Tatyana Gridneva
Tatyana Gridneva (1958-yil 23-may) – sovet yengil atletikachisi, uzoq masofalarga yugurish va marafon boʻyicha mutaxassis. Marafon boʻyicha jahon kubogi gʻolibi, Moskvada oʻtkazilgan Yaxshi niyat oʻyinlarida bronza medali sovrindori, Butunittifoq musobaqalari sovrindori, bir qator yirik xalqaro musobaqalar ishtirokchisi. Xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi.
Tatyana Gridneva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | SSSR |
Tavallud sanasi | 23-may 1958-yil |
Sport | |
Qaysi sport | yengil atletika |
Klubi | Trud |
Murabbiy(lar)i | Aleksandr Aleksandrovich Lebedinskiy |
Hayoti
tahrirTatyana Gridneva 1958-yil 23-mayda tugʻilgan. U Taganrogdagi „Trud“ sport klubida yengil atletika bilan shugʻullangan hamda RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy Aleksandr Aleksandrovich Lebedinskiyning shogirdi boʻlgan. Keyinchalik Boku, Toshkent va Olmaota shaharlarida yashab, mos ravishda Ozarbayjon SSR, Oʻzbekiston SSR va Qozogʻiston SSR terma jamoalari sharafini himoya qilgan.
U birinchi marta 1981-yilning may oyida Kishinyovda boʻlib oʻtgan Butunittifoq musobaqalarida 3000 metrga yugurish boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritib, oʻzining shaxsiy rekordini oʻrnatgan (9:11.6). Shuningdek, oʻsha mavsumda Ujgorodda marafon yugurish boʻyicha SSSR kubogida 15-oʻrinni egalladi (2:58:24).
1982-yilda u Podolskdagi musobaqada 5000 metrga yugurishda 4-oʻrinni oldi.
1983-yilda Moskvadagi SSSR xalqlarining VIII yozgi Spartakiadasi dasturida marafon boʻyicha SSSR chempionatida 11-oʻrinni egalladi (2:41:30), Ujgoroddagi marafonda esa 9-oʻrinni oldi(2:41:30).
1985-yilda Mogilevda boʻlib oʻtgan SSSR marafon chempionatida 12-natijani koʻrsatdi (2:38:47). Leningraddagi SSSR chempionatida 5000 metrga yugurishda ham 12-oʻrinni oldi.
Tatyana Gridneva 1986-yilda Karl-Marks-Shtadtdagi marafonda ikkinchi oʻrinni egalladi (2:45:03) hamda Leningraddagi musoboqada 10 000 metrga yugurishda kuchli oʻnlikka kirdi. U Moskvada oʻtkazilgan Yaxshi niyat oʻyinlarida Sovet Ittifoqi sharafini himoya qilib, 2:34:40 natijasi bilan vatandoshlari Nadejda Gumerova va Irina Bogachevagalardan ortda qoligan holda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, Kiyevdagi Qurolli Kuchlar chempionatida 32:29:39 natija bilan 10000 metrga yugurish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2:32:06 natija bilan esa Ujgoroddagi marafon gʻolibi boʻldi.
1987-yil may oyida Olmaotada boʻlib oʻtgan musobaqada 20 000 metrga yugurishda Qozogʻiston rekordini oʻrnatdi (1:09:34,10).
1988-yilda Tallindagi SSSR marafon chempionatida 17-oʻrinni (2:46:52) va Chikago marafonida (2:37:36) 12-oʻrinni egalladi.
1989-yilda u Bila Tserkva shahrida boʻlib oʻtgan SSSR marafon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi (2:34:13). Gonolulu marafonida esa 9-oʻrinni egalladi (2:51:52)[1].
Sportdagi katta yutuqlari uchun Tatyana Gridnevaga „Xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi“ faxriy unvoni berildi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Татьяна Гриднева“. ARRS. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „Поздравляем с Днем рождения заслуженного тренера России по легкой атлетике Александра Лебединского!“. СШОР № 13 (2023-yil 20-aprel). 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.