Suriya turkmanlari
Suriya turkmanlari (Suriyadagi turklar, Suriya turkomanlari yoki Suriya turklari deb ham ataladi) – Suriyada yashovchi turkiy xalq. Suriya turkmanlari hozirgi Suriya hududida 11-asrdagi Saljuqiylar davlati davridan beri yashab keladi. Oʻzlarini süriye türkmenleri, süriye türkleri deb atashadi.
Suriya turkmanlari | |
---|---|
Suriya turkmanlari assambleyasi qabul olgan rasmiy bayroq | |
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni | |
Jami: 1.500.000-5.000.000 [1] Suriya Turkiya Livan | |
Til | Turk tili · Arab tili |
Dini | Sunniy Islom |
Irqiy turi | Yevropeoid |
Oʻxshash xalqlar | Oʻgʻuz turklar (Turklar · Iroq turkmanlari · Misr turkmanlari) |
Etnik guruhlar | Turkiy xalqlar |
Suriya turkmanlari Suriyada arablar va kurdlardan keyingi uchinchi eng yirik etnik guruhdir. Ularning umumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Turli manbalarda Suriya turkmanlarining soni 200 000,[2] 750 000-1 500 000[3][4] yoki 3 500 000[5][6] kishini tashkil qiladi deyilgan.
Suriyadagi fuqarolik urushi davomida Suriya turkmanlari Suriya hukumati kuchlariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etib, Turkiya yordami va himoyasiga umid qilib kelmoqda. Keyingi yillarda Suriya turkmanlari oʻzlari yashaydigan hududlarni himoya qilish va ularda demokrafik oʻzgarishlar sodir boʻlishini oldishi olish maqsadida rasmiy hukumat – Suriya turklari assambleyasini va uning harbiy qanoti boʻlmish Suriya turkmanlari brigadalarini tuzishdi.
Tarixi
tahrir11-asr oxirida saljuqiylar Suriyani ilk marta bosib olgan. Saljuqiylar davlati toʻrt boʻlakka parchalanib ketganidan keyin Malikshohning ukasi Tutush 1079-yil Suriya saljuq davlatini tuzgan. Suriyada saljuqlar 1117-yilgacha hukmronlik qilgan. 1516-yilda usmoniylar sultoni Salim I Suriyani bosib olgan. Usmoniylar imperiyasining 1518-yilgi maʼlumotlariga koʻra, oʻsha paytda Halab viloyatida 54 276 kishi yashagan, ularning 36 217 nafari turkmanlar boʻlgan.
Suriya turkmanlarining hozirgi ahvoli
tahrirHozirgi kunda Suriya turkmanlari Suriyaning asosiy xalqi singari sunniy musulmon boʻlganlari sababli tazyiqlarga uchramaydilar. Ayrimlar Suriya turkmanlarini mamlakatda yashovchi boshqa millatlar orasida eng „beozor“ millatlardan biri, deb hisoblaydi. Shunday boʻlsa-da, ular boshqa millatlar bilan assimilyatsiya boʻlmoqdalar.
Suriya turkmanlari asosan poyabzal sanoatida faoldir. Halab shahridagi poyabzal fabrikalarining koʻp qismi aynan ularga tegishli boʻlib, ushbu fabrikalarning ishchilari ham shu millat vakillari hisoblanadi. Suriya turkmanlari orasida madaniyat arboblari, olimlar, siyosatchilar va harbiylar, jumladan, Suriyaning sobiq mudofaa vaziri Hasan at-Turkmaniylar bor.
Demografiyasi
tahrirSuriya turkmanlarining umumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Aksar manbalarda ularning soni 100 000[7] dan 200 000[2] gacha ekanligi aytilgan. Ayrim Suriya turkmanlari ularning soni 750 000-1 500 000 ekanligini taʼkidlaydi. Turkmanlar milliy kengashiga koʻra, Suriya turkmanlarining soni 3,5 million kishini tashkil qiladi.[8]
Tili
tahrirSuriya turkmanlari turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga kiruvchi oʻziga xos shevalarda soʻzlashishadi. Suriya turkmanlariga xos shevalarning grammatikasi, fonetikasi va leksikasi haqida juda oz maʼlumot mavjud.
1927-yilda turkshunos olim Aleksandr Samoylovich turkiy sonlar haqidagi „Turkcha miqdor sonlar va ularni izohlashga urinishlar haqida qisqacha maʼlumot“ (ruscha: Турецкие числительные количественные и обзор попыток их толкования) maqolasida suriyalik turkmanlarda 80 (sekizen) va 90 (dokuzan) sonlarining ilk formalari saqlanib qolgani haqida yozgan. Boshqa oʻgʻuz tillarda esa seksen va doksan kabi soʻzlardan foydalaniladi. E. V. Sevortyanning „Etimologik lugʻati“da sonlarning segzen, sekizen va sekizon kabi shakllari berilgan. Bunday shakllarga ega shevalar turkcha shevalar oʻlaroq ifodalanadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Piccinin, Piere (2011), Après avoir été sur le terrain, La Libre Belgique, Les Turcomans pratiquant exclusivement leur dialecte turc sont 1 500 000. L’ensemble des Turcomans de Syrie (y compris ceux qui ont adopté l’arabe comme langue usuelle), sont estimés entre 3,5 et 6 millions, soit de 15 à 20 % de la population. C’est le troisième groupe de population en importance."
- ↑ 2,0 2,1 AFP. „Turkmen in joint battle 'for Syria democracy'“. NOW (31-yanvar 2013-yil). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2013-yil.
- ↑ World Population Review, Syrian Population 2013, „Other major groups in Syria are Kurds (2 million), Syrian Turkmen (0.75-1.5 million) and Assyrians (0.9 to 1.2 million).“
- ↑ „Who are the Turkmen in Syria?“. BBC (24-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2015-yil.
- ↑ ORSAM Report No: 150, Center for Middle Eastern Strategic Studies
- ↑ ORSAM Report No: 83, The Turkmens of Syria, Quoted from page 16 (in Turkish): „Değişik kaynaklar ve saha çalışmasında elde edilen verilerden yola çıkarak Suriye Türkmenlerinin toplam nüfusu 3,5 milyon civarındadır.“
- ↑ Phillips, David J.. Peoples on the Move: Introducing the Nomads of the World. William Carey Library, 1-yanvar 2001-yil — 301-bet. ISBN 978-0-87808-352-7. Qaraldi: 12-noyabr 2012-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2014-01-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-11-26
Havolalar
tahrir- OzodWiki: Erdoʻgʻon „qon-qardoshimiz“, deb atagan Suriya turkmanlari oʻzi kim?, Ozodlik radiosi, 26.11.2015
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |