Straight edge (inglizcha: aniq chegara, qisqartirilgani sXe) — hardcore-punk kontrmadaniyatining falsafiyroq shoxi, narkotiklardan butunlay chekinish (qonuniy alkogol va tamakini oʻz ichiga olgan holda), jinsiy aloqalarda aniqlik, shuningdek butun punk-harakatiga hos boʻlgan siyosiy qarashlar harakterli boʻlgan harakat.

Avvalo bu punk rock ijrochilari muhitida "iflos doimo ichib olgan punk" koʻrinishini ommaviylashtirishga qarshi chaqiruv sifatida vujudga kelgan Straight edge tez orada etik dunyoqarashga aylanadi. Bu dunyoqarash oʻz-oʻzini boshqarish gʻoyasini va shaxsiy ozodlikni birinchi oʻringa qoʻyadi va 80-yillar boshlarida Amerika punklarining keng tarqalgan tanlovi boʻladi, ayniqsa Straight edge juda kuchli hardcore sahnalari mavjud Vashington va Bostonda rivojlanadi. 80-yillarning oʻrtalariga kelib bu madaniyat AQSh chegaralaridan tashqarisida ham tarqaladi.

Timsollar

tahrir

Straight edge — oʻziga reklamani ep koʻrmaydi va sXe hayot koʻrinishini boshqalarga zoʻrlab oʻtkazmaydi, shuning uchun bu harakat tarafdorlarining kiyinish, soch turmaklarida qandaydir afzalliklari yoʻq. Identifikatsiyalashning yagona yoʻli — bu ("X") xochining yoki "sXe" abbreviaturasining qoʻllanishidir:

  • Kaftning orqa tarafidagi xoch — yetmishinchi yillar ohirida paydo boʻlgan timsol, u paytda klub konsertlariga kelgan voyaga yetmagan kishilarga barda spirtli ichimliklar sotilmasligi uchun, qoʻliga xoch chizib qoʻyishar edi. Straight edge tarafdorlari ixtiyoriy holda xuddi shunday xochni qoʻllariga chizar edilar.
  • Uch xoch — uch "MASLIK"ning timsoli: spirtli ichimliklarni ichMASLIK, chekMASLIK, tartibsiz jinsiy aloqa qilMASLIK".
  • DRUG FREE ("narkotiklardan ozod") yoki POISON FREE ("zahardan ozod") yozuvlari kiyim-kechaklarda koʻp ishlatiladi.

Yuqorida keltirilgan timsollar tatularda ham ishlatiladi, bu ularni xoʻjayini Straight edge prinsiplarini butun umrga qabul qilganligini bildiradi.

  • "x" harflari nicknamelarning boshi, ohiri va oʻrtasida ishlatiladi. Masalan, x_LOSER, x_emotions_heart_x.

Musiqa

tahrir

Straight Edge harakatining nomi Minor Threat guruhining xuddi shunday nomli qoʻshigʻidan olingan:

       Minor Threat, 1981
       I'm a person just like you              Men xuddi senga oʻxshagan odamman,  
       But I've got better things to do        Ammo men ahmoqona oʻtirib miyamni gʻovlash,
       Than sit around and fuck my head        Tirik murdalar bilan vaqt oʻtkazish,
       Hang out with the living dead           Burnimni oq ahlat bilan bilan toʻldirish,
       Snort white shit up my nose             Va konsertlarda oʻzimni yoʻqotib qoʻyishdan koʻra
       Pass out at the shows                   Yaxshiroq narsalar haqida bilaman.
       I don't even think about speed          Men amfetamin haqida hattoki oʻylamayman
       That's something I just don't need      Bu menga shunchaki kerak emas
       I've got the straight edge!             Men togʻri yoʻldan yuraman!
I'm a person just like you Men xuddi senga oʻxshagan odamman, But I've got better things to do Ammo men ahmoqona oʻtirib afyun hidlashdan koʻra Than sit around and smoke dope Yaxshiroq narsalar haqida bilaman. 'Cause I know I can cope Chunki men qoʻlimdan kelishini bilaman Laugh at the thought of eating ludes Men gʻildiraklarni yeguvchi odam ustidan kulaman Laugh at the thought of sniffing glue Men yelim hidlaydigan odam ustidan kulaman Always gonna keep in touch Har doim oʻzimni qoʻlga olishni bilaman Never want to use a crutch Va hech qachon qoʻltiqtayoqqa muhtoj boʻlmayman I've got the straight edge! Men togʻri yoʻldan yuraman!

Straight edge hamma vaqt hardcore punk musiqa bilan bogʻliq boʻlgan.

Avvalgi sXe-guruhlardan Minor Threat, SSD, DYS, Justice League, 7 Seconds, Uniform Choice, Unity, Larm, Youth Of Today, Bold, Unit Pride, Turning Point, No For An Answer, Earth Crisis, Strife, Chokehold, Portarits Of Past, Canon, Culture, Ten Yard Fight, In My Eyes, Atari, Mouthpiece, Cornerstone va hokazolarni keltirib oʻtish mumkin. Zamonaviylardan: First Step, Gather, Risen, Triple Threat, Forced Forward, Path of Resistance, Set It Straight, Good Clean Fun va hokazo.

Havolalar

tahrir