Nazarova Tatyana Ivanovna (tugʻilgandagi ismi Martinenko; 1960-yil 5-oktyabr, Sochi) rossiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq matnlari muallifi.

Tatyana Nazarova
Tavalludi
Татьяна Ивановна Мартыненко

1960-yil 5-oktyabr
Taxallusi Tatyana Nazarova
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya

Tatyana Sochida shahar miqyosidagi estrada xonandasi sifatida faoliyatini boshlagan. 1980-yillarning oxirida qoʻshiq matnlari yozishga oʻtdi. Nazarova soʻzlariga yozilgan qoʻshiqlarni „Fristayl“ guruhi, Svetlana Lazareva, Feliks Tsarikati, Larisa Dolina, Irina Allegrova, Nikolay Baskov, Alla Pugachyovalar ijro etgan. Unga eng katta shuhratni „Ax, kakaya jenshina!“ (1995) qoʻshigʻi keltirdi.

2003-yildan boshlab oʻzi yozgan qoʻshiqlarning muallifi va ijrochisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Qo'shiqchi nafaqat soʻzlarni, balki musiqani ham oʻzi yaratadi.

Biografiyasi

tahrir

Tatyana Martinenko 1960-yil 5-oktyabrda Sochida dunyoga kelgan[1]. Tatyana juda kichkina paytida otasi oilani tark etgan va u onasining qoʻlida tarbiya topgan[2].

Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, Musiqa ansambllari birlashmasiga qabul qilindi va shahar restoranlarida xonanda sifatida faoliyat yuritdi.

1980-yilda Sochi musiqa bilim yurtining estrada boʻlimiga vokal yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiradi.

1983-1990-yillarda Sochi shahridagi „Festivalniy“ konsert zalining estrada orkestrida solist boʻlib ishlagan.

1991-yilda „Fristayl“ guruhi Sochiga gastrolga keladi. Tatyana guruh rahbari Anatoliy Rozanov bilan uchrashib, oʻsha paytgacha yozgan qoʻshiqlarini namoyish etadi. Bu uchrashuvning natijasi sifatida Tatyana yetti yil davomida jamoa bilan qoʻshiq matnlari muallifi sifatida hamkorlik qiladi.

1990-yillarning koʻp qismida Tatyana Nazarova onasining qizlik familiyasidan olingan ijodiy taxallusdan foydalangan, biroq pasportda Tatyana Martinenko boʻlgan. Keyinchalik, otasining familiyasidan voz kechib, Nazarova familiyasini pasportiga oʻtkazgan. Bu oʻzgarishlar „Ax, kakaya jenshina!“ qoʻshigʻi soʻzlari muallifligida chalkashlik tugʻdirdi: qoʻshiqning karaoke uchun minus varianti chiqarilganda, soʻz muallifi sifatida Tatyana Martinenko nomi koʻrsatilgan. Baʼzi tomoshabinlar va tinglovchilar shundan kelib chiqib, „mujskoy“ qoʻshigʻi soʻzlarini Martinenko familiyali erkak yozgan deb oʻylashgan va baʼzan Nazarovaga nisbatan keskin tarzda soxta mualliflikda ayblab chiqishgan[3][4].

2014-yilda „Mi – lichnaya armiya Putina“ nomli qoʻshiqni yozdi. Bu qoʻshiqning videoklipini 2015-yilda nomaʼlum bir shaxs internetga joylashtirdi[5].

Manbalar

tahrir
  1. Волкова Анна. Поэтесса Татьяна Назарова: «Многие уверены, что песню «Ах, какая женщина!» написала не я, а… Сергей Есенин» // Факты (Полтава). — 2010. — 22 noyabr. Архивировано 26 yanvar 2016 года.
  2. Клочко Оксана. Поэтесса Татьяна Назарова: «В сольных концентах песню „Ах, какая женщина“ не исполняю — не могу произнести фразу „…мне б такую“. Я же не группа „Тату“»... / Перевод с украинского // Вечерняя Полтава. — 2004. — 15 yanvar. Архивировано 27 yanvar 2016 года.
  3. Волкова Анна. Поэтесса Татьяна Назарова: «Многие уверены, что песню «Ах, какая женщина!» написала не я, а… Сергей Есенин» // Факты (Полтава). — 2010. — 22 noyabr. Архивировано 26 yanvar 2016 года.
  4. Клочко Оксана. Поэтесса Татьяна Назарова: «В сольных концентах песню „Ах, какая женщина“ не исполняю — не могу произнести фразу „…мне б такую“. Я же не группа „Тату“»... / Перевод с украинского // Вечерняя Полтава. — 2004. — 15 yanvar. Архивировано 27 yanvar 2016 года.
  5. „Сочинская поэтесса написала песню "Мы — личная армия Путина"“. 2018-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.

Adabiyotlar

tahrir