Suralay gʻozlar
Suralay gʻozlar (Tadorna) — oʻrdaklar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 7 turi bor. Patlari oqqora va jigarrang, modasi ochroq rangda, Yevrosiyo, Afrika, Avstraliya, Yangi Zelandiyada tarqalgan. Dasht, yarim dasht va choʻllardagi shoʻr yoki chuchuk suv qavzalarida yashaydi. Oʻzbekistonda 2 turi: suralay gʻoz (T. tadorna) va angʻirt (T. ferruginea) yil davomida uchraydi. Tanasining uz. 60 sm cha, vazni 1 — 1,6 kg. Suv havzalari qirgʻogʻiga uya quradi; koʻpincha tulki, boʻrsiq va boshqa hayvonlar inidan foydalanadi. 8—15 ta tuxum qoʻyadi; uni faqat modasi bosadi. Qis Suralay gʻoz. qichbaqasimonlar, mollyuskalar, oʻsimlik urugʻlari va boshqa bilan oziqlanadi. Goʻshti va prai uchun ovlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |