Stefan Horngacher
Stefan Horngacher — (1969-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) avstriyalik changʻidan sakrash boʻyicha murabbiy va sobiq changʻidan sakrash sportchisidir. 2019-yilning aprelidan Germaniya terma jamoasiga ustozlik qilmoqda.
Stefan Horngacher | |
---|---|
Horngacher 2000-yilgi musobaqalarda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Avstriya |
Tavallud sanasi |
20-sentyabr 1969-yil Wörgl, Avstriya |
Sport | |
Qaysi sport | (qaysi sport turi) |
Klubi | (qaysi klub) |
Faoliyati
tahrirHorngacher 1994-yil va 1998-yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida jamoaviy bahslarda katta tepaligida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u 2002-yilda Solt-Leyk-Siti shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va uning eng yaxshi marrasi jamoaviy yirik tepalik musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagani boʻlgan. 1991-yilda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida jamoaviy yirik tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan va keyingi oʻn yil ichida uchta bronza bilan (1993-yil, 1999-yil va 2001-yil) kifoyalangan; 2001-yilgi oddiy tepalik musobaqasida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Sportni tark etgach, u changʻidan sakrash boʻyicha murabbiy boʻlgan va 2016-yildan buyon Polsha terma jamoasini boshqarib keladi[1].
2016—2017-yilgi Toʻrt tepalik turniri, oltin va kumush
XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionati 2017-yil -Jamoaviy katta tepalikda oltin medali,
Polshada 2017-yilning eng yaxshi murabbiyi deb eʼtirof etilgan[2],
2017—2018-yil Toʻrt tepalik turnirida oltin medali va toʻrtta ketma-ket gʻalabaga erishgan.
2019-yilning aprel oyidan beri u Verner Shusterdan keyin Germaniya terma jamoasini boshqarib keladi.
Jahon chempionati
tahrirHorngacherning XCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatlaridag eng yuqori koʻrssatkichi 1990—1991-yilgi shilomiy turnirdagi kumush medali hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki yillaridagi formasini saqlab qola olmaganligi tufayli raqimlariga nisbaqat balllarda ancha ortda qolishni boshlagan.
Turnir jadvali
tahrirMavsum | Umumiy natijalar | 4H | SF | NT | JP |
---|---|---|---|---|---|
1987—1988-yil | — | 127 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
1988—1989-yil | — | 96 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
1989—1990-yil | — | 60 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
1990—1991-yil | 4 | 5 | Yoʻq | Yoʻq | |
1991—1992-yil | 29 | 45 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1992—1993-yil | 8 | — | 14 | Yoʻq | Yoʻq |
1993—1994-yil | 20 | 36 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1995—1996-yil | 35 | 40 | 32 | Yoʻq | 34 |
1996—1997-yil | 35 | 22 | 32 | 47 | 34 |
1997—1998-yil | 13 | 8 | 28 | 18 | 12 |
1998—1999-yil | 8 | 7 | 14 | 4 | 7 |
1999—2000-yil | 9 | 11 | 18 | 20 | 9 |
2000—2001-yil | 8 | 5 | 12 | 6 | Yoʻq |
2001—2002-yil | 12 | 12 | Yoʻq | 12 | Yoʻq |
Yutuqlar
tahrirTartib raqami | Mavsum | Sana | Manzil | Tepalik | Hajmi |
---|---|---|---|---|---|
1 | 1990—1991-yil | 1991-yil 24-fevral | Tauplitz/Bad Mitterndorf | Kulm K185 | FH |
2 | 1998—1999-yil | 1999-yil 16-yanvar | Zakopane | Wielka Krokiew K116 | LH |