Soʻx aeroporti — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi aeroport. Aeroport 2021-yilning 1-noyabr kuni ochilgan[2]. Aeroportning umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etadi. Aeroport majmuasining uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 700 metr va eni 100 metrni tashkil etadi[3]. Aviaqatnovlarni O‘zbekistondagi „Humo Air“ aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda „Oʻzbekiston havo yoʻllarining“ „Uzbekistan Helicopters“ MChJga qarashli MI-8 vertolotlari amalga oshiradi[4]. Soʻx aeroportiga ilk parvoz Fargʻona xalqaro aeroportidan „Humo Air“ aviakompaniyasiga qarashli An-2P yoʻlovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga koʻtarilgan layner soat 13:10 da Soʻx aeroportiga kelib qoʻngan. Layner parvozi 40 daqiqani tashkil qilgan[5].

So‘x aeroporti
IATA kodi: mavjud emasICAO kodi: mavjud emas
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi So‘x
Joylashuvi So‘x, Farg‘ona viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 5 774,27 ft / 1 760 m
Koordinatalari 39°56′47.764″N 71°8′47.016″E / 39.94660111°N 71.14639333°E / 39.94660111; 71.14639333
Xarita
TMJ (Oʻzbekiston)
TMJ
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 700 2 296 asfalt
Manba:[1]

Manbalar

tahrir
  1. Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
  2. „https://www.gazeta.uz/uz/2021/10/18/sokh-airport/“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  3. [So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi „So‘x tumanida aerodrom qurish boshlandi. Ishlarni may oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan“]. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  4. „So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi“. oz.sputniknews.uz. oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  5. „So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.