Tarutin tumani (ukraincha: Тарутинський район Tarutyns'kyj rajon) — Ukrainaning janubi-gʻarbidagi Odessa viloyatidagi tuman hamda maʼmuriy boʻlinma. Bu janubiy Bessarabiyadagi Budjak tarixiy hududida joylashgan va uning maʼmuriy joyi Tarutin boʻlgan. Ukrainaning maʼmuriy islohoti doirasida 2020-yil 18-iyulda tuman tugatilib, uning hududi Bolxrad tumaniga birlashtirildi, buning natijasida Odessa viloyatining tumanlari soni yettitaga qisqargan[1][2]. Tuman aholisining oxirgi maʼlumotlariga koʻra 40,054 kishi

Tarutin tumani
46°23′0″N 29°14′0″E / 46.38333°N 29.23333°E / 46.38333; 29.23333
Mamlakat Ukraina
Tarutin tumani xaritada

2001-yilgi Ukraina aholini roʻyxatga olishda tumanda koʻp millatli aholi yashashi maʼlum boʻlgan, ular 45,169 kishidan iborat boʻlib, ularning 38 foizi bessarab bolgarlar, 25 foizi ukrainlar hamda 17 foizi moldovanlar, 14 foizi ruslar va 6 foizi gagauzlardan tashkel topgan. Bu hudud ilgari bir qancha Bessarabiya nemislari yashagan, ular bir vaqtlar atrofdagi hududlarda koʻpchilikni tashkil qilishi mumkin edi.

Tabiatni muhofaza qilish

tahrir

Tarutin tumanida bir nechta qoʻriqlanadigan hududlar mavjud:

  • Staromanzyrs’kjy (botanika qoʻriqxonasi)
  • Dibrova Mohylevska (peyzaj qoʻriqxonasi)
  • Dibrova Manzyrs’ka (peyzaj qoʻriqxonasi)
  • Tarutinskiy choʻli (peyzaj qoʻriqxonasi)

Manbalar

tahrir
  1. „Про утворення та ліквідацію районів. Постанова Верховної Ради України № 807-ІХ.“ (ukraincha). Голос України (18-iyul 2020-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
  2. „Нові райони: карти + склад“ (ukraincha). Міністерство розвитку громад та територій України.

Havolalar

tahrir