Tara Mounsey
Tara Lin Mounsey (talaffuzi: Tara Maunsi; 1978-yil 12-martda tugʻilgan[1]) — amerikalik sportchi, xokkey boʻyicha AQSh ayollar olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 1998-yilda Yaponiyaning Nagano shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medal va 2002-yilda Salt Lake City shahrida (Yuta shtati) qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Mounsey New-Hampshire shtatidaning Concord shahridagi Concord oʻrta maktabida xokkey oʻynagan[2].
Tara Mounsey | ||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
12-mart 1978-yil Concord, NH, AQSh | |||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 5 ft 6 in (168 cm) | |||||||||||||||||||||||||||
Ogʻirligi | 150 lb (68 kg; 10 st 10 lb) | |||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | Himoyachi | |||||||||||||||||||||||||||
ECAC | Brown Bears | |||||||||||||||||||||||||||
Milliy jamoa | AQSh | |||||||||||||||||||||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 1996—2002 | |||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Mounsey Brownn universitetida oʻynashni davom ettirdi, u yerda ikki sport turi: shaybali xokkey va chim ustida xokkeyi bilan shugʻullandi[3]. 1997—1998-yilgi mavsumda Tara Mounsey qishki Olimpiya oʻyinlariga eʼtibor qaratish uchun kollej xokkeyidan tanaffus oldi. Oʻyinlarda u ikkita gol va toʻrtta golli uzatma qayd etdi, bu esa AQSh terma jamoasi himoyachilari orasida birinchi oʻrinni egallashiga olib keldi[4]. Tara va uning jamoadoshlari Kanadani 3-1 hisobida magʻlub etib, ayollar xokkeyida birinchi Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritdi. Ular sportning kelajak avlodlar uchun mashhurligini oshirishga hissa qoʻshdi[5].
Muz usti xokkeyidan tashqarida, Mounsey chim usti xokkeyida ham muvaffaqiyatga erishdi. Atigi ikki mavsum chim ustida xokkey oʻynab, u Brownning chim ustida xokkey jamoasida ochkolar va gollari boʻyicha yetakchisi va golli uzatmalar boʻyicha sakkizinchi oʻrinni egasi boʻldi[6].
Bugungi kunda Mounsey Massachusetts shtatidagi New England Baptistlar kasalxonasida amaliyotchi hamshira boʻlib ishlaydi.
Mukofot va unvonlari
tahrir- 1996-yil NHIAA yilning eng yaxshi xokkeychisi
- Ayvi yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi (1996)
- ECAC yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi (1996)
- Birinchi jamoa All-Ivy ligasi (1996, 1998, 2000)
- Birinchi Amerika jamoasi (2000)
- 1998-yil Olimpiyada oltin medali sovrindori
- Xokkey boʻyicha butun dunyo Olimpiya jamoasi (1998, 2002)
- 2002-yil Olimpiada kumush medali sovrindori
- 2002-yil Olimpiada xokkeyida eng koʻp golli uzatma (W)
- 2009-yil AQSh xokkey shon-sharaf zali
- 2011 Brown shon-sharaf zali (xokkey va chim ustida xokkey)
- 2018 NHIAA shon-sharaf zali
- 2019 AQSh Olimpiya va Paralimpiya shon-sharaf zali
- Patty Kazmaier mukofoti finalchisi: 1999, 2000[7]
Manbalar
tahrir- ↑ Tara Mounsey, United States Olympic Committee. Accessed November 18, 2007.
- ↑ Lessels, Allen. „SHEʼS SIMPLY THE BEST HARDEST THING FOR MOUNSEY IS NAMING A SPORT SHE DOESNʼT LIKE“, The Boston Globe, December 10, 1995. Accessed November 18, 2007. „Tara Mounsey, a lover of challenges and an All-Everything athlete at Concord High School, had to think for a moment.“
- ↑ „Tara Mounsey '01“ (inglizcha). Brown University Athletics. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
- ↑ Huson. „1998 U.S. Olympic Women’s Hockey Team Inducted to U.S. Olympic & Paralympic Hall of Fame“ (en-us). Team USA Hockey (2-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
- ↑ „1998 Women's Ice Hockey Team | U.S. Olympic & Paralympic Museum“ (inglizcha). United States Olympic & Paralympic Museum (28-may 2020-yil). Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
- ↑ „Tara L. Mounsey (2011) - Hall of Fame“ (inglizcha). Brown University Athletics. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
- ↑ „Archived copy“. 2010-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2010-yil.