Sultoniya koʻchasi (Toshkent)
Sultoniya koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumani hududida. XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Buyuk Ipak yoʻli va Temur Malik koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirzo Ulugʻbek |
Uzunligi | 2 km |
Yaqin metro bekatlari | Minor |
Koʻchada joylashgan binolar |
Uy-joy kommunal va mehmonxona xoʻjaligi boshqarmasi Toshkent shahar hokimligi mehmonxonasi „Toʻrabuva“ jome masjidi |
Tarixi
tahrirYoʻnalishida uy-joylar boʻlmagani uchun dastlab nomsiz boʻlgan. 1925-yil 19-yanvarda turkistonlik 14 komissardan biri Mixail Troitskiy nomi berilgan. Dastlab hozirgi Qibray tumaniga qarashli boʻlgan. 1969-yil shahar tasarrufiga oʻtkazilgan. 1997-yil 16-dekabrda Sultoniya (Sultonlar qalʼasi yoki Sultonlar shahri maʼnosini anglatadi) nomi berilgan[1].
Binolar
tahrirYoʻnalishida „Yalangʻoch“ va „Beshkapa“ mahallalari, Uy-joy kommunal va mehmonxona xoʻjaligi boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi mehmonxonasi, „Toʻrabuva“ jome masjidi, turar joy binolari, „Turon“ bankining „Doʻrmon“ minibanki, savdo shoxobchalari va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.