Tamara Nikolaevna Borozdina-Kozmina (1889-yil 31-avgust, Kostroma viloyati, Rossiya imperiyasi — 1959-yil 4-yanvar, Moskva, RSFSR, SSSR) — sovet- antiktarixchisi, sharqshunos-misrolog, sanʼatshunos, B. A. Toʻraevning shogirdi. I. N. Borozdinning singlisi. GAIMK ilmiy xodimi, Moskva universiteti Tasviriy sanʼat muzeyi xodimasi hisoblanadi.

Borozdina-Kozmina
Borozdina Tamara Nikolaevna
Tavalludi 1889-yil 31-avgust
Kostroma viloyati, Moskva, SSSR
Vafoti 1956-yil 4-yanvar
Moskva
Kasbi antiktarixchisi, sharqshunos-misrolog, sanʼatshunos
Turmush oʻrtogʻi Boris Pavlovich Kozmin
Bolalari Mstislav Vadim Oleg

Biografiyasi

tahrir

Tamara Nikolaevna Borozdina 1889-yil 31-avgustda Kostroma shahrida zodagonlar oilasida tugʻilgan. Oilasi bilan bolalik vaqtlari Moskvaga koʻchib oʻtishadi keyinchalik, bu yerda Borozdina Moskva Mariinskiy institutida oʻqigan va oʻrta maʼlumot bilan institutni tamomlagan[1]. Oʻqishni tugatgach, Moskva oliy ayollar kurslariga oʻqishga kiradi va u yerda tarixiy-falsafiy va sanʼat tarixi[2] yoʻnalishlarida ham tahsil oladi. Borozdina oʻqish yillaridayoq ensiklopedik nashrlar va ilmiy jurnallar uchun ilmiy maqolalar yozib yurgan. 1912-yilda esa . D. Sytin nashriyoti tomonidan uning qadimgi dunyo mamlakatlari, xususan Misr, Hellas va Rim sanʼati haqidagi maqolalari „Xalq entsiklopediyasida“ nashr etilgan. Fan tarixchisi O. Tomashevichning soʻzlariga koʻra, bu soxaga qiziqish Borozdinaning katta akasi I. N. Borozdinning faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, Borozdina institutda oʻqib yurgan vaqtlari I. N. Borozdi qadimgi tadqiqotlar boʻyicha koʻplab nashrlar muallifi va oʻsha paytda Moskva universitetining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan edi. Shuningdek, uning harakatlari bilan kichik singlisi va Misrshunos B. A. Toʻraev[1] bilan koʻplab ilmiy ishlar qilishgan.

Tamara Nikolaevnani Tasviriy sanʼat muzeyiga (Bu muzey 1912-yilda Moskva universitetida ochilgan[3]) ishlashga qabul qilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik asosan Misrshunoslik bilan shugʻullana boshlagan. Tomashevich u haqidagi suxbatlardan birida (noyabr oyida[1] ishga olingan):" Tamaraning yoʻnalishlar orasidan aynan ushbu ixtisoslikni tanlashi Toʻraev bilan uchrashuv natijasi boʻlishi mumkin, chunki Toʻrayevning shogirtlari orasidan koʻpchiligi pedogogik yoʻnalishni tanlamagan" deganligi haqida maʼlumotlar bor.

Oliy xotin-qizlar kurslarini tugatgach, Borozdina professorlikka tayyorlana boshladi. Unga Toʻraev Misrshunoslikdan, V. K. Malmbergdan esa sanʼat tarixidan dars bergan. Borozdina Misrdalik vaqtida ibroniy tilini oʻrganayotgan bir vaqtda Misr tili va yozuvi boʻyicha ham maxsus seminarlarda tahsil oladi. Sanʼat tarixi boʻyicha seminarlarda u eng asosiy eʼtiborini Qadimgi Misr, xususan, Sharqqa qaratadi. „ Jahon“ tillardan Borozdina fransuz, nemis, ingliz va italyan tillarini oʻzlashtirgan. Oʻsha yillarda Toʻraev uni oʻz auditoriyasida da maʼruzalar oʻqib, professional muzey xodimi sifatida tayyorladi. 1912-yilda Borozdina asosiy ekskursiya sharhlarining rahbari edi. Keyinchalik u Misr hududida joylashgan qadimiy kemalarning tavsifini tuzadi va 1914-yilda ekskursiya byulleteni uchun Sharq va yunon-rim noyob buyumlari boʻlimiga sharh yozadi, chunki Toʻraev kolleksiyasidagi asosiy oʻrinni egallagan mavzu aynan shu edi[1]. Shundan soʻng u muzeyda Misr va Sharq qadimiy buyumlari boʻlimida assistent, keyin esa mudir yordamchisi boʻlib ishlaydi[1].

1915-yilda Borozdina Toʻraev rahbarligida „Xristianlik boʻlimi uchun har bir yodgorlikning qisqacha tavsifi deb nomlangan maxsus karta inventarini“ tuzadi. Shu yili taqdimoti rejalashtirilgan Toʻrayevning toʻplami uchun „Misr afsunlari“ boʻlimini tashkil etib toʻplamni yanada boyitadi. Bir yildan soʻng esa Toʻraevning Misr boʻlimida saqlanayotgan papiruslarni tahlil qilish va chop etishga tayyorlashda ishtirok etadi[1].

1917-yil oktyabr voqealari tufayli muzeyning bir qismi zarar koʻrgan. Shu voqeadan soʻng uning xavfsizligini taʼminlash uchun komissiya tuzildi, unda Borozdina ham ishtirok etdi. Ikki yil oʻtgach, uning muallifligidagi „Qadimgi Misr raqsi“ deb nomlangan risolasi nashr etildi, bu jahon tarixshunosligiga toʻliq bagʻishlangan birinchi asar hisoblanadi. Shu bilan birga, Borozdina Toʻraev bilan birgalikda muzeyning Golenishchenskiy kolleksiyasidagi qadimgi Misr yodgorliklarini tasvirlash, xususan, qadimgi Misr ierogliflarini oʻrganish bilan shugʻullangan. Ular keyinchalik inqilob tufayli paydo boʻlgan ilmiy jamoalarning yigʻilishlarida qatnashadilar. 1920-yil 7-iyunda Borozdina bir ovozdan Qadimgi madaniyatlarni oʻrganish jamiyatining taftish komissiyasi aʼzosi etib saylanadi. Oʻsha yili Toʻraev uni GAIMKning Klassik Sharq arxeologiyasi toifasida tadqiqotchi unvonini olish uchun ariza topshirtiradi va unvonni olib boʻlgach, Tamara Misrologiya boʻyicha Sharqiy komissiyada ish boshlaydi[1].

1920-yil iyul oyining oxirida B. A. Toʻraev vafot etgach, uning oʻrni boʻsh qoladi va 3-avgustda Borozdina Misr boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishga tayinlanadi va keyinchalik ham ishini davom ettiradi. U muzeyda qolgan barcha boʻsh vaqtini oʻtkazadi. Oʻz faoliyati davomida Borozdina-Kozmina oʻzining Kopt-Misr artefaktlari boʻyicha ilmiy maqolalar yozadi. U umrining koʻp qismini sharqshunos V. S. Golenishchevning qadimiy buyumlari toʻplamini oʻrganishga sarflaydi.

1922-yilda Moskvada Misrshunoslarning birinchi kongressi boʻlib oʻtadi. Borozdina uni tashkil etishda faol ishtirok etadi va natijada Butunrossiya Sharqshunoslik ilmiy uyushmasi qoshida uyushmasi tashkil etilgach, undagi Moskva boʻlimining ilmiy kotibi etib saylanadi. Xuddi shu konferentsiyada unga Toʻraevning tarjimai holini tuzish topshiriladi, ammo bu asar nashr etilmaydi. Tamara esa Ustozining xotirasini qattiq qadrlagan shu tufayli, u bilan bogʻliq eslatmalar, hujjatlar va xatlarni toʻplagan va keyinchalik unga bagʻishlangan manba tadqiqotlarini nashr etgan.

1924-yilda Tamara Borozdina „Kozmina“ muzeyining „mutaxassis olimlari“ roʻyxatiga kiritiladi va ishga taklif qilinadi ammo, Borozdina buni rad etib, shu yilning sentyabr oyida u Yaltaga borib, u yerda Sharq va sanʼat muzeylarining qadimiy buyumlarini kuzatadi va keyinchalik ular haqida maqola yozadi. Ikki yil oʻtgach, iyul oyida Tamara AUF-BAN aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Xalq taʼlimi komissarligiga tasis qilingan Misr antiqa buyumlarini tekshirish komissiyasi aʼzosi etib tayinlanadi. B. A. Toʻraev singari u ham muzey kutubxonasini toʻldirish ustida faol ishlaydi, xususan, 1927-yilda Pushkin muzeyi kengashidan R. Lepsiusning Misr ekspeditsiyasi natijalarining nashrini sotib olish uchun uning beva xotinidan mablagʻ oladi. R. I. Klein . 1927-yilda Tamara „V. M. Vikentiev“ Qadimgi Sharq boʻlimi boshligʻili tomonidan Qadimgi Misr boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi va iyun oyida u klassik Sharq boʻlimi boshligʻi sifatida ishlaydi. 1930—1931 yillarda Borozdina-Kozmina kasalligi sababli shaxsiy arizasiga koʻra ishdan boʻshatiladi. Oʻsha paytda u Misr boʻlimining qoʻriqchisi boʻlib ishlagan. Uning keyingi faoliyati haqida maʼlumot deyarli yoʻq[1]. Faqatgina maʼlumki, u 1959-yil 4-yanvarda Moskvada vafot etgan[2] va oʻsha yilning 11 oktyabrida uning katta akasi ham vafot etgan[1]. Borozdina-Kozminaning nekrologiga koʻra, SSSR sharqshunoslari, „T. N. Borozdinaning xotirasini yaxshi doʻst va qimmatli, yuqori malakali tadqiqotchi sifatida abadiy saqlaydilar“[3].

Oilasi

tahrir

Borozdina sharq tarixchisi Boris Pavlovich Kozminga turmushga chiqadi va Borozdin-Kozmin qoʻsh familiyasini oladi. Oilasi bilan Sivtsevo Vrajkadagi (Moskvadagi hozir mavjud boʻlmagan hudud) uyda yashar edi. 1920-yil 5-aprelda ularning oʻgʻli Mstislav va 1926-yilda yana ikkita oʻgʻil — Vadim va Oleglar[1] tugʻiladi.

Bibliografiya

tahrir
Monografiyalar va boʻlimlar
Baʼzi maqolalar[1]
  • {{{заглавие}}}.
  • {{{заглавие}}}.
  • {{{заглавие}}}.
  • {{{заглавие}}}.

Adabiyotlar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Томашевич 2003.
  2. 2,0 2,1 Некролог 1959; Томашевич 2003.
  3. 3,0 3,1 Некролог 1959.