Somoniyon choʻqqisi
Somoniyon choʻqqisi - Oʻrta Osiyodagi eng baland choʻqqi (7495 m). Pomirdagi Fanlar Akademiyasi tizmasida, undan Pyotr I tizmasining ajralgan joyida. Yon bagʻirlari, asosan, qalin firn va muz qatlami bilan qoplangan. Choʻqqiga birinchi marta Tojikiston-Pomir ekspeditsiyasi qatnashchisi Ye. Abalakov chikkan (1933).
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e5/1982_expedition_to_Tartu_%C3%9Clikool_350_%2844%29.jpg/220px-1982_expedition_to_Tartu_%C3%9Clikool_350_%2844%29.jpg)
![]() |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |