Soong Mei-ling
Soong Mei-ling (talaffuzda: Soong May-ling , xitoycha: jángyíng; pinyin: Sòng Měilíng; 1898-yil 5-mart – 2003-yil 23-oktabr), xitoy siyosiy arbobi, Xitoy Respublikasining Birinchi xonimi, Xitoy Respublikasi Prezidenti Chan Kayshining rafiqasi edi. Song Xitoy Respublikasi siyosatida muhim rol oʻynagan va Xitoy Respublikasining asoschisi va rahbari Sun Yat-senning kelini boʻlgan. U oʻz mamlakatining fuqarolik hayotida faol boʻlgan, koʻplab faxriy va faol lavozimlarni egallagan. Ikkinchi jahon urushi davrida u yaponlarga qarshi kurashga qoʻllab-quvvatlash uchun 1943-yil AQSh boʻylab sakkiz oylik nutq safarini amalga oshiradi[1].
Soong Mei-ling | |
---|---|
Tavalludi |
5-mart 1898-yil St Lukeʼs Hospital, Shanghai International Settlement, China |
Vafoti |
23-oktyabr 2003-yil (105 yoshda) Nyu-York AQSh |
Fuqaroligi | Taiwan, Xitoy Respublikasi |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari |
|
Otasi | Charlie Soong |
Onasi | Ni Kwei-tseng |
Imzosi | |
Biografiyasi
tahrirSoong Mei-ling Xitoyning Pudong, Shanxay shahridagi Song oilasida tugʻilgan[2]. U Hainanlik boy tadbirkor va sobiq missioner Charlie Soong va Ni Kvey-tseng oilasida dunyoga kelgan.
Taʼlimi
tahrirDastlab May-ling opasi Ching-ling bilan Shanxaydagi qizlar uchun moʻljallangan McTyeire maktabida oʻqigan. Otasi 1907-yilda oʻqishni AQShda davom ettirishga qaror qildi va oilasi bilan AQShga koʻchib ketdi. Mai-ling va Ching-ling Summit, New Jerseydagi xususiy maktabda tahsil olishni boshlashdi[3].
1912-yilda 15 yoshli Mai-ling Wesleyan universitetining birinchi kursiga qabul qilindi. Ikki yildan soʻng u oʻsha paytda Harvardda oʻqiyotgan akasi T. V. Soongga yaqinroq boʻlish uchun Wellesley Collegega tahsil ola boshlagan. U 1917-yil 19-iyunda 33 nafar „Durant stipendiatlari“dan biri sifatida Wellesleyni ingliz adabiyoti va falsafa yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. U, shuningdek, Tau Zeta Epsilon, Wellesley sanʼat va musiqa jamiyatining aʼzosi edii[4].
Chan xonim
tahrirSoong Mei-ling Chan Kayshi bilan 1920-yilda tanishgan. Ular 1927-yil 1-dekabrda Shanxayda turmush qurishdi[5]. Bu nikoh sevgi, siyosat va raqobatga bilan 48 yil davom etdi. Ularning farzandlari yoʻq edi. Soong Mei-ling va Chan Kayshi 1944-yil 24-mayda Nyu-Yorkdagi Avliyo Bartolomey cherkovida qayta nikohdan oʻtishadi[6].
Chan xonim Xitoy siyosati bilan faol shugʻullandi va New Life Movement (Yangi hayot harakati) tashabbuskori boʻldi. Turmush oʻrtogʻi Kuomintang rahbari boʻlganda, Chan xonim uning ingliz tili tarjimoni, kotibi va maslahatchisi boʻldi. 1928-yilda u Chan tomonidan Yuanlar qoʻmitasining aʼzosi etib saylandi[7]. U 1930—1932-yillarda Yuan aʼzosi va 1936—1938-yillarda Xitoy aviatsiya ishlari komissiyasining Bosh kotibi boʻlgan[8].1937-yilda u ayollarga Ikkinchi Xitoy-Yaponiya urushini qoʻllab-quvvatlash uchun murojaat qildi, bu esa Guangxi ayollar batalyoni kabi ayollar batalyonlarini tashkil etilishiga olib keldi[9][10].
1945-yilda u Gomintang markaziy ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.
Soong Mei-ling urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika Qo'shma Shtatlariga bir necha bor sayohat qildi. U 30 000 ga yaqin xalqni toʻpladi va 1943-yilda uchinchi marta TIME jurnalining muqovasidan oʻrin oldi. Avvalroq 1931-yil 26-oktabrda turmush oʻrtogʻi, 1937-yil 3-yanvarda esa Soong Mei-ling eri bilan „Yil kishisi sifatida Time muqovasida chiqdi“[11][12].
Vafoti
tahrir1975-yilda turmush oʻrtogʻi vafoti Chan xonim uchun ogʻir boʻldi. Unga birinchi marta 1975-yilda ko'krak bezi saratoni tashxisi qoʻyildi va u Tayvanda ikki marta mastektomiya amaliyotini boshidan oʻtkazdi[13].
Chan xonim 2003-yil 23-oktyabrda 105 yoshida Nyu-Yorkda vafot etdi[1].
„Life“ jurnali Soong Mei-ling „dunyodagi eng qudratli ayol“ deb yozadi[14], Liberty jurnali esa uni „Xitoy hukumatining haqiqiy aqli va rahbari“ deb taʼriflaydi"[15].
Galereya
tahrir-
Soong yaralangan xitoylik askarga bandaj o'ramoqda (1942-yil)[16]
-
Chan va Soong (1943-yil)
-
Soong Milliy inqilobiy armiya askarlari uchun kiyim tikmoqda
-
Wellesley Collegeda nutqi posteri (1943-yil)
-
Chan, Soong va Joseph Stilwell Burmada (1942-yil)
-
Soong Oq uyda matbuot anjumani o'tkazmoqda (1943-yil)
-
Soong, Chan va Claire Lee Chennault
-
Uch opa-singillar yoshliklarida, o'rtada Sung Ching-ling, Suong Ai-ling (chapda) va Sung Mei-ling (o'ngda)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Faison, Seth. „Madame Chiang Kai-shek, a Power in Husband's China and Abroad, Dies at 106“ (2003-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 27-iyun. „Madame Chiang Kai-shek, a pivotal figure in one of the 20th century's great epics — the struggle for control of post-imperial China waged between the Nationalists and the Communists during the Japanese invasion and the violent aftermath of World War II — died on Thursday in Manhattan, the Foreign Ministry of Taiwan reported yesterday. She was 105. ...“.
- ↑ „探访传奇老宅"内史第":百年上海的文化密码“. China News (2016-yil 10-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „The Soong sisters“ (en). Wesleyan College. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
- ↑ „Madame Chiang Kai-shek“. wellesley.edu. 2011-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.
- ↑ „CHINA: Soong Sisters“ (1927-yil 12-dekabr). 2008-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-may.
- ↑ St. Bartholomew’s Church Marriage Registration 1944.
- ↑ „CHINA: Potent Mrs. Chiang“ (1928-yil 26-noyabr). 2010-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-may.
- ↑ „Charismatic, Feared Emissary of China's Nationalist Regime“ (en-US). Los Angeles Times (2003-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
- ↑ Chung, Mary Keng Mun. Chinese Women in Christian Ministry: An Intercultural Study (en). Peter Lang, 2005. ISBN 978-0-8204-5198-5.
- ↑ Women of China (en). Foreign Language Press, 2001.
- ↑ „TIME Magazine cover“. 2007-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Karon, Tony „Madame Chiang Kai-shek, 1898-2003“. Time.com (2003-yil 24-oktyabr). 2003-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-iyul.
- ↑ Pakula 2009, p. 659
- ↑ Pakula, Hannah. „Chiang Kai-shek“. Qaraldi: 2014-yil 11-noyabr.
- ↑ Pakula 2009, p. 305
- ↑ Fenby, Jonathan (2009), Modern China, p. 279
Havolalar
tahrir- Audio of her speaking at the Hollywood Bowl, 1943 (3 hours into program) (Wayback Machine saytida 2016-11-18 sanasida arxivlangan)
- As delivered text transcript, complete audio, video excerpt of her address to the US Congress, 1943
- Wellesley College biography, Wayback Machine saytida (index sanasida arxivlangan)
- Time magazineʼs "Man and Wife of the Year, " 1937
- Madame Chiang being honored by U. S. Senate Majority Leader Robert Dole (left) and Senator Paul Simon (center) at the U. S. Capitol in Washington, DC, July 26, 1995
- Madame Chiang Kai-shek, 1898–2003
- Life in pictures: Madame Chiang Kai-shek
- Voice of America obituary
- Madame Chiang, 105, Chinese Leader’s Widow, Dies – The New York Times
- The extraordinary secret of Madame Chiang Kai-shek
- Madame Chiang Kai-shek – The Economist
- What a 71-Year-Old Article by Madame Chiang Kai-Shek Tells Us About China Today – The Atlantic
- Madame Soong Mei-lingʻs Life in Her Old Age