TAV Airports Holding (turkcha: TAV Havalimanları Holding) Groupe ADP tarkibiga kiruvchi aeroportlar ekspluatatsiya va ularga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan turk shirkati. 2018-yilda 1 million reys va 152 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib dunyodagi eng yirik aeroport operatorlaridan biriga aylandi[1][2].

TAV Havalimanları Holding A.Ş.
Turi Anonim Şirket
Xizmatlari Aeroport boshqaruvi
Havo trafigi nazorati
Tarmogʻi Aviatsiya
Egasi Groupe ADP
Qachon asos solingan 1997
Joylashuvi Istanbul, Turkiya
Rahbariyat Edward Arkwright (Rais)
Serkan Kaptan (CEO)
Aylanma daromadi €764.0 million (2019)
Ishchilar soni 18,768
Vebsayti tavhavalimanlari.com.tr

TAV 1997-yilda Tepe Construction, Akfen va Airport Consulting Vienna kompaniyalari oʻrtasida qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda u Turkiyadagi yetakchi aeroport operatori boʻlib, bundan tashqari, duti-fri, oziq-ovqat va ichimliklar, yerda xizmat koʻrsatish, IT va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etadi[1].

Tarixi

tahrir

2011-yil oktyabr oyida TAV Airports 2 milliard yevroga sotuvga qoʻyildi, tender jarayonini Credit Suisse boshqardi[3]. 2012-yil 12-martda TAV ustav kapitalining 38 foizi Aéroports de Paris guruhiga jami $874 mlnga sotish rejalashtirilgani eʼlon qilindi. Savdo qiymati kompaniyaning oxirgi yopilish narxining 32% ustamasi asosida aniqlandi. Ikki kompaniya jami 37 ta aeroportda 180 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi[4]. Boshqaruv aʼzosi va prezident & CEO Sani Sener oʻz lavozimida ishlashni davom etdi[5][6].

2015-yil yanvar oyida TAV Airports Bahrayn xalqaro aeroportining sigʻimini 4 milliondan 14 millionga oshirishga moʻljallangan 1,1 milliard dollarlik loyiha boʻyicha tenderda gʻolib chiqdi, uni qurish uchun 51 oylik majburiyat bajarildi[7]. 2015-yil oktyabr oyida TAV Airports Milas-Bodrum aeroportini 717 million yevrolik taklif bilan 20 yilga ijaraga oldi[8]. AQShda TAV Jorj Bush interkontinental aeroportining boj olinmaydigan hududlari boʻyicha tenderda gʻalaba qozongan[8].

2016-yilning yanvar oyida TAV Airports Holding bosh direktori Sani Sener Eron bozoriga kirish niyatini maʼlum qildi[9]. 2016-yil avgust oyidan boshlab, TAV Airports Fransiyaning Bouygues kompaniyasi bilan birgalikda Gavanadagi Xose Marti xalqaro aeroportini kengaytirish va boshqarish boʻyicha konsortsium tashkil qilish boʻyicha Kuba hukumati bilan muzokaralar olib bordi. Bitim San-Antonio de los Banos aerodromini rivojlantirishni ham oʻz ichiga oladi[10][11].

Faoliyati

tahrir

TAV 15 ta aeroportni boshqarishdan tashqari, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, oziq-ovqat va ichimliklar xizmatlari, yerda xizmat koʻrsatish, axborot texnologiyalari, xavfsizlik va ekspluatatsiya xizmatlari bilan shugʻullanadi[12].

2010-yilda kompaniya konsolidatsiyalangan daromadlarining 55% ni aviatsiyadan tashqari daromadlar tashkil etdi. U 753 million yevro yalpi daromad oldi. Kompaniya aksiyalari 2007-yil 23-fevraldan buyon Istanbul fond birjasida „TAVHL“ tiker belgisi ostida sotilmoqda[13].

Aeroportlar roʻyxati

tahrir

2020-yil may holatiga koʻra, TAV quyidagi aeroportlarni boshqaradi[14]:

  Xorvatiya
  • Zagreb Franjo Tuđman aeroporti
  Gruziya
  Qozogʻiston
  Latviya
  Shimoliy Makedoniya
  • Ohrid Sent-Pol havoriy aeroporti
  • Skopye xalqaro aeroporti
  Saudiya Arabistoni
  • Madina aeroporti
  Tunis
  • Enfidha-Hammamet xalqaro aeroporti
  • Monastir Habib Burgiba xalqaro aeroporti
  Turkiya

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „History“. TAV Airports. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
  2. „TAV announces EUR 764 M revenue in 2019“. www.arabianaerospace.aero (2020-yil 10-fevral). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
  3. Helia Ebrahimi. „TAV Airports goes on the market for £1.75bn“. Telegraph.co.uk (2011-yil 29-oktyabr). 2011-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  4. „Aeroports de Paris to Buy 38% of Turkey Airport Operator TAV“. Bloomberg Businessweek (2012-yil 12-mart). Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  5. Sarıbaş, Şermin. „Türkiye'nin liman patronu“ (Turkish). Hürriyet (2005-yil 21-avgust). 2013-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  6. „Airport opeator TAV sets sail for overseas“. Hürriyet Daily News (2013-yil 13-iyun). Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  7. „Turkey's TAV wins 12.1 bln airport project in Bahrain“. Hurriyetdailynews.com (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  8. 8,0 8,1 Paul Hogan. „"We are a global company and there is scope for TAV's enterprise everywhere"“. Airport-business.com (2015-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.
  9. „Turkey's TAV airport CEO sees market potential in Iran“. Dailysabah.com (2016-yil 28-yanvar). 2016-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.
  10. „Turkey's TAV in exclusive talks for two airports in Cuba“. Hurriyetdailynews.com (2016-yil 8-avgust). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  11. „Cuba chooses French firms to expand Havana Airport“. Aviationtribune.com (2016-yil 6-avgust). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  12. „Group Companies“. TAV Airports. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
  13. „Tav Havalimanlari Holding as (TAVHL:Istanbul)“. Bloomberg Businessweek. 2013-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-sentyabr.
  14. „Airport Operations“. www.tavhavalimanlari.com.tr. Qaraldi: 2017-yil 5-iyul.
  15. „Turkish Airlines, mejor aerolínea del año“ (es). Mercado.com.ar (2016-yil 31-mart). Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.[sayt ishlamaydi]
  16. „Istanbul Atatürk Airport ranks 11th among world's busiest airports“. Hurriyetdailynews.com (2016-yil 6-aprel). Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.

Havolalar

tahrir