Soyabon partiyasi (inglizcha: "big tent party") yoki universal partiya (inglizcha: "catch-all party") — ijtimoiy tabaqalar doirasi, ikki qarama qarshilik " oʻng " va „ soʻl „ oʻrtasidagi tafovut va boshqa farqlardan qatʼi nazar, turli nuqtai nazarga ega odamlarni birlashtirishga intiladigan siyosiy partiyaning bir turi hisoblanadi.

Tavsif

tahrir

Partiya a’zolik mezoni sifatida qandaydir maʼlum mafkuraga ega boʻlishni yoki unga amal qilishni talab qilmaydi. Ideal holda, bu partiyani bagʻrikeng va plyuralistik deb taʼriflash mumkin. Umuman olganda, bu partiyalar ancha yuzaki va noaniq mafkuraga ega va shunga mos ravishda aholining mutlaq koʻpchiligiga yoʻnaltirilgan hisoblanadi.

Bu turdagi partiyalarning asosiy maqsadi nomzodi mavjud boʻlgan saylovda imkon qadar koʻproq ovoz toʻplash, saylovlarda gʻalaba qozonish va hukumatni boshqarishdir. Buning uchun ular barcha mumkin boʻlgan ijtimoiy manfaatlar majmuasini qamrab olishga harakat qilishga urinadilar. Odatda bunday partiyalar markazchi sifatida joylashadilar. Saylovoldi tashviqoti chogʻida esa ular aholining bir lahzalik kayfiyatiga taʼsir etishga urinadilar, bunday usulni qoʻllashdan asosiy maqsad esa oʻz oʻzgarishlariga va oʻzlari tomonidan ilgari surilayotgan loyihalarga imkon qadar koʻproq insonlarni jalb etish hisoblanadi. Mafkuradagi maʼlum kamchiliklar nomzodlarning jozibador shaxsiy fazilatlariga eʼtibor berish orqali qoplanadi. Saylovoldi tashviqoti davrida partiyadan nomzodlarni tanlash, masalan, professionallik yoki tajribaga qaraganda, alohida nomzodning saylov resurslarini toʻliq jalb etish va undan foydalanish qobiliyati, nomzodning saylovoldi jozibadorligi bilan koʻproq aniqlanadi.

Tarixi

tahrir

Ushbu atama 1966-yilda nemis siyosatshunosi Otto Kirxxaymer tomonidan “Gʻarbiy partiya tizimlarining transformatsiyasi“[1] nomli maqolasida Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan va saylovchilarning eng koʻp sonini oʻziga jalb etgan yangi tipdagi partiyalarni ifodalash uchun kiritilgan. Ushbu atama, shuningdek, Moris Dyuverjerning mashhur siyosiy partiyalar tipologiyasida kategoriya sifatida ham kiritilgan.

Misollar:

tahrir

Fransiya

tahrir

" La Republique En Marche!" partiyasi. „ - Emmanuel Makron tomonidan asos solingan partiya hamma narsani qamrab oluvchi xarakterga ega markazchi partiya deb ataladi[2].

Marin Le Pen boshchiligidagi Milliy front partiyasi ham „chap“, ham „oʻng“ saylovchilarni jalb qilishga qodir partiya hisoblanadi[3].

Germaniya

tahrir

Germaniyada universal partiyalar keng tarqalgan, bular[4] :

  • Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi / Bavariyadagi Xristian ijtimoiy ittifoqi (CDU/CSU);
  • Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SPD).

Ularning barchasi Volksparteien („xalq partiyalari“) deb nomlangan universal partiya jamoalari hisoblanadi.

Bunday partiyaga misol sifatida AQSh Respublikachilar partiyasini keltirish mumkin.

Buyuk Britaniya

tahrir

Sobiq bosh vazir Toni Bler boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi.

Ukraina

tahrir

"Xalq xizmatkori" — Vladimir Zelenskiy va Yevgeniy Yurdiga tomonidan asos solingan Ukraina siyosiy partiyasi, partiya nomi 2015—2019-yillardagi komediya seriali va 2016-yilda suratga olingan „Xalq xizmatchisi“ filmi sharafiga shunday nomlangan.

Qoʻshimcha:

tahrir

Eslatmalar:

tahrir
  1. „Party Politics Vol. 15, Issue 5, p. 539“. www.partypolitics.org. 1-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2019-yil.
  2. Sophie Di Francesco-Mayot „“The French Parti Socialiste (2010–16): from office to crisis" [«Французская социалистическая партия (2010–16): от должности к кризису»]“, . Why the left loses : the decline of the centre-left in comparative perspective, Bristol, UK — 162-bet. ISBN 1447332687. 
  3. „Le FN de plus en plus « parti attrape-tout »“ (fransuzcha). Les Echos (10-fevral 2015-yil). 9-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2019-yil.
  4. Isabelle Hertner; James Sloam „The Europeanisation of the German Party System [Европеизация немецкой партийной системы]“, . Europeanisation and party politics : how the EU affects domestic actors, patterns and systems [Европеизация и партийная политика: как ЕС влияет на внутренних участников, модели и системы]. Colchester: ECPR Press, 2012 — 35-bet. ISBN 9781907301841. 

Adabiyotlar:

tahrir