Tatyana Markova
Tatyana Mixaylovna Markova ( Agunovich; 1956-yil 8-iyun, Stalingrad) – sovet va rus qoʻshiqchisi, bastakor va qoʻshiq muallifi. 1990-yillarda „Chto ya v jizni natvorila“ „Vspominay“ „Plate beloe“ va „Ya plachu“ qoʻshiqlari bilan mashhur boʻldi[1][2][3].
Tatyana Markova | |
---|---|
Tavalludi |
Татьяна Михайловна Агунович 1956-yil 8-iyun |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | Qoʻshiqchi, bastakor |
Biografiyasi
tahrirTatyana Agunovich 1956-yil 8-iyunda Stalingradda (hozirgi Volgogradda) tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va vokal bilan shugʻullangan. Markovaning ijodiy ideali Ella Fitsjerald boʻlgan. Qoʻshiqchi 15 yoshida oʻz shahrining estrada maydonlarida qoʻshiq ayta boshlagan va 18 yoshidan boshlab professional sahnada chiqishlar qilgan[4]. Volgograd sanʼat bilim yurtini vokal yoʻnalishi boʻyicha tugatgandan soʻng, „Veter“ nomli mahalliy ansambl tarkibida gastrol safarlarida qatnashdi[5]. 1974-yilda Markova Astraxon filarmoniyasining solisti boʻldi, 1980-yillarda esa Moskvaga koʻchib ketdi va u yerda „Shestro molodix“ VIA bilan birgalikda chiqishlar qila boshladi[6][4].
Markova 1987-yilda Roskontsertda ishlab, „Alfa“ rok guruhi bilan birga chiqishlar qilgan. Shu bilan bir vaqtda, xonanda oʻzining qoʻshiqlarini yozishni boshlagan va xususan, „Lyubish – ne lyubish“ hamda „Vino lyubvi“ nomli asarlarini taqdim etgan[7]. Keyinchalik Tatyana Markovaning qoʻshiqlari Iosif Kobzon, Vadim Kazachenko, Aleksandr Abdulov singari taniqli sanʼatkorlar ijrosida yangrab, shuhrat qozondi[8][9]. 1990-yilda qoʻshiqchi va „Alfa“ guruhi „Zdravstvuy, devushka-noch“ qoʻshigʻi bilan Polshaning Sopot shahrida oʻtkazilgan xalqaro festivalning gʻoliblari boʻlishdi[10]. Shundan soʻng, aynan shu tarkibda ular yakuniy „Yil qoʻshigʻi“ telemusobaqasida ishtirok etib, u yerda „Zdravstvuy“ qoʻshigʻini ijro etdilar (muallif: Tatyana Markova, bastakor: Aleksandr Lukyanov)[11].
Shaxsiy hayoti
tahrirTatyana Mixaylovna 1980-yilda Viktor Markovga turmushga chiqdi va Viktor uning prodyuseri boʻldi. Nikohdan ikki farzand dunyoga keldi: Aleksandr (1981-2012, qon saratonidan vafot etgan) va Valeriya (1985-yilda tugʻilgan). Er-xotin 2005-yilda ajrashdi[12][13][14].
Manbalar
tahrir- ↑ Tatyana Mixaylovna MARKOVA (v devichestve – Agunovich, rod. 8 iyunya, 1956, Volgograd, RSFSR, SSSR) – sovetskaya / rossiyskaya pevitsa, kompozitor, avtor tekstov. // Yarkiy i zapominayuщiysya obraz, moщnaya ssenicheskaya energetika, koloritno-ekspressivniy i vsegda uznavaemiy vokal – vot te kachestva, kotorie pomogli Tatyane Markovoy…
- ↑ „Татьяна Маркова рассказала о зависти: "Для коллег стала костью в горле"“. Московский комсомолец (2023-yil 20-iyun). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Мария Баранова. „Певица Татьяна Маркова: как живет сейчас, ее мнение об СВО, уход со сцены“. News.ru (2024-yil 11-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Певица Татьяна Маркова: «Платье белое», измена мужа, смерть сына, уход со сцены“. Комсомольская правда. 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ Ирина Волга. „Татьяна Маркова: как живет сейчас исполнительница хита «Платье белое»“. Wday.ru (2022-yil 7-yanvar). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Мария Баранова. „Певица Татьяна Маркова: как живет сейчас, ее мнение об СВО, уход со сцены“. News.ru (2024-yil 11-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Дискография Татьяна Маркова на Discogs: Writing-Arrangement — Credits“. Discogs. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ Ирина Волга. „Татьяна Маркова: как живет сейчас исполнительница хита «Платье белое»“. Wday.ru (2022-yil 7-yanvar). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Артур Гаспарян. „Капли терпения Татьяны Марковой“. Московский комсомолец (2005-yil 21-oktyabr). 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „Маркова Татьяна“. KM.RU. 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „Певица Татьяна Маркова: «Платье белое», измена мужа, смерть сына, уход со сцены“. Комсомольская правда. 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ Мария Баранова. „Певица Татьяна Маркова: как живет сейчас, ее мнение об СВО, уход со сцены“. News.ru (2024-yil 11-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Екатерина Короткова. „Певица Татьяна Маркова рассказала, как пережила смерть сына“. Газета.Ру (2023-yil 21-iyun). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Певица Татьяна Маркова: «Платье белое», измена мужа, смерть сына, уход со сцены“. Комсомольская правда. 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.