Mozandaron
Mozandaron — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hozirgi maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 9—12-asr manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-asrdan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni 14-asr oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16-asr boshida Mozandaron yana mahalliy hukmdorlar qoʻliga oʻtgan. Abbos I davrida Mozandaronda mahalliy sulola tugatilib, Mozandaron Safaviylar davlatiga qoʻshilgan. 1920—1921 -yillarda Mozandaron dademokratik harakatlar avj olgan. 1946—1951- yillari Mozandaronning ayrim shaharlari (Bobil, Sari)da Angliya-Eron neft kompaniyasiga qarshi ommaviy miting va namoyishlar boʻlib oʻtgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |