Tafsir at-Tabariy
Jome al-bayon an taʼvil ay al-Qurʼon (arabcha: جامع البيان عن تأويل آي القرآن, shuningdek, ʿan oʻrniga fī bilan ham yoziladi), xalq orasidagi mashhur nomi Tafsir at-Tabariy — fors olimi Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning (838—923) sunniy tafsiri[1]. Asar darhol yuksak darajada hurmat qozonib, olimlar uchun oʻz ahamiyatini hozirgi kungacha saqlab kelmoqda[2]. Bu asar Qurʼonning asl shaklida saqlanib qolgan eng birinchi yirik tafsiridir[2]. At-Tabariyning tafsiri ham tarixiy asari kabi keng qamrovliligi va asosan ziddiyatli manbalardan iqtibos keltirishi bilan ajralib turadi[3]. Kitob Somoniylar hukmdori Mansur I (961—976) topshirigʻiga koʻra Movarounnahrlik bir guruh olimlar tomonidan fors tiliga tarjima qilingan[2].
„Tafsir at-Tabariy“ning forscha tarjimasidagi ilk satrlar | |
Asl nomi | جامع البيان عن تأويل آي القرآن |
---|---|
Muallif(lar) | Muhammad ibn Jarir at-Tabariy |
Mamlakat | Abbosiylar xalifaligi |
Til | Arab |
Janr(lar)i | Diniy, Tafsir |
Kelib chiqishi
tahrirTabariy asosan shogirdlariga aytib turib yozdirgan asarni 883-yilda tugatgan[1][4]. Ushbu tafsir Tabariyning „Tarix at-Tabariy“ nomi bilan ham mashhur boʻlgan „Paygʻambarlar va hukmdorlar tarixi“ („Tarix ar-rusul val-muluk“) asaridan keyingi ikkinchi yirik asari.
Manbalar
tahrirTabariy islom paygʻambari Muhammadning rivoyatlariga, jumladan, sahobalar va tobeinlarning rivoyat va sharhlariga tayangan. Tabariy tafsirga kiritilgan xabarlar uchun rivoyatlar zanjirini ham keltirib, baʼzan roviylarning ishonchliligini taʼkidlagan[1][5]. Rivoyatlar haqiqiyligiga qarab tanlangan. Shuningdek, oʻzining tarixiy asarlarida foydalangan bir xil tarixiy manbalarning rad etilishi diqqatga sazovor misoldir.
At-Tabariy oʻz asariga Abdurazzoq ibn Hammon al-Himyariy as-Sanʼoniyning (vaf. 211/827) avvalgi sharhini toʻliq kiritgan. Heribert Horst taʼkidlaganidek, At-Tabariy keyinchalik yoʻqolib ketgan boshqa sharhlardan ham foydalangan[2].
Muqaddima
tahrirMuqaddimada Qurʼon haqidagi umumiy maʼlumotlar, jumladan, uning boshqa matnlardan ustunligi, tafsir va tavil nima ekanligi, yetti qiroat, Qurʼonni sharhlagan sahobalar va suralarning nomlanishi kabilar keltirilgan[1][6].
Qurʼon tili boʻlmish arab tili muhokama qilinib, Qurʼonda begona soʻzlar bor, degan qarash rad etilgan[1][7]. Tabariy bu yot soʻzlarning arab tiliga mos kelishi, arab tiliga Qur’on nozil boʻlgunga qadar kirib kelgani, ular juda kam uchrashi va Qur’on arab tilida ekanligiga qarshi dalil sifatida ishlatilmasligini ta’kidlagan.
Kontent
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 İsmail Cerrahoğlu (1993) Diyanet İslam Ansiklopedisi, "CÂMİU’l-BEYÂN an TE’VÎLİ ÂYİ’l-KUR’ÂN" (In Turkish)[Usurped!]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 C.E. Bosworth. Encyclopedia of Islam 2nd ed, Brill. "Al-Tabari, Abu Djafar Muhammad b. Djarir b. Yazid", Vol. 10, p. 14.
- ↑ Elton L. Daniel. "ṬABARI, ABU JAʿFAR MOḤAMMAD B. JARIR". Encyclopaedia Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/tabari-abu-jafar.
- ↑ Yaqut al-Hamawi, Mu'jam al-udabā', XVIII, 62
- ↑ Tafsir al-Tabari, I, 33
- ↑ Tafsir al-Tabari, I, 32
- ↑ Al-Khatib al-Baghdadi, Ta'rikh Baghdad, II, 164; Yaqut al-Hamawi, Mu'jam al-udabā', XVIII, 42