Suriya choʻli

suriya cho'li haqida ma'lumot

Suriya choʻli, Bodiyat ash-Shom (arabcha: بادية الشام) — Gʻarbiy Osiyodagi choʻl. Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni hududlarida. Maydoni 1 mln. km². Furot va Mesopotamiya pasttekisligi tomon 800 m dan 500 m gacha pasayib boradi. Ohaktoshli plato va lava maydonlaridan iborat. Yer yuzasi tekis. Ayrim joylarida bal. 1100 m boʻlgan yakka togʻlar, shoʻrxok va taqirli soyliklar uchraydi. Qumli va toshloq maydonlar bor. Iqlimi subtropik, kontinental, quruq ikdim, qishi iliq, yozi issiq. Choʻlning shim. qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 6,9°, iyulniki 29,2°, yillik yogʻin 100–150 mm. Baxrr va yoz boshlarida hamsin shamoli esadi. Suriya choʻlida okar suvlar yoʻq. Oʻsimliklari juda siyrak, buta va efemerlar oʻsadi. Aholisi koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanadi.

Suriya choʻli
arabcha: بادية الشام
33°20′0″N 38°50′0″E / 33.33333°N 38.83333°E / 33.33333; 38.83333
MamlakatlarSuriya Suriya
Iroq Iroq
Iordaniya Iordaniya
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
JoylashuviYaqin Sharq
Maydoni500 000 km²
DaryolarFurot
Suriya choʻli (Osiyo)
Suriya choʻli