Tannarx — bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu oʻrinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Maʼlumki, mahsulot qiymati oʻz ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati hamda yangidan yaratilgan qiymatni toʻliq oladi. Oʻz navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi va yalpi foydaga ajraladi.

Tannarx, mahsulot tannarxi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarishda tannarxning muxim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish haqi; ijtimoiy sugʻurta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarfxarajatlar tushuniladi. Tannarxga yuqorida sanab oʻtilgan bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni oʻrash, joylash va joʻnatishga qaratilgan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bogʻliq chiqimlar; ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar uzgarmagan hollarda mahsulot tannarxini kamaytirishga erishish korxona uchun qoʻshimcha foyda manbaiga aylanadi. Qoʻshimcha foyda esa mahsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir.


Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir