].
Fakultet xonalari
tahrirSlizerin fakultetining xonalari Hogwarts qasrining ostidagi koʻpchilik talabalar ohiri berk deb hisobalaydigan, yoʻlakning ohiridagi tosh devor ortida joylashgan. Lekin, bu devor surilib fakultet mehmonxonasiga eltuvchi sirli yoʻlakni ochishi uchun parolni aytish kifoya. Fakultet mehmonxonasi oʻzida baland boʻlmagan, toʻq yashil kreslolar va sovuq botqoq rangida nur taratuvchi lampalar bilan toʻldirilgan va Qora Ko’lning shundoqqina ostida joylashgan xonani aks ettiradi. Slizerin mehmonxonasi did bilan bezatilgan.
Oʻqishning ikkinchi yilida Garri Potter va Ron Weasley sehrli damlama orqali, Vincent Crabbe va Gregory Goyle koʻrinishida, Malfoydan Slytherinning vorisi haqida bilib olish maqsadida, fakultet mehmonxonasiga kirib olishadi. Parol "Aslzodlik" soʻzi boʻlib chiqadi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari.
- ↑ 3,0 3,1 Rouling, Joan. Garri Potter va Maxfiy Hujra. Rosmen.
- ↑ Rouling, Joan. Garri Potter va Feniks jamiyati. Rosmen, 2003.
- ↑ Rouling, Joan. Garri Potter va La`natlangan Bola. Rosmen.