Solfejio
Solfejio (ital. solfeggio, "sol" va "fa" musiqa tovushlari nomidan) —1) musiqa uquvini rivojlantirishga moʻljallangan oʻquv fani. Notaga qarab kuylash, kuylarni eshitib notaga yozib olish hamda ularni tahlil etish kabi mashqlardan iborat. Oʻzbekiston musiqa taʼlimi tizimining barcha bosqichlarida, shuningdek, umumtaʼlim maktablarida ("musiqa" fani tarkibida) oʻtiladi; 2) maxsus vokal mashqlar (qarang Vokaliz).
Adabiyot
tahrir- Hamroyev I., Bir ovozli solfejio, T., 1960; 1971;Hamroyev I., Matsokina Ye., Ikki ovozli solfejio, T., 1970.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |