Tatyana Akimova
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Tatyana Mixaylovna Akimova (1898-yil 25-dekabr (1899-yil 6-yanvar), Saratov – 1987-yil 18-aprel, Penza) – sovet folklorshunosi, adabiyotshunos, etnograf va oʻlkashunosi, filologiya fanlari doktori (1966), N. G. Chernishevskiy nomidagi Saratov universiteti professori[1]. 1981-yilda folklor laboratoriyasini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan (1987-yilda N. G. Chernishevskiy nomidagi SDU filologiya fakulteti Ilmiy kengashi qarori bilan kafedra-laboratoriyasiga professor T. M. Akimova nomi berilgan). 1920-yildan 1940-yilgacha Saratov davlat oʻlkashunoslik muzeyida faoliyat olib borgan: Saratov viloyati etnografik muzeyining chuvash boʻlimi boshligʻi, shahar muzeyida ilmiy xodim, oʻlkashunoslik muzeyi boʻlimi boshligʻi. Yillar davomida Saratov pedagogika institutida, Taʼlim xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida dars berdi hamda „Znaniye“ jamiyatining Saratov filialida maʼruzalar oʻqigan.
Tatyana Akimova | |
---|---|
Tavalludi |
25-dekabr 1898-yil (6-yanvar 1899-yil) Saratov, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
18-aprel 1987-yil Penza, RSFSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya , SSSR |
Sohasi | folklorshunoslik, oʻlkashunoslik, etnografiya, adabiyotshunoslik, muzeyshunoslik, rus adabiyoti, filologiya |
Ish joylari | Saratov universiteti |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirTatyana Akimova boshlangʻich taʼlimni oilasida olgan, keyin Saratovdagi ilk ayollar gimnaziyasiga oʻqishga kirib, uni oltin medal bilan tamomlaydi. 1918-yil Saratov universitetining tarix va filologiya fakultetining slavyan-rus boʻlimiga oʻqishga kiradi. Universitetda oʻqish davrida B. M. Sokolov, V. M. Jirmunskiy, S. L. Frank, N. K. Piksanov, N. N. Durnovo, P. G. Lyubomirov, A. P. Skaftimov va boshqalar unga ustozlik qilgan. Tatyana 1924-yilda universitetni tamomlagan[2].
Tatyana Mixaylovna Akimova B. M. Sokolovning eng yaqin shogirdi sifatida muzeydagi ish va folklor ekspeditsiyalari boʻyicha hamkasbiga aylangan. Tatyana ilm-fanga 1922-yilda Saratov chuvashlari va Saratovning tarixiy oʻtmishi haqida bir qator etnografik asarlar muallifi sifatida maʼlum.
Akimovaning ayollar kostyumi, kashtadoʻzlik, bosh kiyim, chuvash xudosi Irixga sigʻinish evolyutsiyasi haqidagi tadqiqotlari bugungi kunda ham talabga ega boʻlib (qayta nashr etilmoqda), Rossiyaning Chuvashiya Respublikasi olimlari tomonidan yuqori baholanmoqda. Tatyana Mixaylovnaning pedagogik faoliyati 1938-yildan boshlab avval Saratov pedagogika instituti, soʻngra Saratov universitetida boshlanadi. Tatyana 1943-yilda aspiranturadan oʻtmasdan turib, Saratovdagi Leningrad universitetining ilmiy kengashida „Narodnaya drama o voyne 1812 goda, yeyo istochniki i znacheniye v istorii izucheniya narodnoy drami“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozib, himoya qilgan[3]. Dissertatsiya tadqiqotida „Fransuz Moskvani qanday egallagan“ komediyasining matni batafsil oʻrganilgan (tavsiflangan). Ushbu ish harbiylar teatri tarixining ilgari nomaʼlum sahifalarini ilmiy muomalaga kiritishga imkon beradi. Akimova 1964-yilda SSSR fanlar akademiyasining rus adabiyoti institutida (Pushkin uyi) „Russkiye udaliye pesni v ustnom bitovanii i xudojestvennoy literature konsa XVIII – pervoy polovini XIX veka“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1966-yilda filologiya fanlari doktori darajasiga tasdiqlandi va shu yili professor boʻldi. Tatyana Mixaylovna 1986-yilda shaxsiy kutubxonasini Saratov universitetining zona ilmiy kutubxonasiga sovgʻa qilgan.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar
tahrirTatyana Mixaylovna har doim Saratov maktablari, kutubxonalari va muzeylarida maʼruzalar oʻqigan va suhbatlar oʻtkizgan. Saratov davlat oʻlkashunoslik muzeyi va uning filiali – Etnografiya muzeyida oʻlkashunoslik, folklor va etnografiyaga bagʻishlangan ilmiy anjumanlar va boshqa tadbirlarning doimiy faol ishtirokchisi, ilmiy maslahatchisi va hamkor tashkilotchisi boʻlgan.
Tatyana Mixaylovna koʻp yillar davomida shaxsiy kutubxonasini toʻplagan. 1986-yilda Saratov universitetining mintaqaviy ilmiy kutubxonasi fondiga oʻtkazgan. Hozirgi vaqtda Akimova kolleksiyasi Saratov universiteti zonal ilmiy kutubxonasi kolleksiyasining bir qismi sifatida Rossiya Federatsiyasining kitob yodgorliklari toʻplamlari orasida „FEDERAL“ maqomiga ega.
Adabiyoti
tahrir- Akimova Tatyana Mixaylovna // Kratkaya literaturnaya ensiklopediya / Gl. red. A. A. Surkov. – M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1962. – T. 1. Aarne – Gavrilov. – Stb. 117.
- Mironova A. I. Statya o T. M. Akimovoy // Informatsionniy vestnik Saratovskogo oblastnogo muzeya kraevedeniya. 2009. Vip. 64 (yanvar). S. 2.
- Gorbunova L. G. Akimova Tatyana Mixaylovna // Literaturovedi Saratovskogo universiteta, 1917—2009 : materiali k biobibliograficheskomu slovaryu / sost.: V. V. Prozorov, A. A. Gaponenkov; pod red. V. V. Prozorova. Saratov: Izd-vo Sarat. un-ta, 2010. S. 11-16.
Manbalar
tahrir- ↑ „Акимова, Татьяна Михайловна“. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „Акимова Т.М.. Книги онлайн“. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „Акимова Татьяна Михайловна — "Отечественные этнографы и антропологи. XX век"“. ethnographica.kunstkamera.ru. 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.