Sulaymon ibn Abu Jaʼfar
Sulaymon ibn al-Mansur (arabcha: سليمان بن المنصور; Sulaymon ibn Abu Jaʼfar nomi bilan tanilgan) – Abbosiy shahzoda. Jiyani xalifa Horun ar-Rashid davrida (h. 786–809) Basra, al-Jazira va Suriya viloyatlarining noibi lavozimida ishlagan. Shuningdek, ar-Rashidning oʻgʻli va vorisi al-Amin qoʻl ostida ham Suriyada xizmat qilgan.
Hayoti
tahrirSulaymon Abbosiylar xalifasi al-Mansur (h. 754–775) (kunyasi Abu Jaʼfar) va xotini Fotima bintu Muhammad at-Taymiyning oʻgʻli edi. Fotima Iso ibn Talha at-Taymiyning nabirasi boʻlib, Iso esa Islom paygʻambari Muhammadning yetakchi sahobalaridan biri – Talha ibn Ubaydalloh boʻlgan[1]. Sulaymonning qizi Abbosa Sulaymonning ukasi xalifa al-Mahdiyning (h. 775–785) oʻgʻli boʻlgan xalifa Horun ar-Rashidning xotini edi[1]. Al-Mahdiyning boshqa oʻgʻli va toʻgʻridan-toʻgʻri vorisi xalifa al-Hodiy (h. 785–786) davrida Sulaymon Makkaga Haj ziyoratiga boshchilik qilgan[2]. Ar-Rashid davrida Sulaymon 793-yilda yana hajga rahbarlik qilgan[2], Basra, al-Jazira va Suriyada xalifaning noibi boʻlib xizmat qilgan{[1].
Adabiyotlar
tahrir- The History of al-Ṭabarī, Volume XXX: The ʿAbbāsid Caliphate in Equilibrium: The Caliphates of Mūsā al-Hādī and Hārūn al-Rashīd, A.D. 785–809/A.H. 169–192, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-564-4.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Madelung, Wilferd (2000). "Abūʾl ʿAmayṭar the Sufyānī". Jerusalem Studies in Arabic and Islam 24: 327–343. https://books.google.com/books?id=AI5tAAAAMAAJ.
- ↑ 2,0 2,1 Bosworth 1989.