Shavkat Solihov
Shavkat Ismoilovich Solihov (1944.12.12, Toshkent) – kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), prezident (2006—2017-yillar). Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1967). Toshkent Davlat Universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida ilmiy xodim (1967 —73), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo boʻlimida katta ilmiy xodim (1973—92), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi O. S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti direktori (1993-yildan), ayni vaqtda, oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriya mudiri. Oʻzbekiston milliy universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar va peptidlar tuzilishi hamda xossalarini oʻrganishga oid. Solihov Oʻrta Osiyo jonivorlari zahari tarkibidagi toksinlar, fermentlar va shahri k. biologik faol moddalarning tuzilishi hamda funksiyasini oʻrgandi, 50 dan ortiq fiziologik faol oqsillar va peptidlarni ajratib odni, bulardan 15 tasining kimyoviy strukturasini aniqladi. Solihov rahbarligida gʻoʻza fitogormonining taʼsir mexanizmi urganilib, etilen, auksin, sitokinin retseptorlari funksiyasini tekshirish asosida defoliatsiyalash va oʻstirish faolligiga ega moddalarning skrining mezoni, kam gossipolli kunjara olish texnologiyasi ishlab chiqildi.[1]
Shavkat Ismoilovich Solihov | |
---|---|
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti | |
Mansab davri 2006-yil – 2017-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Oripov Toxir Fotixovich |
Vorisi | Yoʻldoshev Behzod Sodiqovich |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-dekabr 1944-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ Yad karakurta (v soavtorstve), T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |