Svyatlana Sixanovskaya
Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya (qizlik familiyasi Pilipchuk; belaruscha: Святлана Георгіеўна Ціханоўская; 1982-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — belaruslik siyosatchi, 2020-yilgi saylovlarda Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod.
Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya belaruscha: Святлана Георгіеўна Ціханоўская | |
---|---|
Tavalludi |
Svyatlana Pilipchuk 11-sentabr 1982-yil Belarussiya SSR Brest viloyati, Luninets tumani, Mikashevichi shahri |
Fuqaroligi | Belarus |
Taʼlimi | Mozir davlat pedagogika universiteti |
Kasbi | siyosatchi, tarjimon |
Faoliyat yillari | 2020-yildan |
Partiyasi | partiyasiz |
Millati | belarus |
Turmush oʻrtogʻi | Sergey Sixanovskiy |
Veb-sayti | https://tsikhanouskaya2020.by/ |
Tarjimai holi
tahrirYoshligi
tahrir2000-yilda Svyatlana Pilipchuk Mikashevichidagi 2-oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatdi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Mozir davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi (Gomel viloyati, Mozir shahri), universitetni chet tillar (ingliz, nemis) mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
Mehnat faoliyati
tahrirOʻqishni tugatgandan so'ng u Gomel shahrida yashadi. Turli tashkilotlarda ingliz tilidan tarjimon boʻlib ishladi, shu jumladan Chernobil AES halokatidan jabr ko'rganlar uchun tashkil etilgan „Chernobyl Life Line“ (Irlandiya) xayriya tashkilotida faoliyat yuritdi.
Siyosiy faoliyati
tahrir2020-yil 15-mayda, Markaziy Saylov Komissiyasi Sergey Sixanovskiyning tashabbuskor guruhini roʻyxatga olishni rad etganidan soʻng, Svyatlana Sixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga oʻzini prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatish uchun roʻyxatga olishni talab qilib hujjatlarni taqdim etdi [1].
Lidiya Yermoshina boshchiligidagi Markaziy Saylov Komissiyasi 2020-yil 20-may kuni Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhini roʻyxatga oldi [2]. Svyatlana Sixanovskaya shatabining boshligʻi uning eri Sergey Sixanovskiy boʻldi. 2020-yil 29-may kuni Grodno shahrida Svyatlana Sixanovskayani Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatish uchun imzo toʻplash piketi boʻlib oʻtdi, natijada Sergey Sixanovskiy, tashabbus guruhining koordinatori Dmitriy Furmanov [3] va boshqalar hibsga olindi. Jami 10 kishi hibsga olingan [4]. Keyingi piketlarda Svyatlana Sixanovskaya nomzodiga imzo toʻplash uchun Minskda va boshqa shaharlarda navbatlar yigʻildi[5]. Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhi aʼzolariga turli bosimlar oʻtkazildi, koordinator va aktivistlar butun Belarus bo'yicha hibsga olindi[6], 2020-yil 15-mayda tashabbus guruhining matbuot kotibi Aleksandr Kabanov ham hibsga olindi[7]. Tashabbuskor guruh aʼzolari bilan birgalikda toʻplangan imzolar ham olib qoʻyildi [8]. 2020-yil 11-iyunda Svyatlana Sixanovskaya videomurojaat eʼlon qildi, unda u 12, 13 va 14-iyun kunlari Minskda va viloyat shaharlarida imzo toʻplash uchun oʻtkaziladigan piketlarni tasvirga olajagini, chunki u yerda uning tashabbuskor guruhi aʼzolariga qarshi provokatsiyalar bo'lishi mumkinligini aytdi[9]. Piketlar natijasida Svetlana Tixanovskayani qoʻllab-quvvatlash uchun 100 mingdan ortiq imzo toʻplandi [10].
2020-yil 16-iyun kuni Sixanovskaya mintaqaviy komissiyalarga imzo varaqalari tarqatish uchun safarga chiqqan mahal nomaʼlum shaxs tomonidan telefon qoʻngʻirogʻi boʻlib, unga prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikni, aks holda bolalari jabr koʻrishini aytdi[11]. Keyinchalik Svyatlana Sixanovskaya saylovda ishtirokini davom ettirish niyati borligini maʼlum qildi [12]. 30-iyun kuni Svyatlana Sixanovskaya prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olish uchun MSKga hujjatlar taqdim etdi[13].
2020-yil 14-iyulda Markaziy Saylov Komissiyasining Prezidentlikka nomzodlar sifatida roʻyxatga olish boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi, natijada Svyatlana Sixanovskaya roʻyxatga olindi. Soliq deklaratsiyasidagi kamchiliklarga qaramay (Svyatlana Gomel viloyatida erining uyi borligini koʻrsatmagan), Markaziy saylov komissiyasining barcha aʼzolari Svyatlana Sixanovskayani prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olish uchun ovoz berishgan [14][15][16].
2020-yil 16-iyul kuni Svyatlana Sixanovskaya, Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloning shtablari vakillari uchrashdi. Uchrashuv natijasida shtablar birlashishga kelishib, 9-avgust kuni xalqni ovoz berishga chaqirishni, saylovlarni kuzatishda ishtirok etishni, siyosiy va iqtisodiy mahbuslarni ozod qilishni umumiy maqsad qilib oldilar. Birlashishning muhim sabablaridan biri takroriy saylovlarni oʻtkazish boʻlib, unda hozir qamoqda saqlanayotgan muqobil nomzodlar mavjudligidir[17][18].
2020-yil 19-iyulda Minskdagi Bangalor maydonida birinchi yig'ilish boʻlib oʻtdi, unda 7-10 ming atrofida odam toʻplandi[19].
2020-yil 20-iyulda Sixanovskaya birinchi marotaba davlat radiosi efiriga chiqdi, u nutqining avvalida qisqacha oʻz tarjimai holini gapirdi, prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun sabablardan biri bu eri Sergey Sixanovskiyning hibsga olinishi ekanligini taʼkidladi[20].
2020-yil 21 va 28-iyul kunlari u Belarus milliy telekanalida chiqish qildi, u yerdan mamlakatning barcha fuqarolariga murojaat qildi [21].
2020-yil 30-iyul kuni Minsk shahridagi Xalqlar do'stligi bog'ida Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod Svyatlana Sixanovskayaning rasmiy piketi boʻlib oʻtdi, unda turli xil maʼlumotlarga koʻra 18,250 [22] dan 63-70 ming kishigacha [23][24][25] qatnashdi. Bu 1991-yildan beri eng katta mitingga aylandi[26].
6-avgust kuni Minsk rasmiylari Bangalor maydonidagi mitingni toʻxtatdilar. Sixanovskaya va qoʻshma shtab vakillari Veronika Sepkalo va Mariya Kolesnikova Minsk aholisini soat 19:00da Kiev maydonidagi uchrashuvga kelishga chaqirdilar, bu yerda shahar maʼmurlari "Qo'shimcha taʼlim muassasalarining ochiq eshiklar kuni" deb nomlangan bayramni tashkil qilayotgan edilar[27]. Kutilmaganda ikkita di-djey ovoz kuchaytirgichlardan Viktor Soyning "Хочу перемен!" ("O'zgarishlarni xohlayman!") qoʻshigʻini qoʻyishdi[28]. Politsiya Svyatlana Sixanovskaya va qoʻshma shtab vakillari Kiev maydoniga kirishiga ruhsat bermadi[29]. Bu boʻyicha Sixanovskaya va qoʻshma shtab aʼzolari rossiyalik bloger Ilya Varlamovga intervyu berishdi[30]. 8-avgust kuni Minskda Sixanovskaya saylovoldi shtabining rahbari Mariya Moroz hibsga olindi[31], Sixanovskayaning yaqin maslakdoshi Mariya Kolesnikovani ham hibsga olib[32][33], tez orada xatolik yuz berganini aytib hibsdan ozod qilishdi[34]. Shu kecha Svyatlana Sixanovskaya yolgʻiz qolmaslik maqsadida oʻz uyida uxlamadi. Svyatlana Minskdagi shtab aʼzolari va jurnalistlar qurshovida qoldi[35].
Saylov
tahrir2020-yil 9-avgust, yakshanba kuni Belarusda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. 2020-yil 10-avgust kuni Belarus MSK saylovda Aleksandr Lukashenkoning gʻalabasini eʼlon qildi[36]. Markaziy Saylov Komissiyasi bergan dastlabki maʼlumotlarga koʻra Tixanovskaya 10,09 % olgan[37]. Sixanovskaya bunga rozi boʻlmadi va ovozlarni qayta sanashni talab qildi[38]. U Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va u yerda xavfsizlik kuchlari bilan uzoq suhbatlashdi. Shundan soʻng, u bilan aloqa yoʻqoldi.
Xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan 19 ta saylov uchastkalaridagi soʻrovnomaga (ekzit-poll) koʻra Sixanovskaya 81,57 %, Lukashenko esa 5,89 % ovoz olishgan[39].
2020-yil 11-avgustda Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Sixanovskaya Litvada xavfsiz holatda ekanligini eʼlon qildi[40]. Uning safdoshi Olga Kovalkovaning soʻzlariga koʻra, Sixanovskaya Belarus hukumati tomonidan olib ketilgan va unga boshqa chora qolmagan. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Sixanovskaya ilgari hibsga olingan oʻzining ishonchli sherigi Mariya Moroz bilan birga Belarusni tark etgan. Kovalkovaning soʻzlariga koʻra, Svyatlana jamoasining bir qismi garovda qolgan. 11-avgust kuni Sixanovskayadan olingan videoxabar Belarusda eʼlon qilindi va unda Belarus xalqi oʻz tanlovini qilgani, uni qoʻllab-quvvatlagan barcha vatandoshlariga minnatdorchilik bildirgan holda, Belarusdagi vatandoshlaridan tashqariga chiqmaslik, politsiya bilan toʻqnashmaslik, hayotlarini xavf ostiga qoʻymaslikni soʻradi[41].
Ommaviy namoyishlar
tahrir2020-yilgi saylovdan soʻng Sixanovskayani qoʻllab-quvvatlash maqasadida va Lukashenkoga qarshi oʻtkazilgan mitinglar Belarus tarixidagi eng yirigi boʻldi, Brestda 20 ming va Minskda 60 ming odam yigʻildi[42].
Oilasi
tahrirU prezidentlikka nomzod va saylovdan bir necha oy avval hibsga olingan Sergey Sixanovskiyning turmush oʻrtogʻi. Ularning ikki nafar farzandi bor: qizi 4 yoshda, oʻgʻli 10 yoshda. 2020-yil yozida, boʻlgan tahdidlar sababli saylov kampaniyasi davrida bolalari Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan biriga yuborildi[43][44]. Sergey Sixanovskiy bunga qarshi boʻldi[43][45][46][47][48][49][50].
Manbalar
tahrir- ↑ Жена Сергея Тихановского подает документы в ЦИК на регистрацию своей группы, 2020-08-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-08
- ↑ Ермошина — Тихановской: У вас есть намерение выдвигаться в президенты или вы просто спарринг-партнер?, 2020-07-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-08
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 9 (yordam) - ↑ Задержанного по «делу Тихановского» Дмитрия Фурманова наказали десятью сутками ареста[sayt ishlamaydi]
- ↑ „В Гродно задержали Сергея Тихановского“ (ru). TUT.BY (2020-yil 29-may). 2020-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-05-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „В Минске, у Комаровки, очереди к пикетам Тихановской и Цепкало растянулись на километр“ (ru). TUT.BY (2020-yil 31-may). 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-06-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Задержания активистов и сборщиков подписей продолжаются 31 мая. Список обновляется“ (ru). spring96.org. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
- ↑ „В Бресте задержали пресс-секретаря инициативной группы Светланы Тихановской“ (ru). TUT.BY (2020-yil 15-iyun). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Вместе с членами инициативной группы Тихановской «арестовали» 3,5 тысячи собранных подписей“ (ru). TUT.BY (2020-yil 10-iyun). 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Я опасаюсь провокаций». Тихановская снимает пикеты в Минске и областных городах“ (ru). TUT.BY (2020-yil 11-iyun). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-08-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ REFORM.by. „Светлана Тихановская собрала 100 тыс. подписей“ (ru). REFORM.by (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
- ↑ „Тихановская: Мне поступили угрозы, передо мной выбор — дети или дальнейшая борьба. Выбор очевиден“ (ru). TUT.BY (2020-yil 16-iyun). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-26 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Светлана Тихановская: Я продолжаю свое участие в выборах“ (ru). TUT.BY (2020-yil 16-iyun). 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-08-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Тихановская подала документы в ЦИК на регистрацию кандидатом в президенты“ (ru). TUT.BY (2020-yil 30-iyun). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Бабарико и Цепкало не зарегистрированы кандидатами в президенты. Тихановскую зарегистрировали“ (ru). TUT.BY (2020-yil 14-iyul). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-26 sanasida arxivlangan)
- ↑ Павел МИЦКЕВИЧ | Сайт «Комсомольской правды». „«Надеюсь на перемены». Тихановскую зарегистрировали кандидатом в президенты“ (ru). KP.BY - сайт «Комсомольской правды» (2020-yil 14-iyul). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Светлану Тихановскую зарегистрировали кандидатом в президенты Беларуси. Бабарико и Цепкало отказали“ (ru). Настоящее Время. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
- ↑ „Светлана Тихановская объединилась со штабами Бабарико и Цепкало“ (ru). TUT.BY (2020-yil 16-iyul). 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Главным противником Лукашенко на выборах стала Светлана Тихановская“ (ru). РБК. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
- ↑ „В Минске на встречу с Тихановской пришло 7-10 тыс. человек. Это много или мало?“ (ru). Telegraf.by (2020-yil 19-iyul). 2020-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-22 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Тихановская и Дмитриев впервые выступили в эфире государственного радио“ (ru). Sputnik Беларусь. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
- ↑ „«Сначала мне было страшно. Но сейчас я не боюсь». Тихановская выступила на БТ“ (ru). Наша Ніва. Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
- ↑ #МВД_ОФИЦИАЛЬНО
- ↑ „Говорят, на пикет Тихановской в Минске пришло 63 тысячи человек. Как это подсчитали?“ (ru). 42.tut.by (2020-yil 31-iyul). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust. (Wayback Machine saytida 2020-08-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ МВД рассказало, сколько людей было на митинге Тихановской в Минске, 2020-09-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-08
- ↑ Разное. Светлана Тихановская на многотысячном митинге в Минске: власти тратят бюджетные деньги на ледовые дворцы, а на больных детей у них средств не хватает
- ↑ „Десятки тысяч человек, слёзы, песни, мечты о переменах: как в Минске прошёл большой митинг Тихановской. Кратко“ (ru). TUT.BY (2020-yil 30-iyul). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-08-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ Тихановская отменила предвыборный митинг в Минске, 6.08.2020
- ↑ Диджеи, включившие песню Цоя в Минске, осуждены на 10 суток, 7.08.2020
- ↑ Сторонники перемен переполнили Киевский сквер (Wayback Machine saytida 2020-08-08 sanasida arxivlangan), 6.08.2020
- ↑ Надежда на перемены в Беларуси: свергнут ли Лукашенко на выборах? Интервью с Тихановской 8.08.2020
- ↑ В Минске вновь задержали главу штаба Светланы Тихановской 8.08.2020
- ↑ Задержана Мария Колесникова, соратница Тихановской - штаб (Wayback Machine saytida 2020-09-28 sanasida arxivlangan) 8.08.2020
- ↑ Задержана Мария Колесникова, соратница кандидата в президенты Белоруссии Тихановской 9.08.2020
- ↑ Колесникову отпустили, задержание было "по ошибке" - штаб кандидата в президенты (Wayback Machine saytida 2020-08-12 sanasida arxivlangan) 8.08.2020
- ↑ Накануне выборов Тихановская покинула свою квартиру в Минске ради безопасности 9.08.2020
- ↑ „Александр Лукашенко победил на выборах президента Беларуси. Как прошел день голосования“. Газета.uz. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
- ↑ „Беларусь: протесты, задержания и отъезд Светланы Тихановской“. Газета.uz. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ „Тихановская подала жалобу в ЦИК Белоруссии по итогам выборов“. РБК. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
- ↑ „Абноўлены вынік экзыт-полу на замежных участках: больш за 85 працэнтаў за Ціханоўскую“. Радыё Свабода. Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
- ↑ „МИД Литвы: Тихановская записала видеообращение к соратникам под давлением белорусских властей“. novayagazeta.ru. Новая Газета. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ „Тихановская призвала сторонников прекратить акции протеста“. ria.ru. РИА Новости. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ Ex-teacher hopes to free Belarus from president's iron fist, Associated Press (4-avgust 2020-yil).
- ↑ 43,0 43,1 Ирина Ринаева. „Светлана Тихановская намекнула на отъезд из Белоруссии“ (ru). Московский комсомолец (11 августа 2020). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ „Тихановская на период до выборов вывезла детей в Евросоюз“ (ru). Наша Ніва. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
- ↑ „Соперница Лукашенко заявила о поступающих ей угрозах“. lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
- ↑ „Кандидат в президенты Белоруссии вывезла детей в безопасное место“. lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
- ↑ „Детей Светланы Тихановской вывезли из Беларуси в Евросоюз“ (ru). UDF.BY | Новости Беларуси. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Тихановская: Мои дети действительно в безопасном месте“ (ru). TUT.BY (2020-yil 20-iyul). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. (Wayback Machine saytida 2020-07-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Светлана Тихановская вывезла детей из страны: Они в безопасном месте“ (ru). belaruspartisan.by. 2020-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust. (Wayback Machine saytida 2020-07-20 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Сын написал Тихановской: "Мне жаль тебя и страшно за тебя!"“ (ru). Новости Беларуси | euroradio.fm. Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.