Son Dong gʻori

Dunyodagi eng katta g'or

Son Doong gʻori–(Vetnamcha hang Sơn Đoòng)–Vetnamdagi gʻor, dunyodagi eng katta gʻor. U Vetnamning markaziy qismida, Quang Bin provinsiyasida, Phong Nha-Ke Bang milliy bogʻida, Xanoydan 500 kilometr janubda va viloyat markazi – Dong Xoydan 40 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu gʻor mahalliy aholiga 1991-yildan beri maʼlum, 2009-yil aprel oyida u bir guruh britaniyalik speleologlar tomonidan topilgan[1][2]. Gʻorda yomgʻirli mavsumda gʻorning baʼzi qismlarini suv bosadigan er osti daryosi bor.

Son Doong gʻori

Gʻorning deyarli 6500 metrini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, baʼzi joylarda uning balandligi 200 metrga va kengligi 150 metrga etadi.

Eng keng va eng baland oʻtish joylari boʻlgan gʻor deb hisoblanadi.

Gʻorning umumiy hajmi 38,5 million deb baholanadi[3].

Gʻorlarnng boʻshliqlaridan yorugʻlik kiradigan baʼzi joylarida oʻtlar va daraxtlar oʻsadi.

Gʻorning koordinatalari, 2009-yil maʼlumotlariga koʻra: 48Q 0637213E 1929805N[3], 2012-yil maʼlumotlariga koʻra: 48Q 637258E 1929750N][3].

Manbalar

tahrir