Takatosh rasmlari
Takatosh rasmlari — Molguzar togʻining shimoliy yon bagʻridagi Takatosh dara qoyatoshlariga oʻyib ishlangan tasvirlar. 1956-yilda A. Muhammadjonov tomonidan topilgan; 1970—71 yillarda arxeolog A. Kabirov tomonidan oʻrganilgan. 1000 dan ortiq rasmlar jez davrining soʻnggi davri (2ming yillik 2yarmi — 1ming yillikning boshi)ga mansub (keyingi davrlarda ishlanganlari ham bor), tosh, jez va temir buyumlar bilan urib, sxematik, kontur, soya uslubida bezakli kilib oʻziga xos ishlangan. Takatosh rasmlarida qurollangan kishilarning yovvoyi hayvonlarni ov qilishi, diniy marosimlar ijrosi haqida turli manzaralar, koʻplab odamlar, yovvoyi va uy hayvonlari, turli buyumlar tasvirlangan. Takatosh rasmlari ibtidoiy va qad. sanʼatning nodir namunasi, shuningdek, muhim madaniy va tarixiy manba sifatida qimmatlidir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |