Sotvoldiyev Abdulaziz Abdimoʻminovich


Sotvoldiyev Abdulaziz Abdimoʻminovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor (1993). 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.

Abulaziz Sotvoldiyev
Tavalludi 1950-yil 3-iyul
Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2024-yil 31-mart
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Andijon mashinasozlik instituti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi iqtisod fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Tarjimai holi

tahrir

Abdulaziz Sotvoldiyev 1950-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent politexnika institutini Iqtisodiyot va kimyo sanoatini tashkil etish yoʻnalishi bakalavriatini, 1977-yilda aspiranturasini tamomlagan. Shuningdek, 1993-yilda Sankt-Peterburg iqtisod va moliya universiteti doktoranturasini bitirgan. Abdulaziz Sotvoldiyev 2024-yilning 31-mart kuni vafot etgan [1].

Mehnat faoliyati

tahrir

Abdulaziz Sotvoldiyev mehnat faoliyatini 1971-1974-yillarda Toshkent politexnika instituti Kimyo sanoati iqtisodi va uni boshqarish kafedrasi assistentligidan boshlagan. 1977-1990-yillarda Andijon viloyati mehnatni tashkil etish markazi boʻlim boshligʻi, Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali savdo iqtisodi kafedrasi katta oʻqituvchisi, mudiri, 1993-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori vazifalarida ishlagan. 2011-2021-yillarda Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish kafedralari professori lavozimlarida ishladi. 2021-yildan shu kunga qadar Iqtisodiyot kafedrasi professori sifatida yoshlarga taʼlim tarbiya berib kelayotgandi.

Abdulaziz Sotvoldiyev 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti rektori sifatida faoliyat yuritib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashda oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Abdulaziz Sotvoldiyev 1979-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot va moliya universiteti „Uzluksiz ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari: OʻzSSR qurilish materiallari sanoatining asosiy tarmoqlari misolida“(Osnovnie napravleniya sovershenstvovaniya organizatsii truda v neprerivnix proizvodstvax : na primere osnovnix otrasley promishlennosti stroitelnix materialov UzSSR)mavzusida iqtisod fanlari nomzodi dissertatsiya ishini himoya qilgan hamda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasi ega boʻlgan[2]. 1993-yilda esa iqtisod fanlari doktorlik ilmiy darajasi uchun „Oʻzbekiston Respublikasida bandlikni boshqarish“ mavzusida dissertatiya ishini munosib himoya qilgan[3]. Abdulaziz Sotvoldiyev bir nechta darslik, oʻquv va amaliy qoʻllanmalar [4], yuzlab ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.

Manbalar

tahrir