Teşvikiye masjidi (turkcha: Teşvikiye Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Şişli tumani, Teşvikiye mahallasida joylashgan neo-barokko uslubida bunyod etilgan inshoot.

Masjid
Teşvikiye masjidi
turkcha: Teşvikiye Camii
Teşvikiye masjidi (2021-yil aprel)
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Şişli tumani, Teşvikiye mahallasi
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Neo-barokko uslubi
Binokorlik sanasi 1854 yil
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Tarixi

tahrir

Masjid dastlab 1794-yilda sulton Salim III tomonidan foydalanishga topshirilgan, ammo 1854-yilda Sulton Abdulmajid I davrida bugungi koʻrinishga keltirilgan. Masjid loyihasi mashhur arman meʼmorlari oilasidan boʻlgan Krikor Balyan tomonidan ishlab chiqilgan. Meʼmor Istanbuldagi bir qancha mashhur inshootlar, jumladan, Yevropa meʼmorchiligi asosida bunyod etilayotgan Ortaköy masjidi va Dolmabahçe saroyi qurilayotgan yoki taʼmirlanayotgan bir davrda bunyod etilgan. Masjidning XIX asr oxiridagi taʼmirlash ishlari vaqtida qurilgan old fasadi ulkan oq ustunlar bilan oʻziga xos koʻrinish beradi. Yodgorlik Nişantaşıning gavjum mahallasida oʻziga xos timsolga aylangan[1]. Bundan tashqari, bino taniqli shaxslar va jamoat arboblari dafn marosimlarining boshlangʻich nuqtasi sifatida xizmat qiladi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

  Vikiomborda Teşvikiye Mosque mavzusiga oid fayllar bor

41°02′58″N 28°59′39″E / 41.04944°N 28.99417°E / 41.04944; 28.99417