Soʻfitoʻrgʻay
Soʻfitoʻrgʻay (Galerida cristata) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Tanasining uz. 180–190 mm, vazni 45 g gacha. Boshida patlardan iborat "kokil"i boʻladi. Yerda yaxshi yuguradi. Patlari qoʻngʻirkulrang, usti qoramtir dogʻli, qorni esa sargʻishoq, tomoq va koʻkragida qoʻngʻir xollari bor. Gʻarbiy va Markaziy Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Uyasini yerdagi pana joylarga quradi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Modasi uni 12— 13 kun bosadi. Bolalari 9—10 kundan keyin uyani tashlab ketadi. S. hasharotlar, oʻsimlik qismlari va urugʻlari bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda oʻtroq yashaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |