Tesla (kompaniya)
Tesla, Inc. (avvalgi nomi Tesla Motors) – AQShning elektromobillar va elektr energiyasini saqlash texnologilarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[3][4][5][6]. Kompaniyaga 2003-yilda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan asos solingan lekin Teslaning hozirgi maʼmuriyati kompaniya asoschilari safiga Elon Musk, Jeffrey Brian Straubel va Ian Wrightni ham qoʻshishadi[7][8]. Kompaniya mashhur elektrotexnik Nikola Tesla sharafiga nomlangan.
Sobiq nomi | Tesla Motors, Inc. (2003–2017) |
---|---|
Turi | Ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Tarmogʻi | |
Qachon asos solingan |
1-iyul, 2003-yil San Carlos, Kaliforniya, AQSh |
Joylashuvi | Ostin, Texas, AQSh |
Hududiy xizmati | |
Asoschi(lari) | |
Rahbariyat |
|
Aylanma daromadi | AQSh$81,5 milliard (2022) |
Operatsion foydasi | AQSh$13,7 milliard (2022) |
Boyligi | AQSh$82,4 milliard (2022) |
Sof foydasi | 14 997 000 000[2] |
Ishchilar soni | 127 855 (2022) |
Shoʻba korxonalari | |
Vebsayti | tesla.com |
Kompaniya aksiyalari 2021-yil 8 mart kuni boʻlib oʻtgan savdolar jarayonida yanvar oyida qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichning uchdan bir qismini yoʻqotdi. Kompaniyaning kapitallashuvi qariyb 300 milliard dollarga kamaydi. Yil boshida „Tesla“ning kapitallashuvi 850 milliard dollarga yaqinlashgandi[9]. 2021-yil 12-martda Fremont shahridagi Tesla zavodida yongʻin sodir boʻldi[10].
Tarixi
tahrirTesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi.
AQSHning Kaliforniya shtati Frimont shahrida joylashgan elektr transport vositasi ishlab chiqaruvchi „Tesla“ zavodida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin zavodning qurilish ishlari olib borilayotgan qismida sodir boʻlgan, voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar jalb qilingan. Yongʻin shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan[11].
Teslaning birinchi prototiplari 2006-yil 19-iyulda Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida rasman ommaga taqdim etildi[12].
2006-yilda Mask 100 million dollar kapital jalb etishga muvaffaq boʻldi. Natijada, Tesla 2008-yilda oʻzining birinchi Roadster avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi[13].
2010-yil yanvar oyida Tesla AQSh Energetika vazirligidan 465 million dollar kredit oldi, kompaniya uni 2013-yilda qaytarib berdi[14].
2010-yilning may oyida Tesla Kaliforniyaning Fremont shahrida Model S ishlab chiqarish uchun fabrika qurishni boshladi[15].
Tesla 2010-yil 29-iyun kuni NASDAQʼda aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) boshladi va 226 million dollar yigʻib, 1956-yildagi Ford Motorʼdan keyin IPOga chiqqan birinchi Amerika avtomobil kompaniyasi boʻldi[16].
2012-yil iyun oyida Tesla ikkinchi avtomobili Model S ni ishlab chiqarishni boshladi. 2017-yil iyul oyida Tesla Model 3 sedanini sotishni boshladi[17].
2019-yil 14 mart kuni Tesla Model Y yangi elektr avtomobili taqdim etildi[18].
2020-yil noyabr oyida Tesla, Uber va yana 26 ta AQSh kompaniyalari AQShda elektromobillar sonini koʻpaytirish uchun lobbichilik qiladigan Zero Emission Transport Association (ZETA) tashkilotini tuzdilar[19].
2021-yil 25-oktabrda kompaniya kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi[20].
Taqiq
tahrir„The Wall Street Journal“ gazetasi oʻz manbalariga asoslanib, Xitoy hukumati Amerikaning „Tesla“ kompaniyasi elektromobillari milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin deb hisoblayotgani va shu bois harbiylar, strategik korxonalar xodimlari va davlat idoralari vakillariga ulardan foydalanishni taqiqlaganini aytgan. „Tesla“ avtomobillari egalariga strategik muhim korxonalar va davlat idoralari xodimlari yashaydigan uylar hududiga kirish taqiqlangan.
„China Development Forum“ (Xitoy taraqqiyot forumi)da videomuloqot orqali soʻzga chiqqan Mask kompaniya elektromobillari naqafat Xitoyda, balki dunyoning hech bir nuqtasida josuslik maqsadida ishlatilmasligini maʼlum qilgan:
Bizda har qanday maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashimiz kerakligini koʻrsatuvchi muhim sabablar bor. Shunday ekan, agar „Tesla“ Xitoyda yoki boshqa joylarda josuslik qilish uchun avtoulovlardan foydalanganida, allaqachon yopilgan boʻlardi[21].
Xitoyda „Tesla“ kompaniyasiga raqobatchi paydo boʻldi. Xitoyning elektromobillarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida „Volvo“ va „Lotus“ kompaniyalariga egalik qiluvchi „Geely“ kompaniyasi oʻzining „Zeekr“ brendi ostida elekromobillar ishlab chiqarishini maʼlum qildi. Xitoyda 2025-yilga qadar mamlakat bozorlarida sotiladigan avtomobillarning beshdan bir qismini elektomobillar tashkil etadi[22].
Texnik nosozlik
tahrir„Tesla“ kompaniyasi texnik nosozlik sabab yangi elektromobil uchun yuzlab xaridorlari hisob raqamlaridan ularning ruxsatisiz ikkinchi marotaba pul yechib oldi. Xaridorlar pullarini qaytarib olishga urinmoqda, ammo hozirgacha hech kim bunga erisha olmagan.
kompaniya qiymati 37 dan 71 ming dollargacha boʻlgan pullarni mijozlarning ruxsatisiz, shuningdek, birorta ogohlantirishlarsiz bank hisob raqamlaridan yechib olgan[23].
Aksiyalar narxining oshishi
tahrir„Tesla“ elektromobillar yetkazib berish va ishlab chiqarish boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi. U oʻz mijozlariga chorak davomida 184,8 mingta elektromobil yetkazib bergan. „Tesla“ning aksiyalari NASDAQ birjasida 5-aprel kuni oʻtkazilgan dastlabki savdolarda 7,9 foizdan 714 dollar qogʻozga oʻsgan. Savdo boshlanishiga bir soat qolmasdan, qimmatli qogʻozlar 711,5 dollarni tashkil qilgan va avvalgi yopilish narxiga 7,5 foiz qoʻshilgan[24].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Kay, Grace „Ousted Tesla cofounder Martin Eberhard sounds off on Elon Musk, how the company has changed, and the EV wars“ (en-US). Business Insider. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Hirsch, Jerry. „Elon Musk: Model S not a car but a 'sophisticated computer on wheels'“. Los Angeles Times (2015-yil 19-mart). Qaraldi: 2015-yil 9-may.
- ↑ „Tesla delivers Model X electric SUV to take on luxury carmakers“. Reuters (2015-yil 30-sentyabr). 2015-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
- ↑ „Tesla Motors – Premium Electric Vehicles“. Tesla Motors. Qaraldi: 2015-yil 12-aprel.
- ↑ Higgins, Tim. „Tesla Motors Closes SolarCity Acquisition“. The Wall Street Journal (2016-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ Burns, Matt „A Brief History of Tesla“ (en). TechCrunch (2014-yil 8-oktyabr). — „"Тесла была создана в июле 2003 года не Илоном Маском, а Мартином Эберхардом и Марком Тарпеннингом. Именно они запустили компанию и развивали её до тех пор, пока в феврале 2004 года Илон Маск не инвестировал в неё 7,5 миллионов долларов."“. 2015-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ „Tesla Motors founders: Now there are five“. CNET (2009-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
- ↑ „Илон Маскнинг «Tesla» компанияси акциялари қиймати бирданига 3 бараварга пасайди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 9 март.
- ↑ „Илон Маскнинг «Tesla» заводида ёнғин содир бўлди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
- ↑ „Илон Маскнинг «Tesla» заводида ёнғин содир бўлди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
- ↑ „Zero to 60 in 4 Seconds, Totally From Revving Batteries“. nytimes.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Electric Car Evolution“. cleantechnica.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Tesla gets loan approval from US Department of Energy“. tesla.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Idle Fremont Plant Gears Up for Tesla“. wsj.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Growth Of Tesla Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Everything you need to know about Tesla Model 3, which is starting production“. theverge.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Tesla unveils Model Y electric SUV with 300 miles range and 7-seats“. electrek.co. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Clean Transportation Leaders Launch Zero Emission Transportation Association“. prnewswire.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Tesla breaks $1tn valuation barrier after Hertz orders 100,000 vehicles“. theguardian.com. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ „Илон Маск «Tesla» автомобиллари жосуслик учун фойдаланилиши ҳақидаги хабарга муносабат билдирди“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 21 март. (Wayback Machine saytida 2021-08-06 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Хитойда «Tesla» компаниясига рақобатчи пайдо бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 март.
- ↑ „«Tesla» 100 дан ошиқ харидорлар ҳисоб рақамларидан рухсатсиз пул ечиб олди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
- ↑ „«Tesla» акциялари кескин кўтарилди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.