Soʻnggi qoʻngʻiroq
Soʻnggi qoʻngʻiroq — maktabni bitirayotgan oʻquvchilar anʼanasi, bayram. Oʻzbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida 25-may kuni nishonlanadi. Bayram oʻquv yili tugaganida, biroq bitirish imtihonlaridan avval oʻtkaziladi.
Soʻnggi qoʻngʻiroq | |
---|---|
Isfana shahridagi Oʻzbek gimnaziyasida soʻnggi qoʻngʻiroq. 2010-yil bitiruvchilari. | |
Turi | Xalqaro |
Sana | 25-may |
Nishonlanishi | maktab formasi qoʻngʻiroqcha |
Soʻnggi qoʻngʻiroqda bitiruvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalar ishtirok etishadi. Marosimda mehmonlar, maktab direktori, ilk oʻqituvchilar, ota-onalar, birinchi sinf oʻquvchilari tabrik aytishadi. 9- va 11-sinfni yakunlayotgan bitiruvchilar oq yoʻl va muvaffaqiyat tilab nutq soʻzlashadi.
Tadbir
tahrirSoʻnggi qoʻngʻiroq tadbiriga bitiruvchilar maktab formasini kiyib kelishadi. Bitiruv kechasidan farqli oʻlaroq, soʻnggi qoʻngʻiroq bayrami kuni bitiruvchilar „Bitiruvchi — yil“ (masalan, „Bitiruvchi — 2014“) yozuvli lenta va kichik qoʻngʻiroqchalar yoki qoʻngʻiroq shaklidagi belgilarni taqishadi.
Marosim davomida ramziy soʻnggi qoʻngʻiroq chalinadi. Odatda biror bitiruvchi yelkasiga qoʻliga maktab qoʻngʻirogʻi ushlab olgan birinchi sinf oʻquvchisini oʻtqazib, davrani aylanib chiqadi. Baʼzan bitiruvchilar havoga havo sharlarini uchirishadi hamda valsga tushishadi.
Bitiruvchilar maktab bilan vidolashib turli xil qoʻshiqlar ham ijro etishadi. Oʻzbek maktablarda koʻp hollarda Ravshan Sobirov va „Setora“ guruhi ijro etgan „Xayr, maktabim“ qoʻshigʻini aytishadi.[1] Bitiruvchilar yana oʻqituvchilarga guldastalar, esdaliklar sovgʻa qilishadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Oʻzbekcha Vikipediyada bugun „soʻnggi qoʻngʻiroq“, ertaga yozgi taʼtil!“. Ozodlik radiosi (2014-yil 22-may). Qaraldi: 2014-yil 23-may.
Havolalar
tahrirVikiomborda Soʻnggi qoʻngʻiroq haqida turkum mavjud |