Somali (yarim orol)
Somali — Sharqiy Afrikadagi yarim orol, Hind okeanining Adan qoʻltigʻi oʻrab turadi. Yer yuzasining katta qismi zinapoyasimon plato, shimolida togʻlar bor (eng baland joyi 2406 m). Iklimi subekvatorial, shimolda tropik iqlim. Yillik yogʻin 100— 600 mm. Daryolari mavsumiy. Sohil qismi choʻl, akatsiyali chala choʻl, markaziy kismi quruq savannalardan iborat. Dare vodiylarida oʻrmonlar bor. Yarim orolda Somali, Jibuti va Efiopiyaning sharqiy qismi joylashgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |