Taketoyo (yaponcha: 武豊町 Taketoyo-chō?) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Chita okrugida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shahardagi 18392 ta xonadonda 43147 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1636 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 26,38 kvadrat kilometr (10,19 mi²) ga teng.

Taketoyo

武豊町
Shaharcha
Skyline of Taketoyo
Taketoyo
Bayroq
Taketoyo
Gerb
34°51′3.8″N 136°54′53.0″E / 34.851056°N 136.914722°E / 34.851056; 136.914722
Mamlakat Yaponiya
Viloyat [[Chūbu viloyati
Tōkai viloyati]]
Prefektura Aichi
Yaponiya tumanlari|tuman Chita
Maydon 26.38 km2 (10.19 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (October 1, 2019)
43 147
Zichligi 1600 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0569-72-1111
Taketoyo xaritada
Taketoyo
Taketoyo

Geografiyasi

tahrir

Taketoyo janubiy Aichi prefekturasidagi Chita yarim orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, sharqda Mikava koʻrfazi bilan chegaradosh. Shahar hududining bir qismi Mikava Van kvazi-milliy bogʻi chegaralarida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Taketoyo aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida oʻsib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194010,79—    
195015,504+43.7%
196017,103+10.3%
197025,575+49.5%
198033,924+32.6%
199038,105+12.3%
200039,993+5.0%
201042,416+6.1%

Iqlimi

tahrir

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Taketoyoda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1672 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan 4,6 °C boʻladi[3].

Tarixi

tahrir

Taketoyo qishlogʻi Aichining Chita tumanida 1889-yil 1-oktyabrda, zamonaviy munitsipalitetlar tizimi Meiji davrining dastlabki bosqichlarida tashkil etilgan. Taketoyo 1891-yil 15-fevralda shaharcha maqomiga koʻtarildi.

1899-yil iyul oyida imperator farmoni bilan Taketoyo AQSh va Buyuk Britaniya bilan savdo qilish uchun ochiq port sifatida belgilandi[4].

1954-yil 5-oktyabrda Taketoyo qoʻshni Fuki qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Katta Nagoya metropolisi va Kinuura portidagi port obyektlari yaqinida joylashganligi sababli Taketoyo koʻplab zavodlarga, jumladan, shisha ishlab chiqarish va farmatsevtikaga korxonalari markazi hisoblanadi. Chubu Electric Power shuningdek, katta ish oʻrinlari va soliq tushumlarini taʼminlaydigan yirik elektr ishlab chiqaruvchi Taketoyo issiqlik elektr stantsiyasiga ega. Shahar markazidagi anʼanaviy sanoat soya sousi, miso va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslanadi.

Taʼlim tizimi

tahrir
  • Taketoyoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
    • Shuningdek, shaharda Escola Expressão — Braziliya boshlangʻich maktabi ham joylashgan[5].

Transport

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Taketoyo liniyasi

  • Taketoyo

  Meitetsu — Kova liniyasi

  • Age — Chita-Taketoyo — Fuki

  Meitetsu — Chita yangi liniyasi

  • Fuki

Magistral yoʻl

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 247

Taketoyoning taniqli odamlari

tahrir

Galereya

tahrir
Taketoyo boshlangʻich maktabi
Ajinokura Taketoyo
Taketoyo Kaimanji ibodatxonasi
Taketoyo Horita Inari Jinja ibodatxonasi
Takeo Jinja ibodatxonasi

Manbalar

tahrir
  1. Taketoyo Town official statistics (yaponcha)
  2. Taketoyo population statistics
  3. Taketoyo climate data[sayt ishlamaydi]
  4. US Department of State. (1906). A digest of international law as embodied in diplomatic discussions, treaties and other international agreements (John Bassett Moore, ed.), Vol. 5, p. 759.
  5. "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. Retrieved on October 13, 2015.

Havolalar

tahrir