Stavridalar (Trachurus) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliqlarning bir urugʻi. 10 turi maʼlum. Gavdasi 50 sm cha, vazni 400 g cha. Yon chizigʻida suyakli qalqonchalar bor. Dunyo okeanining iliq va subtropik qismida tarqalgan. Gala boʻlib, uzoq joylarga koʻchib yuradi. Qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Yapon, Qora, Boltiq va Azov dengizlarida uchraydi. Ovlanadi.