Sulton Matqul

muharrir, elektr muhandis, qatagʻon qurbonlaridan biri

Sulton Matqul (19021938) — oʻzbekistonlik malakali elektr muhandisi, Oʻzbekiston Fanlar Kommiteti raisining oʻrinbosari, muharrir. Qatagʻon qurbonlaridan biri.

Sulton Matqul
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi oliy
Kasbi elektr muhandisi
Faoliyat yillari 1922—1938
Turmush oʻrtogʻi Basya Ovseyevna Raybman
Bolalari Almira Matqul
Qarindoshlari singillari: Bashorat Matqulova, Nazokat Egamberdiyeva, Marhamat Shokirova

Biografiyasi

tahrir

1902-yil 15-dekabrda ishbilarmon Matqul Alibekovning oilasida dunyoga kelgan. Sulton Matqul Toshkentdagi „Koʻmak“ nomli milliy jamiyatning yordami bilan, mazkur uyushmaning rahbarlaridan biri boʻlgan Eshonxoʻjayev boshchiligida 1922-yil turkistonlik va buxorolik boshqa 7 nafar yigit-qizlar qatorida Germaniyaga oʻqish uchun yuborildi. S. Matqul 1922-yildan to 1930-yilgacha Germaniyada istiqomat qilib, Berlin shahridagi oliy texnika maktabini elektrotexnika sohasi boʻyicha tahsil oladi va oliygohni 1930-yilning boshida tamomlaydi[1].

Faoliyati

tahrir

U 1917-yil oktyabr oyidagi toʻntarishlardan soʻng 1919—1920-yillarda Xo'janddagi harbiy qoʻshin tarkibida otliq askar sifatida xizmat qilgan. 1920-yilda armiya xizmatidan ozod etilgan. 1922—1930-yillarda Germaniyada oliygohda tahsil olib, tamomlagach, Berlin universitetining kimyo fakultetida taʼlim oluvchi Basya Ovseyevna Raybman ismli qiz bilan tanishib qoladi. Ikkisi ham oʻqishlarini tamomlagach turmush qurishadi. 1931-yilda Sulton Matqul ayoli Basya Raybman va oʻzi bilan Berlin oliy texnika maktabini elektrotexnika sohasi boʻyicha tamomlagan toshkentlik doʻsti To'lagan Mo'min bilan birga Germaniyadan SSSRga qaytadi. Shundan soʻng, Sulton Toshkentga qaytib kelib, u yerda avval, Oʻzbekiston elektrlashtirish boshqarmasida bosh muhandis boʻlib faoliyat yuritadi. Toshkentdagi mazkur oʻzining sohasi boʻyicha respublikada elektrotexnika tarmoqlarini rivojlantirish, elektr quvvatidan sanoat obyektlarida ratsional foydalanish hamda elektr tizimini zamonaviy ilm asosida boshqarish ishiga rahbarlik qiladi. 1930-yilning ikkinchi yarmiga kelib, Oʻzbekiston Fanlar Kommiteti raisining oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsata boshlaydi. U Fan Kommiteti organi boʻlgan „Sotsialistik fan va texnika“ jurnalining muharriri sifatida xizmat qiladi[2].

Oʻlimi

tahrir

Sulton Matqul 1937-yil 13-avgust kuni hibsga olinadi. Bir yarim yildan koʻproq muddat qamoqda saqlanadi va 1938-yilda asossiz ayblovlar bilan otishga hukm etiladi. Hukm oʻqilgan kunini oʻzidayoq amalga oshiriladi. 1956-yil 17-noyabrda uning ayoli Basya Matqulovaning arizasi asosida, SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasida Sulton Matqul ishi qayta koʻrib chiqiladi va unda 1938-yil 9-oktyabr kuni qoʻyilgan siyosiy ayblov asossiz boʻlganligi, ishni qayta koʻrib chiqish davrida uning faoliyatida jinoiy ish topilmaganligi va shu sababli unga qoʻyilgan ayb olib tashlanib, Sulton Matqul oqlanganligi haqida qisagina ajrim chiqariladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Irzayev, Bahrom „Германия таълимини олгач отилган ёш жадид – энергетика мутахассиси ва дипломат Султон Матқул“. bbc.com. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  2. Turdiyev, Sherali. Ular Germaniyada oʻqigan edilar, 1-nashr, Toshkent: Akadem - Xizmat bosmaxonasi, 03.04.2006 — 258-bet.