Tenglik
Tenglik — jamiyatdagi barcha shaxs, qatlam, guruh, partiya va shu kabining qonun oldida baravarligini ifodalovchi tushuncha; adolatli jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri. Tenglik taʼminlangan jamiyatda uning barcha aʼzolari yashash, taʼlim olish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, mulkdor boʻlish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda ijtimoiy taʼminot olish, fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi, saylash va saylanish kabi huquqlarga ega boʻladi.
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |