Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro turnirlarda Slovakiya sharafini himoya qiladi[1].
|
Tarixi
tahrirChexoslovakiya
tahrirSlovakiya ayollar futbol terma jamoasi 1968-yilda Chexoslovakiya ayollar terma jamoasi tarkibida Italiya milliy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Keyinchalik, Slovakiya ayollar futbol terma jamoasi Chexoslovakiya ayollar futbolida asosiy kuchga aylandi va birinchi marta 1989-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralashida (jamoa uchun ilk xalqaro turnir edi) ishtirok etdi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va chorak finalga chiqdi va u yerda Gʻarbiy Germaniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyinda (1-1 uy, 0-2 safarda) magʻlub boʻldi. Chexoslovakiya ayollar terma jamoasi 1991-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralashida ham ishtirok etgan. Ular guruh bosqichida Vengriya terma jamosidan bir ochko ortda qolib, pley-off bosqichiga yo‘l olishdi, lekin baribir yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi[2].
Slovakiya
tahrirSlovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Slovakiya nomi ostida 1993-yil 21-iyunda Chexiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Lekin ilk oʻyinida Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 0:6 hisobida magʻlub boʻldi.
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilgi Yevropa ayollar chempionatida Slovakiya nomi bilan maydonga tushdi, lekin unda ham UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma ola olmadi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari guruh bosqichida oxirgi oʻrinni egalladi va B toifasiga tushib ketdi.
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yilgi ayollar futboli boʻyicha Jahon chempionatiga saralash bosqichigachada qatnashgunga qadar 10 yil davomida B toifasida qoldi. 2009-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralash bosqichida Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻllanma uchun ilk bor juda yaxshi imkoniyatga ega boʻldi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi davra uchrashuvlarining deyarli barchasida gʻalaba qozindi, ikkinchi tur (davra) oʻyinlarida Slovakiya Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga magʻlub boʻldi[3][4].
Jamoa tasviri
tahrirJamoa laqabi
tahrirSlovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Repre[5]“ va" Slovenskí sokoli (Slovakiya lochinlari)[6]" nomlari bilan tanilgan.
Murabbiylar shtabi
tahrirHozirgi murabbiylar shtabi
tahrir
Lavozim | Ism | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Peter Kopún |
Bosh murabbiylar tarixi
tahrir- Peter Kopún (?-hozirga qadar)
Oʻyinchilar
tahrirHozirgi tarkib
tahrir- 2021-yil 30-noyabr kuni Shvetsiya ayollar terma jamoasiga qarshi o‘yinda quyidagi futbolchilar Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
- Oʻtkazgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 10-iyun holatiga koʻra berilgan.
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijalari
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan
gollar |
Gollar farqi | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan
gollar |
Gollar farqi | |
1991-yil | Chexoslovakiya terma jamoasining bir qismi | Chexoslovakiya terma jamoasining bir qismi | ||||||||||||||
1995-yil | Saralashdan oʻta olmadi | UEFA Evro 1995 | ||||||||||||||
1999-yil | 8 | 5 | 2 | 1 | 33 | 5 | +28 | |||||||||
2003-yil | 8 | 5 | 0 | 3 | 25 | 11 | +14 | |||||||||
2007-yil | 8 | 5 | 0 | 1 | 14 | 5 | +9 | |||||||||
2011-yil | 8 | 2 | 0 | 6 | 15 | 13 | +2 | |||||||||
2015-yil | 10 | 1 | 1 | 8 | 6 | 29 | −23 | |||||||||
2019 | 8 | 1 | 0 | 7 | 4 | 23 | −19 | |||||||||
2023-yil | Aniqlanishi uchun | |||||||||||||||
Jami | - | - | - | - | - | - | - | - | 50 | 19 | 3 | 26 | 97 | 86 | +11 |
UEFA ayollar chempionati
tahrirUEFA ayollar chempionatida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Slovakiya ayollar terma jamoasining natijasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan
gollar |
Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan
gollar |
||
1984-yildan 1993-yil | Chexoslovakiya terma jamoasining bir qismi | Chexoslovakiya terma jamoasining bir qismi | |||||||||||||
1995-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 4 | 2 | 0 | 2 | 4 | 9 | ||||||||
1997-yil | 8 | 0 | 1 | 7 | 3 | 33 | |||||||||
2001-yil | 8 | 5 | 0 | 3 | 23 | 10 | |||||||||
2005-yil | 6 | 2 | 1 | 3 | 20 | 11 | |||||||||
2009-yil | 8 | 2 | 0 | 6 | 5 | 29 | |||||||||
2013-yil | 8 | 3 | 1 | 4 | 8 | 7 | |||||||||
2017-yil | 8 | 3 | 0 | 5 | 11 | 13 | |||||||||
2022 | 8 | 3 | 1 | 4 | 7 | 19 | |||||||||
Jami | - | - | - | - | - | - | - | 58 | 20 | 4 | 34 | 81 | 131 |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Thrilling win in the snow“. ESPN (2009-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Champions dumped out“. ESPN (2010-yil 24-iyun).
- ↑ „Italy eliminated from World Cup in 1st round“. AP (2010-yil 24-iyun).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Italy and France make unwanted history“. AFP (2010-yil 24-iyun).
- ↑ „Prezývka slovenských reprezentantov? Suchá“. aktualne.sk. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-iyun.
- ↑ „SLOVENSKÍ SOKOLI“. futbalsfz.sk. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.