Sokin hudud (filmlar seriyasi)

Amerika horror janridagi filmlar seriyasi

Sokin hudud eshitish qobiliyati kuchli boʻlgan koʻrmaydigan oʻzga sayyoralik mavjudotlarning yerga bosqiniga asoslangan horror janridagi apokaliptik va post-apokaliptik mediafranshiza. John Krasinski tomonidan 2018-yilda franshizaning ilk qismi Sokin hudud hamda 2020-yilda Sokin hudud 2 filmlari suratga olingan. Lekin 2024-yilning 28-iyunda ekranlarga chiqqan hamda filmdagi voqealardan uzoqroq hududda sodir boʻladigan hodisalarni oʻz ichiga olgan Sokin hudud: Birinchi kun nomli qismiga Michael Sarnoski rejissyorlik qilgan.

Sokin hudud

Franshizaning rasmiy logosi
Muallif(lar) Bryan Woods
Scott Beck
Birinchi asar Sokin hudud (2018)
Filmlar va teleseriallar
Film(lar) Sokin hudud (2018)
Sokin hudud 2 (2020)
Sokin hudud: Birinchi kun (2024)
Oʻyinlar
Videooʻyin(lar) A Quiet Place: The Road Ahead (2024)
Boshqa
Egasi Paramount Pictures

Franshizaning Sokin hudud 3 nomli uchinchi qismi Krasinski boshchiligida suratga olinmoqda. Franshizaning filmlardan tashqari 2024-yilda Saber Interactive bilan hamkorlikda chiqariladigan A Quiet Place: The Road Ahead nomli videooʻyini ham mavjud.

Filmlari

tahrir
Film AQShdagi namoyish sanasi Rejissyor Ssenariy muallif(lar)i Hikoya muallif(lar)i Prodyuser
Sokin hudud 6-aprel, 2018-yil(2018-04-06) John Krasinski Scott Beck & Bryan Woods
va John Krasinski
Scott Beck va Bryan Woods Brad Fuller, Andrew Form va Michael Bay
Sokin hudud 2 8-mart, 2020-yil(2020-03-08) John Krasinski Brad Fuller, Andrew Form, Michael Bay va John Krasinski
Sokin hudud: Birinchi kun 28-iyun, 2024-yil(2024-06-28) Michael Sarnoski John Krasinski
va Michael Sarnoski

Sokin hudud (2018)

tahrir

Syujet voqealari eshitish qobiliyati yuqori boʻlgan koʻr yirtqich maxluqlar yashaydigan post-apokaliptik dunyoda omon qolish va farzandlarini tarbiyalash uchun kurashayotgan ona (Emily Blunt) va ota (Krasinski) atrofida sodir boʻladi.

Sokin hudud 2 (2020)

tahrir

Bu qism birinchi filmning davomi hisoblanib, bunda ham oila omon qolish uchun turli yoʻllarni izlab topishadi. Cillian Murphy va Djimon Hounsou ushbu qismning asosiy roldagi qahramonlari qatoriga qoʻshilishadi.

Sokin hudud: Birinchi kun (2024)

tahrir

2020-yil noyabr oyida John Krasinski ssenariysi asosida yozuvchi/rejissyor sifatida faoliyat olib boradigan Jeff Nichols spin-off prequel film ishlab chiqilayotganini eʼlon qildi. Ushbu loyihaga Platinum Dunes hamda Sunday Night Production hamkorlik qilib, Michael Bay, Andrew Form, Brad Fuller va Krasinskilar prodyuserlik qilishgan[1][2][3]. 2021-yil may oyida Krasinski Nicholning ssenariysi yakunlanganini va studiyaga topshirilganini eʼlon qildi. Oktyabrga kelib, Nichols ijodiy tafovutlar sababli direktorlik lavozimidan ketishiga toʻgʻri keldi[4]. 2022-yil yanvar oyida Michael Sarnoski loyihaga rejissyor va ssenariy muallifi sifatida shartnoma imzoladi[5].[6][7]. 2022-yil aprel oyida CinamCon kinoteatrida film nomi rasman „Sokin hudud: Birinchi kun“ deb eʼlon qilindi[8][9][10]. Suratga olish ishlari esa 2023-yil 2-yanvarda Londonda boshlangan[11].

Film 2024-yil 28-iyunda premyera qilingan[12].

Kutilayotgan

tahrir

Sokin hudud 3 (TBA)

2021-yil may oyida Blunt Krasinski „Sokin hudud“ filmining uchinchi va oxirgi qismi uchun rejalari borligini maʼlum qildi. Navbatdagi qismga oʻtishdan avval u filmning ikkinchi qismi tomoshabinlar tomonidan qanday qabul qilinishini koʻrmoqchi boʻlgan va film trilogiya boʻlishini taʼkidlagan[13]. Iyul oyida Blunt Krasinski yana bir bor rejissyorlik qilish niyatida, uchinchi va oxirgi qism ustida ishlayotganini tasdiqladi[14]. 2022-yil fevral oyida Sokin hudud 3 filmining chiqishi rasman eʼlon qilingan va 2025-yilda ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan edi[15]. Biroq, 2024-yil fevral oyida filmning premyera sanasi belgilanmaganligi eʼlon qilindi[16].

Ishlab chiqilishi

tahrir

Sokin hudud

tahrir

Scott Beck va Bryan Woods kollejda oʻqib yurgan paytlarida A Quiet Place nomli hikoya yozadilar[17][18]. Platinum Dunes bilan ushbu hikoya haqidagi ilk suhbatda, ikkisi ham ona roli uchun Emily Bluntni asosiy nomzod qilib koʻrsatadilar[19]. Platinum Dunes vakili Michael Bay Paramount Pictures bilan ilk kelishuvga erishadi va ssenariyni oʻzi sotib olgan studiyaga joʻnatadi[20][17]. Platinum Dunes prodyuserlari ssenariyni ota roli uchun nomzod boʻlgan Krasinskiga joʻnatishadi[21][22]. Ota-onaning farzandlarini himoya qilish gʻoyasi Krasinskiga yoqadi[23][22]. Ssenariyni oʻqib boʻlgach, oʻz fikrlariini Bluntga aytdi hamda u suratga olish ishlari uchun boshqaruvni taklif qildi[24][25]. Krasinski ssenariyni qayta yozayotganida, ona roli uchun Bluntni taklif qilishni oʻylagan, biroq uning yaqinda farzandli boʻlgani, boshqa filmda rol oʻynayotgani, uning taklifiga rozilik berishi yoki bermasligi haqida oʻylab, bu haqida u bilan gaplashmagan[24][22]. „Men shunchaki, agar u bunga rozilik bersa, bu rolni yaxshi oʻynay oladi deb oʻyladim“, - deydi Krasinski. Emily Blunt dastlab filmda rol oʻynashga rozilik bermaydi, lekin samolyotda Krasinskining ssenariysini oʻqiganidan keyin, „ichidagi eng kuchli qoʻrquv — farzandlarimni himoya qila olmaslik“ hissi tufayli rolni gavdalantirishga rozilik beradi. Krasinski ssenariyni yakunlagandan soʻng, Paramount Picturesga film haqida oʻzining fikrlarini bildirdi[25][24][21][22].

Beck va Woodsning taʼkidlashicha, Krasinski filmni rejissyor sifatida oʻz zimmasiga olishi „ssenariyni tubdab oʻzgartirish emas“ balki „ularning hikoyalaridagi qarashlarini qoʻllab-quvvatlagan“ edi[18]. Krasinski shunday degan edi: „Ssenariy ularnikidan baʼzi detallari bilan farq qiladi, biroq asosiy mohiyat ularniki boʻlgan. Ularning hikoyasida men judaham boʻlishni xohlagan bir jihat bor edi“[24]. Krasinski hikoyaning markazida oila turishini xohladi va shunday deydi: „Har bir qoʻrquv bu oilani yaxshi koʻrishga undashi, har bir kichik detal shunchaki yaxshi yoki qoʻrqinchli boʻlishi emas, balki ushbu oilaga undashi kerak“. Uning ssenariyga qoʻshgan hissasi imo-ishora tilidan foydalanish, qum yoʻlaklar, chiroqlar osti, oʻrmon va dorixonada yurishni oʻz ichiga oladi[24][22]. Imo-ishora tili gʻoyasi suratga olishdan oldin kar aktrisa Simmonds Krasinskiga sahna dialogi uchun Amerika imo-ishora tili qoʻllanmasini koʻrsatganida paydo boʻldi va u aktrisaning imo-ishoralarini „bu soʻzlarni aytishdan koʻra kinematikroq“ deb topdi[26]. Emily Blunt filmni ishlab chiqarishdan oldingi bosqichiga hissa qoʻshdi[23][24]. Blunt oʻz gʻoyalarini ilgari surib, ikkalasi ssenariy ustida birga ishlashdi va film ishlab chiqarilishidan oldin uning kadrlarini muhokama qilishdi[24][23][26].

Film 17 million dollarlik byudjet bilan ishlab chiqarilgan va 36 kun ichida suratga olingan[27][26]. Suratga olish ishlari 2017-yilning may oyidan noyabrigacha Nyu-York shahrining yuqori qismidagi Dutchess va Ulster okruglarida amalga oshirilgan. Suratga olish paytida guruh shovqin qilishdan qochdi[28]. Musiqiy partitura filmda ustunlik qilmasdan, balki tomoshabinlarga yanada tanish kino tarjibasini taqdim etish maqsadida ishlatilgan, shuning uchun ular oʻzlarini „sukunat tarjibasi“ning bir qismi kabi his qilmadilar[28]. Aadahl va Van der Ryn mavjudotlarning hatti-harakatlari uchun hayvonlarning exolokatsiyasidan, masalan, koʻrshaparaklardan ilhomlanib yaratganliklarini taʼkidlashdi. Ovoz muharrirlari odatda chetlab oʻtadigan fikr-mulohaza ovozi hikoyaga tomoshabinlarni ortiqcha bezovta qilmydigan tembrda yaratilgan[29].

Film ijodkorlari kar Douglas Ridloffni aktyorlarga Amerika imo-ishora tilini oʻrgatish va tuzatishlar kiritish uchun yollashdi. Shuningdek, ular Simmonds uchun ham Amerika imo-ishora tili tarjimonini yollashdi, shu yoʻl boilan ular aktrisaning harakatlarini tarjima qilish va unga soʻzlarni tushuntirishga imkoniyat yaratgan[30]. Shuningdek, Simmonds boshqa aktyor va aktrisalarga imo-ishora tilini oʻrganishiga ordam berdi[31][32][33]. Prodyuserlar Andrew Form va Bradley Fullerlar dastlab imo-ishora tili uchun subtitrlarni shart emas deb hisoblashgan va faqat „ kontekst koʻrsatmalarini“ taqdim etishlarini aytishgan, lekin ota va kar va soqov qizning takomillashtirilgan eshitish moslamasi ustidagi bahsi uchun subtitrlar zarurligini tushunishgan. Shundan keyin ular filmdagi barcha imo-ishora tili mavjud boʻlgan dialoglarga subtitrni qoʻshib qoʻyishgan[34].

Sokin hudud 2

tahrir

2018-yil aprel oyida Paramount Pictures rahbari va bosh direktori Jim Gianopulos filmning davomi ishlab chiqilayotganini eʼlon qildi[35]. Krasinski birinchi filmdan keyin uni bir qismli film deb aytgan. Filmining davomi bunday muvaffaqiyat qozonishiga ishonmay Krasinski avvaliga boshqa rejissyor topishni taklif qilgan[35]. Birinchi film ssenariy mualliflari Scott Beck va Brian Woods filmning davomi uchun qaytishmadi. Woods franchayzing yondashuviga qiziqmasliklarini va ular „asl gʻoyalar yaratishga“ harakat qilishlarini hamda yozmalarini „bir nechta loyihalarni ilgari surish imkoniyati sifatida“ ishlatishlarini taʼkidladi[36]. Beck esa shunday degan: „Oʻz-oʻzidan davomiy filmlarga eʼtibor qaratish oʻrniga, bu katta bozorda asl gʻoyalar ekotizimiga sarmoya kiritish kerak“[37].

Krasinskining soʻzlariga koʻra, Paramount Pictures boshqa qator ssenaristlar va rejissyorlarning franchayzingga yoʻnaltirilgan takliflarini rad etgan[38]. U shunday deydi: „Menda Millie (Simmonds)ni filmning asosiy qahramoni qilish haqida gʻoya bor edi… Unig xarakteri birinchi filmda men muhokama qilgan barcha mavzular uchun eshiklarni ochdi“[39]. Studiya Krasinskiga gʻoyasi asosida ssenariy yozishni taklif qildi[38]. U ssenariyni yozish va rejissyorlik qilishga qaror qildi[40]. Birinchi filmdagi rol ijrochilari Emily Blunt, Millicent Simmonds va Noah Jupe oʻz rollarini yana bir bor ijro etishdi, Cillian Murphy hamda Djimon Hounsoular esa aktyorlar safiga qoʻshilishdi[41][42][43].

Suratga olish ishlari 2019-yilning iyun oyidan sentyabr oyining oxirigacha Nyu-Yorkda boʻlib oʻtdi[44][45][46].

Namoyish qilinishi va munosabatlar

tahrir

„Sokin hudud“ filmining premyerasi 2018-yil 9-mart kuni South by Southwestda boʻlib oʻtdi va Paramount Pictures tomonidan 2018-yil 6-aprelda Amerika Qoʻshma Shtatlarida namoyish etildi[47]. Film butun dunyo boʻylab 340 million dollardan koʻproq daromad keltirdi va atmosferasi, rejissyorligi, aktyorlarning roli va ovoz dizayni uchun tanqidchilar tomonidan olqishlandi[48]. Film „smart, wickedly frightening good time“ deb taʼriflangan hamda National Board of Review va Americna Film Institute tomonidan 2018-yilning eng yaxshi 10 ta filmining biri sifatida tanlab olingan[49].

2020-yil 8-mart kuni Nyu-York shahridagi Linkoln markazida „Sokin hudud 2“ filmining premyerasi boʻlib oʻtdi[50]. Paramount Pictures kinoteatrlarda namoyish qilish sanasini dastlab 2020-yill 20-martga rejalashtirgan, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli uni 2020-yil 4-sentyabrga koʻchirishgan[51][52]. Keyinchalik filmning kinoteatrlardagi premyerasi yana 2021-yil 23-aprelga koʻchirildi[53]. U yana 2021-yil 17-sentyabrga ham qoldirildi va oxirida film 2021-yilning 28-mayiga koʻchirildi[54][55].

Tanqidlar

tahrir
Film Rotten Tomatoes Metacritic CinemaScore
Sokin hudud 96% (387 ta sharh)[56] 82/100 (55 ta sharh)[57] B+[58]
Sokin hudud 2 91% (369 ta sharh)[59] 71/100 (57 ta sharh)[60] A–[58]
Sokin hudud: Birinchi kun 87% (260 ta sharh)[61] 68/100 (53 ta sharh)[62] B+[58]

Daromadi

tahrir
Film Umumiy daromad Byudjet
Shimoliy Amerika Boshqa hududlar Dunyo miqyosida
Sokin hudud $188,024,361 $152,928,610 $340,955,294 17 million dollar [63][64]
Sokin hudud 2 $160,072,261 $137,300,000 $297,372,261 61 million dollar [65][66]
Sokin hudud: Birinchi kun $135,656,796 $119,500,000 $255,156,796 67 million dollar [67][68]
Umumiy $483,753,418 $409,728,610 $893,484,351 145 million dollar

Aktyorlar va personajlar

tahrir
Personajlar
Sokin hudud Sokin hudud 2 Sokin hudud: Birinchi kun
2018 2020 2024
Evelyn Abbott Emily Blunt
Regan Abbott Millicent Simmonds
Marcus Abbott Noah Jupe
Lee Abbott John Krasinski
Beau Abbott Cade Woodward Dean Woodward
Man in the Woods Leon Russom
Emmett Cillian Murphy
Henri Djimon Hounsou[69]
Marina Man Scoot McNairy
Roger Wayne Duvall
Ronnie Okieriete Onaodowan
Samira „Sam“[70] Lupita Nyong'o[71]
Eric[70] Joseph Quinn[72]
Reuben Alex Wolff[73]
Zena Eliane Umuhire
Frodo[70] Nico—Schnitzel[74]

Qoʻshimcha guruh

tahrir
Guruh/Detallar Filmlar
Sokin hudud Sokin hudud 2 Sokin hudud: Birinchi kun
2018 2020 2024
Kinematograf Charlotte Bruus Christensen Polly Morgan Pat Scola
Muharrir Christopher Tellefsen Michael P. Shawver Andrew Mondshein
Gregory Plotkin
Bastakor Marco Beltrami Alexis Grapsas
Ishlab chiqaruvchi kompaniya Platinum Dunes
Sunday Night Productions
Distribyutor Paramount Pictures
Namoyish sanasi 6-aprel, 2018-yil(2018-04-06) 8-mart, 2020-yil(2020-03-08) 28-iyun, 2024-yil(2024-06-28)
Davomiyligi 90 daqiqa 97 daqiqa 99 daqiqa

Manbalar

tahrir
  1. Fleming, Mike Jr. „Paramount Sets Jeff Nichols To Write And Direct New Pic In 'A Quiet Place' Universe Based On John Krasinski Idea“. Deadline (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  2. Kit, Borys. „'A Quiet Place' Spinoff in the Works With Jeff Nichols Writing, Directing“. The Hollywood Reporter (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  3. Barry, John W.. „'A Quiet Place' in Dutchess again? Site scouting underway for spinoff“. Poughkeepsie Journal (2020-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
  4. Deloss, John. „Next Quiet Place Movie Script Has Already Been Written“. Screen Rant (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  5. Kroll, Justin. „Jeff Nichols Parts Ways With Next 'Quiet Place' Movie At Paramount“. Deadline (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  6. Kroll, Justin. „'Pig' Director Michael Sarnoski To Helm Next 'A Quiet Place' Pic For Paramount“. Deadline (2022-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  7. Couch, Aaron. „'A Quiet Place' Spinoff Enlists 'Pig' Director Michael Sarnoski“. The Hollywood Reporter (2022-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  8. Fuster, Jeremy. „'A Quiet Place' Spinoff Will Be Titled 'A Quiet Place: Day One'“. The Wrap (2022-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  9. Mathai, Jeremy. „A Quiet Place: Day One Is The Title Of The New Spin-Off Film [CinemaCon 2022“]. Slash Film (2022-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  10. Squires, John. „'A Quiet Place: Day One' is the Official Title for Third Franchise Movie“. Bloody Disgusting (2022-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
  11. „A Quiet Place: Day One“. Production List. Film & Television Industry Alliance (2022-yil 5-dekabr). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  12. D'Alessandro, Anthony Mission: Impossible 8 Jumps To 2025; A Quiet Place: Day One Goes To Summer In 2024 Theatrical Shake-Up Due To Actors Strike“. Deadline Hollywood (2023-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
  13. Weintraub, Steve. „Emily Blunt Says 'A Quiet Place Part II' Is the Second Chapter in a Trilogy“. Collider (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  14. Extra TV. „Dwayne Johnson & Emily Blunt Talk 'Jungle Cruise,' Plus: 'Black Adam' and 'A Quiet Place 3'“. Extra (2021-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  15. D'Alessandro, Anthony. „'A Quiet Place III' Is Happening, Movie To Debut In 2025“. Deadline (2022-yil 15-fevral). Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
  16. Romano, Nick. „Lupita Nyong'o, Joseph Quinn escape from New York in A Quiet Place: Day One first look“. Entertainment Weekly (2024-yil 7-fevral).
  17. 17,0 17,1 Turner, Jonathan. „Q-C filmmakers sell screenplay to Paramount“ (2017-yil 21-mart). 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-noyabr.
  18. 18,0 18,1 „'A Quiet Place' Writers On Building Tension, How This Could Have Been A 'Cloverfield' Film, And More [Interview“]. /Film (2018-yil 6-aprel). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  19. „A QUIET PLACE. On-set visit with Scott Beck And Bryan Woods „Screenwriters““. FilmIsNow Movie Bloopers & Extras (2018-yil 4-aprel). 2024-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  20. Kroll, Justin (March 15, 2017). „John Krasinski to Write, Direct and Star With Emily Blunt in 'Quiet' Thriller“. Variety. Qaraldi: November 17, 2017.
  21. 21,0 21,1 „"I Broke the Rule for Him": How Emily Blunt and John Krasinski Became Hollywood's Couple of the Year“. The Hollywood Reporter (2018-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 22,4 „John Krasinski's Disruptive Determination To Turn 'A Quiet Place' Into 2018's Horror Hit — Deadline Disruptors“. Deadline Hollywood (2018-yil 8-may). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  23. 23,0 23,1 23,2 Fowler, Matt „A Quiet Place: John Krasinski Discusses Directing Silent Terror, Plus Exclusive Photo Gallery“. IGN (2018-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  24. 24,0 24,1 24,2 24,3 24,4 24,5 24,6 „John Krasinski ('A Quiet Place'): Emily Blunt 'raised the game for me as a man' through this film [Complete Interview Transcript“]. GoldDerby (2019-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  25. 25,0 25,1 Miller, Julie (February 2018). „Emily Blunt: World, Meet Your New Mary Poppins“. Vanity Fair. Qaraldi: January 19, 2018.
  26. 26,0 26,1 26,2 „Are You Afraid of John Krasinski?“. Vulture (2018-yil 2-aprel). 2018-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  27. D'Alessandro, Anthony „'A Quiet Place' Gets Loud On Social Media Post SXSW Premiere“. Deadline Hollywood (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  28. 28,0 28,1 Prudom, Laura A Quiet Place: John Krasinski and Emily Blunt on the Challenges of Making an Almost Silent Movie“. IGN (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  29. Murphy, Mekado. „Making the Sound of Silence in 'A Quiet Place'“ (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  30. Crow, David „A Quiet Place and the Thrill of Making an Original Horror Movie“. Den of Geek. Dennis Publishing (2018-yil 2-aprel). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  31. Squires, John „John Krasinski on the Importance of Casting Deaf Actress Millicent Simmonds in 'A Quiet Place'“. Bloody Disgusting (2018-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  32. Tedder, Michael (April 3, 2018). „How 'The Office' Helped John Krasinski Direct 'A Quiet Place'. Variety. Qaraldi: April 6, 2018.
  33. Forrester, Chris. „John Krasinski talks about his new horror movie 'A Quiet Place'“ (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  34. Schwerdtfeger, Conner „The Scene That Convinced A Quiet Place Producers To Use Subtitles For Its Sign Language“. CinemaBlend. Gateway Blend (2018-yil 10-aprel). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  35. 35,0 35,1 Blyth, Antonia. „John Krasinski: 'A Quiet Place' Sequel Might Explore 'Who Was On The Other End Of Those Fires'“. Deadline Hollywood (2018-yil 8-may). 2019-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  36. Scott, Ryan. „A Quiet Place Writers Explain Why They're Less Involved with the Sequel [Exclusive“]. MovieWeb (2019-yil 11-sentyabr). 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-yanvar.
  37. Crump, Andy (September 13, 2019). 'Haunt' Writers on Their 'A Quiet Place' Success and the 'Crazy, Zany' Script They're Working On“. The Hollywood Reporter. January 14, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 14, 2020.
  38. 38,0 38,1 Buchanan, Kyle. „'A Quiet Place' Was a Huge Hit. Will Oscar Listen?“. The New York Times (2019-yil 3-yanvar). 2019-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  39. Rubin, Rebecca (March 9, 2020). „How John Krasinski Convinced Emily Blunt to Star in 'A Quiet Place 2'. Variety. Qaraldi: March 10, 2020.
  40. D'Alessandro, Anthony. „'Top Gun: Maverick' Flies To Summer 2020 With 'A Quiet Place' Sequel & More: Paramount Release Date Changes“. Deadline Hollywood (2018-yil 29-avgust). 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  41. Kit, Borys. „'A Quiet Place 2': Emily Blunt, Millicent Simmonds, Noah Jupe in Talks to Return (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2019-yil 22-fevral). 2019-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  42. Kit, Borys. „Cillian Murphy in Talks to Join Emily Blunt in 'A Quiet Place' Sequel (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2019-yil 29-mart). 2019-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  43. Fleming, Mike Jr.. „Djimon Hounsou Steps Into 'A Quiet Place Part II;' Brian Tyree Henry Exits Over Scheduling“. Deadline Hollywood (2019-yil 12-avgust). 2019-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  44. Ames, Jeff. „A Quiet Place 2 Sneaks Into Production“. ComingSoon.net (2019-yil 20-iyun). 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  45. Hermanns, Grant. „A Quiet Place Part II Wraps Production!“. ComingSoon.net (2019-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  46. Staff.. „Filmed in WNY – A Quiet Place Part II Hits Theaters This March“. Buffalo Niagara Film Commission. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  47. Derschowitz, Jessica (January 31, 2018). „John Krasinski and Emily Blunt supernatural thriller A Quiet Place to open SXSW Film Festival“. Entertainment Weekly. Qaraldi: January 31, 2018.
  48. „A Quiet Place (2018) - International Box Office Results“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
  49. Giles, Jeff „'A Quiet Place' and 'Blockers' Are Certified Fresh“. Rotten Tomatoes (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  50. Martin, Annie. „John Krasinski praises Emily Blunt at 'A Quiet Place 2' premiere“. United Press International (2020-yil 9-mart). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  51. McClintock, Pamela (April 2, 2020). 'A Quiet Place Part II' Sets New September Release Date“. The Hollywood Reporter. Qaraldi: April 2, 2020.
  52. D'Alessandro, Anthony. „'Top Gun Maverick' Flies To Christmas Corridor, 'SpongeBob' Eyes Late Summer, 'Quiet Place II' To Debut Labor Day“. Deadline Hollywood (2020-yil 2-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  53. Rubin, Rebecca. „'A Quiet Place 2,' 'Top Gun: Maverick' Delayed Until 2021“ (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  54. Sharf, Zack „'Quiet Place 2' Pushed from April to September in Latest Delay for Paramount Horror Sequel“. IndieWire (2021-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.
  55. Haring, Bruce. „'A Quiet Place Part II' Moves Yet Again, Now Set For 2021 Memorial Day Weekend“. Deadline (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
  56. „A Quiet Place (2018)“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 2024-yil 19-iyul.
  57. „A Quiet Place“. Metacritic. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  58. 58,0 58,1 58,2 „CinemaScore“. CinemaScore. 2024-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  59. „A Quiet Place Part II (2021)“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  60. „A Quiet Place Part II Reviews“. Metacritic. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  61. „A Quiet Place: Day One (2024)“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
  62. „A Quiet Place: Day One Reviews“. Metacritic. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  63. „A Quiet Place“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  64. „A Quiet Place (2018) - Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  65. „A Quiet Place Part II“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  66. „A Quiet Place Part II (2021) - Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  67. „A Quiet Place: Day One“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  68. „A Quiet Place: Day One (2024) - Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
  69. Jirak, Jamie „A Quiet Place Prequel Confirms Part II Star is Returning“. ComicBook (2023-yil 12-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
  70. 70,0 70,1 70,2 Romano, Nick (February 7, 2024). „Lupita Nyong'o, Joseph Quinn escape from New York in A Quiet Place: Day One first look“. Entertainment Weekly. Qaraldi: February 7, 2024.
  71. Kroll, Justin „'A Quiet Place: Day One' At Paramount Taps Lupita Nyong'o To Star“. Deadline Hollywood (2022-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  72. Kroll, Justin „'Stranger Things' Breakout Joseph Quinn In Talks For Leading Role In 'A Quiet Place: Day One' Starring Lupita Nyong'o“. Deadline Hollywood (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  73. Grobar, Matt „'A Quiet Place: Day One': Alex Wolff To Reteam With 'Pig's Michael Sarnoski On Paramount Spin-Off“. Deadline Hollywood (2023-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
  74. Padhee, Namrata „Lupita Nyong'o Cradles Cat for 'A Quiet Place: Day One' Photo Call“. Yahoo! (2024-yil 3-may). 2024-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.