Setora

O'zbekistondagi mashhur pop guruhi

Setora (2005—2008 va 2016—2017-yillarda SeTanho deb atalgan, shuningdek, Se*Tanho, SeʼTanho, Se★Tanho, Setora Tanho nomlari ostida ham faoliyat olib borgan) – 1998-yil 1-martda sinfdoshlar Komila Xoʻjayeva, Laylo Galiyeva va Feruza Latipovalar tomonidan tashkil etilgan oʻzbek estrada guruhi boʻlib, oʻzbek, rus, tojik va fors tillarida ijod qiladi[1].

Setora
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Toshkent, Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1998—2012, 2016—hozirgacha
Janr Pop
Leybl Tarona records
(1998—2005)
Tarkib Komila Xoʻjayeva
Laylo Galiyeva
Feruza Latipova

Guruhning „Sen borsan“, „Ohim“, „Ajdodlar ruhi“, „Eshitmaydi“, „Xayr maktabim“, „Oʻzbegim“ kabi qoʻshiqlari oʻz davrining eng ommabop xitlariga aylangan. Guruhning mashhurligida Ruslan Sharipov, Tohir Sodiqov, Shaxnoz, Tolib Kuliev, Vagif Zokirov va Vitaliy Zlatarev kabi kompozitorlarning hissasi katta. Ularning ijodi guruhning tanilishida muhim oʻrin tutgan. Guruh uchun Dima Korobkin, Alex Studio, Bahodir Yo‘ldoshev, DJ Piligrim kabi taniqli rejissyorlar kliplar suratga olishgan.

2005-yilda guruh tashkil etilganidan beri hamkorlik qilib kelayotgan Tarona records leybli bilan shartnomani bekor qilgan va oʻz nomini SeTanhoga oʻzgartirgan[2]. Guruh oʻzining yangi nomi ostida „Number 1“ albomini chiqargan, bir nechta kliplar ham suratga olgan[1], ammo bir ozdan soʻng tarqalib ketgan. Guruhning tarqalishiga Layloning oʻzini yakkaxon qoʻshiqchi sifatida sinab koʻrish istagi sabab boʻlgan, bu esa dugonalari tomonidan ogʻir qabul qilingan. Shunday boʻlsa-da, SeTanho guruhi (Feruza va Kamila) yana uch yil (2005-2008) oʻz faoliyatini davom ettirgan va „Ne boʻlsa ham“ kabi qoʻshiqlar chiqarishda davom etgan[3].

2016-yilda guruh sahnaga qaytish niyati borligini eʼlon qilgan, biroq Feruzaning AQSHga koʻchib oʻtganidan soʻng, tarkibda faqatgina Kamila va Laylo qolgan edi[4]. 2018-yildan boshlab esa ular yana Setora nomi ostida ijod qila boshladi.

Sahnaga qaytish
tahrir

Guruh 2024-yilda jiddiy ijodaga qaytdi. Ular 25 yil avval kuylangan "Bitta o'zim" nomli qo'shig'i uchun sahroda klip suratga olishdi. 2024-yilning dekabr oyida esa Xalqlar do'stligi saroyida 5 seansli 3 kunlik konsert qo'yishdi.

Konsert “Setora”ning “Ajdodlar” qo‘shig‘i fonida jonli tarixiy jang sahnasi ko‘rinishi bilan boshlandi. Keyingi chiqishda aktyorlar Tesha Mo‘minov, Muqaddas Xoliqova “Bibixonim” qo‘shig‘i sadosida yorqin sahna ko‘rinishida rol o‘ynadi.

Konsert yulduzli daqiqalarga boy o‘tdi. Aktrisa Asal Shodiyeva “Alla” qo‘shig‘ida qo‘lida chaqaloq bilan sahnaga chiqib, beshik tebratdi.

Bloger, qo‘shiqchi, teleboshlovchi Husnora Shodiyeva “kelin yangalar” Feruza va Laylo hamrohligida “Yor-yor” qo‘shig‘i sadolari bilan zal o‘rtasidan chiqib keldi va tomoshabinlardan kelin salomini ayamadi. “Million” jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov va Husnoraning yosh kelin-kuyov rolidagi “shirin tortishuvi” zalda yig‘ilganlarning to‘xtovsiz qarsagiga sabab bo‘ldi.

Sahar” va “Setora” uzoq muddatga ijoddan uzoqda bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z muxlislariga ega guruhlardan. “Sahar” solisti Anvar Jo‘rayev bilan duet kuylandi va u “Setora” qizlarini hurmat qilishini, ularning samimiyligini qadrlashini aytib, ijodiy ishlariga omad tiladi.

Jami uch blokdan iborat konsert atmosferasini so‘z bilan tasvirlash biroz qiyin — sahna dekoratsiyalari, chiroqlar, raqqoslarning noodatiy raqslari va yorqin obrazlar, eng asosiysi, energiyaga boy, sevimli guruhi bilan jo‘rovoz bo‘lib kuylayotgan ashaddiy muxlislar. Bularning bari tadbirga o‘zgacha nafas bag‘ishladi. Qo‘shiqlarning barchasi yangi talqinda ijro etildi.

“Yilning eng shov-shuvli konserti” nominatsiyasi mukofoti iste’dodli Lolaga taqdim etilgandi. Albatta, oktyabr oyigacha bo‘lgan konsertlar ichida Lola Yuldashevaniki eng noodatiy va yorqin lahzalarga boy o‘tdi. Biroq afsonaviy guruhning konserti bu mukofotga ko‘proq munosib ekanini guruh qizlari ilk chiqishning o‘zidayoq isbotlab qo‘ydi.

Videografiyasi

tahrir

Videokliplari

tahrir
Yil Klip Rejissyor Albom Qaysi nom ostida
2000-yil „Sen borsan“ Dmitriy Korobkin „Sen borsan“ „Setora“
„Vafodoring“ Bahodir Yoʻdoshev „Setora“
„Yolgʻizlik“ „Setora“
„Yonma“ „Ohim“ „Setora“
„Ohim“ „Setora“
„Yoʻq demagin“ „Setora“
2001-yil „Eto jizn“ „Eto jizn“ „Setora“
„Ti poteryal“ „Setora“
„Ti daleko“ „Setora“
„Noviy god“ „Setora“
„Xayr, maktabim“ (Ravshan Sobirov bilan) Bahodir Yoʻdoshev "Setora"
„Qora, qora“ „Qora“ „Setora“
„Ajdodlar ruhi“ Bahodir Yoʻldoshev „Setora“
„Oʻzbegim“ „Setora“
„Bibixonim“ „Ayirmagin“ „Setora“
„Ayirmagin“ „Setora“
„Ne boʻlar“ „Setora“
2003-yil „Kel“ „Xayr Endi“ „Setora“
„Xayr endi“ „Setora“
2004-yil „Hayotim“ „Hayotim“ „Setora“
2005-yil „Bilaman“ „Jon Jon“ „Setora“
2005-yil „Jon—jon“ Ice TIM (Temur Qodirov) „Setora“
2006-yil „Hayolan“ „Setora“
2007-yil "Yoshlik" (Botir Komilov bilan) „Number 1“ „SeTanho“
„Yasmin“ „SeTanho“
„Samarqand“ Singl „SeTanho“
2008-yil „Ne boʻlsa ham“ Singl „SeTanho“
„Rahmani“ Singl „SeTanho“
2007-yil „Qora koʻzlaring“ Singl „SeTanho“
2017-yil „Rahmonim“ Singl „SeTanho“
2018-yil „Fara Fira“ Javlon Turdixoʻjayev Singl „SeTanho“
Yil Film Rejissyor
2006-yil „Sen meni sevasanmi?“ Sohib Abbosxon

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Nominatsiya Nominant Natija
2000-yil Tarona Yilning eng yaxshi zamonaviy estrada guruhi „Setora“ Yutuq
Tarona Yil qoʻshigʻi „Sen borsan“ qoʻshigʻi Yutuq
Nihol mukofoti Estrada qoʻshiqchisi „Setora“[5] Yutuq
2001-yil Tarona Eng yaxshi musiqiy albom „Qora“ albomi Yutuq
2002-yil Tarona Eng yaxshi musiqiy albom „Ayirmagin“ albomi Yutuq
2002-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni Maʼnaviyat va madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, estrada musiqasi sohasidagi ijodi bilan el-yurt oʻrtasida orttirgan obroʻ-eʼtibori uchun Feruza Latipova Yutuq
2004-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni Maʼnaviyat va madaniyatni yuksaltirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, estrada musiqasi sohasidagi ijodi bilan el-yurt oʻrtasida orttirgan obroʻ-eʼtibori uchun Komila Xoʻjayeva, Laylo Galiyeva Yutuq
2006-yil Tarona Yilning eng yaxshi zamonaviy estrada guruhi „Setora“ Nominatsiya
2007-yil Tarona Yilning eng yaxshi guruhi „Setora“ Yutuq
Sado „Setora“
Zamin „Setora“
Navo „Setora“

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 darakchi.uz. „Экс-солистка «Сеторы» Лейли о том, почему распался коллектив“. darakchi.uz (2016-yil 17-fevral). 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  2. rus.ozodlik.org. „Солистки некогда популярной группы «Сетора» снова возвращаются на сцену“. rus.ozodlik.org (2016-yil 17-dekabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  3. Алия Сулаймонова. „“Setanho” nima sabab tarqaldi? Leyli oydinlik kiritadi!“. tarona.net (2014-yil 17-aprel). 2019-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  4. „Афсонавий “Сетора” гуруҳи тикланмоқда“. darakchi.uz (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  5. „"Ниҳол" совриндорлари (Лауреаты "Нихол")“ (oʻlik havola — tarix ). data.gov.uz. Портал открытых данных Республики Узбекистан. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir