Tashfin ibn Ali (1145-yil 23-martda vafot etgan; arab. تاشفين بن علي) – murobitlarning 6-amiri, 1143—1145 yillarda hukmronlik qilgan[1].

Hayoti

tahrir

Tashfin ibn Ali otasi Ali ibn Yusuf davrida 1129-yilda Granada va Almeriya, 1131-yilda Kordova voliyi etib tayinlangan. U 1143-yilda otasining o‘rniga taxtga o‘tirgan. 1145-yili O‘ran hududiga Abdulmo‘min boshchiligidagi muvahhidlar bilan jang qilish uchun boradi. U bir necha kun muvahhidlar kuchlari tomonidan qamalda qoladi va nihoyat dengiz orqali qochishga qaror qiladi[2]. Keyinchalik u Almeriyadan flotni chaqirib, harbiy lagerini yoqib yuboradi va tunda Atlas tog‘laridagi qoyadan qulab tushadi va 1145-yil mart oyida vafot etadi. Uning o‘rniga avvaliga o‘g‘li Ibrohim ibn Tashfin o‘tiradi. U hali go‘dak edi va ko‘p o‘tmay ukasi Ishoq ibn Ali hokimiyatga keladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Ibn Khaldun, Abderahman (1377). تاريخ ابن خلدون: ديوان المبتدأ و الخبر في تاريخ العرب و البربر و من عاصرهم من ذوي الشأن الأكبر. Vol. 6. دار الفكر. p. 308.
  2. Extrait de la Chronique intitulée Kamel-Altevarykh par Ibn-Alatyr, RHC Historiens orientaux I, p. 413.
  3. Unknown author (1312). كتاب مفاخر البربر. Hassan II University of Casablanca. p. 151. {{{title}}}. : |