Tapas (ispancha: tapas, tapa - „qopqoq“ soʻzidan olingan) — Ispaniyada barlarda pivo yoki sharob bilan birga beriladigan har qanday turdagi gazak. Bu yongʻoq, chips yoki zaytun donalari, mustaqil taomlar (misol uchun, "pincho moruno ", choʻchqa goʻshtidan kabob yoki San-Sebastyanda „pinchos donostiyarras“ — koʻplab sovuq va issiq gazaklar) boʻlishi mumkin. Koʻp hollarda kichik „tapaslar“ ichimlikning narxi ichida boʻladi. Mamlakatning janubi-sharqida (Almeria va Granadada) gazaklar har doim ichimlik narxi ichiga kiritiladi.

Tarixda gazak (bir boʻlak non yoki hamon) mijozga beriladigan stakan yoki sharob koʻzasining ustiga qoʻyilgan (bu uning uchidagi ichimlikni chivin va changdan yopib turgan). Ammo Kastiliya qiroli Alfonso X ning farmoniga koʻra, har qanday traktirda qirol askarlariga sharobdan tashqari, bepul gazak (askarlar keragidan ortiqcha mast boʻlib qolmasliklari uchun) ham berilishi shart qilib qoʻyilgan, traktir egalari shuning uchun ham bepul gazaklar oʻlchamini imkon qadar kichkinaroq qilishga urinishgan. Bu turdagi gazak-taomlar anʼanasi oʻsha vaqtlardan beri davom etib keladi.

Ispanlar orasida keng tarqalgan koʻngilxushlik turi — bardan barga koʻchib yurish hisoblanadi, ular barlarning barchasida bir stakandan sharob yoki pivo ichib, tapasni — barning oʻziga xos gazak-taomini tatib koʻradilar.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Волкова Г. И. „tapa“, . Учебный испанско-русский лингвострановедческий словарь-справочник. М.: Высш. шк., 2006 — 541-bet. ISBN 5-06-004248-0. 
  • Кучер Л. С. „Подача закусок в стиле тапас“, . Официант: повышенный уровень: учеб. пособие. М.: Издательский центр «Академия», 2009 — 54—55-bet. ISBN 978-5-7695-4729-4. 
  • Charles Sinclair. tapas // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 572—573. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.