Svetlana Mixaylovna Radzivil (1987-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — Yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha Osiyo oʻyinlarining uch karra chempioni, koʻp karra qitʼa chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlgan oʻzbekistonlik sportchi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2019).

Svetlana Mixaylovna Radzivil
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-yanvar 1987-yil (1987-01-17) (37 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Yengil atletika
Medallar

Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Guanchjou 2009
Kumush Kobe 2011
Kumush Puna 2013
Oltin Uxan 2015
Osiyo chempionati (manejda)
Kumush Pattaya 2006
Oltin Xanchjou 2014
Osiyo oʻyinlari
Oltin Guanchjou 2010
Oltin Inchxon 2014
Oltin Djakarta 2018
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Oltin Pekin 2006
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati
Kumush Ipox 2004
Oltin Makao 2006

Sport faoliyati

tahrir

Svetlana Mixaylovna oʻzining tugʻilib voyaga yetgan ona shahri Toshkentda yengil atletika bilan shugʻullana boshladi. Avvaliga u yengil atletikaning barcha turlari bilan shugʻullanib boqadi. Ammo keyinchalik balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini davom ettirdi.

Svetlana uchun 2002-yilda Kingstonda oʻtkazilgan birinchi katta start oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib, oʻzbekistonlik sportchi 1,70 ball bilan atigi 19-oʻrinni egallagan edi. Biroq 2002-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qitʼa chempionatida Svetlana 1,76 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2004-yilda yengil atletikachi Xalqaro miqyosdagi birinchi medalni oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan qoʻlga kiritgan kumush medali boʻldi.

2006-yilda Svetlana uchta oltin medalni qishki Osiyo chempionati, oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritdi. Bu yerda u allaqachon 1,90 balandlikni zabt etgan.

2008-yilda Sveta Pekin Olimpiadasida ishtirok etadi, ammo oʻz chiqishlarini 1,89 ball bilan yakunlab, atigi 18-oʻrinni egalladi.

2009-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u xuddi shunday 1,89 ball natijasi bilan 21-oʻringa tushib qoldi.

2009-yilda u Osiyo chempionatining bronza medali sohibasiga aylandi. Kelasi yili esa 1,95 ball bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqadi.

2011-yilda esa Osiyo chempionati kumush medalini qoʻlga kiritdi. Ammo jahon chempionatida u sakkizinchi oʻrinni tutdi.

 

2012-yilda Olimpiyadagi qishki jahon chempionatida yengil atletikachi sakkizinchi oʻrinni egalladi. Lekin shu bilan birga u Olimpiya yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Londondagi Olimpiadada Svetlana balandlikka sarash boʻyicha 1,97 ga chiqdi — ammo yettinchi oʻrinni oldi.

2013-yilda Osiyo chempionatida yana ikkinchi oʻrinni olishga muvaffaq boʻldi.

2014-yilda u 1,96 balandlikka sakrash boʻyicha qishki Osiyo chempionati (shaxsiy rekordni yopiq joyda) gʻolibiga aylandi. Qishki jahon chempionatida Svetlana 1,88 ball bilan atigi 14-oʻrinni egalladi. 2014-yil oktyabr oyida 1,94 ball bilan Osiyo oʻyinlarida yutuqqa erishdi.

2015-yilda u Osiyo chempioni boʻldi. Pekindagi jahon chempionatida ishtirok etgan Svetlana 1,88. ball bilan 9-natijani qoʻlga kiritdi.

2018-yilda esa uchinchi bor Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. Shu bilan birga u musobaqada 1,96 ball bilan rekord oʻrnatdi[1].

2019-yil 22-dekabrda Svetlana Radzivil xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylandi[2].

Rekord natijalari

tahrir

2006-yilda u 1,91 m balandlikka sakrab, Oʻzbekiston yoshlari rekordini oʻrnatgan.  2006-yil 12-sentyabr (manejda) va 2006-yil 8-sentyabr (stadionda).

2008-yilda Svetlana Osiyo rekordini 1,98 m balandlikka sakragan boʻlsa, 2009-yilda Marina Aitova bu koʻrsatkichni 1,99 m balandlikkacha koʻtarildi. Ayni kunda Svetlananing shaxsiy eng yaxshi natijasi 1984-yilda Lyudmila Butuzova tomonidan oʻrnatgan Oʻzbekiston rekordiga toʻgʻri keldi.

2018-yilda u 1,96 m balandlikda Osiyo oʻyinlari rekordini yangiladi[3].

Davlat mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „На Азиатских играх Узбекистан поднялся на седьмое место“ (ruscha). ИА REGNUM. 30-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2018-yil.
  2. „Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутатларини рўйхатга олиш тўғрисида“ (oʻzbekcha). Тошкент шаҳар ҳокимлиги. 25-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2020-yil.
  3. Athletics — Womenʼs High Jump Final | Asian Games 2018 Jakarta Palembang (Wayback Machine saytida 29-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan) Andoza:Wayback 2 (Inglizcha)
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 2007 года № УП-3916 «О награждении в связи с шестнадцатилетнем независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
  5. „Светлана Радзивил: «У молодёжи Узбекистана большие возможности»“. Голос Узбекистана (30-avgust 2013-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2015-yil.
  6. „О награждении в связи с 28-летием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры и искусства“. УзА (29-avgust 2019-yil). 29-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2019-yil.

Havolalar

tahrir