Qalbaki oʻyin (The Imitation Game) 2014-yilda ekranlarga chiqarilgan tarixiy drama janridagi AQSh filmidir. Black Bear Pictures, Bristol Automotive va Orange Corp studiyalari tomonidan ishlangan hamda The Weinstein Company tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Morten Tyldum, produserlari — Nora Grossman, Ido Ostrowsky va Teddy Schwarzman, ssenariy muallifi esa Graham Moore'dir. Filmda bosh rollarni Benedict Cumberbatch, Keira Knightley, Matthew Goode, Rory Kinnear, Charles Dance va Mark Strong ijro etgan.

Qalbaki oʻyin
The Imitation Game

Film posteri
Rejissyor(lar) Morten Tyldum
Prodyuser(lar)
  • Nora Grossman
  • Ido Ostrowsky
  • Teddy Schwarzman
Ssenariynavis(lar) Graham Moore
Rollarda
Bastakor(lar) Alexandre Desplat
Kinematografiya Óscar Faura
Muharrir(lar) William Goldenberg
Studiya(lar)
  • Black Bear Pictures
  • Bristol Automotive
  • Orange Corp
Distribyutor The Weinstein Company
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 115 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh[2][3]
Til inglizcha
Byudjeti $14 million[4]
Daromadi $233,6 million[5]

Filmning ilk relizi 2014-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $14 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $233 million daromad qilgan.

Syujeti

tahrir

1951-yilda ikki politsiyachi — Nock va Staehl matematik Alan Turingni uyiga bostirib kirib, uni soʻroq qiladi. Soʻroq paytida Turing Nockga Ikkinchi jahon urushi paytida Bletchley Parkda ishlagan vaqtini soʻzlab beradi.

1928-yilda yosh Turing maktab-internatda oʻqiydi. U u yerda oʻzini baxtsiz his qilardi. Shuningdek, maktab-internatdagi boshqa oʻquvchilar uni masxara qilishardi. Kunlarning birida Turing Christopher Morcom bilan doʻstlashadi. Christopher Turningda kriptografiyaga nisbatan qiziqish uygʻotadi. Vaqt oʻtib Turing uni yoqtirib qoladi. Biroq, Christopher koʻp oʻtmay sil kasalligidan vafot etadi.

1939-yilda Buyuk Britaniya Germaniyaga urush eʼlon qilganda, Turing Bletchley Parkga boradi. Komandor Alastair Denniston boshchiligida u Hugh Alexander, John Cairncross, Piter Hilton, Keith Furman va Charles Richardsdan iborat kriptografiya jamoasiga qoʻshiladi. Jamoa natsistlar kodlangan xabarlarni joʻnatish uchun ishlatadigan Enigma mashinasini analiz qilishga harakat qiladi.  

Rollarda

tahrir

Oʻzbekcha dublyaj

tahrir
  • Elyor Nosirov — Alan Turing
  • Feruza Musayeva — Joan Clarke
  • Shomahmud Rasulov
  • Erkin Bozorov
  • Abdujabbor Fayziyev
  • Baxtiyor Yusupov
  • Nazokat Abdurahmonova

Dublyaj rejissori — Javohir Akromov[manba kerak].

Musiqasi

tahrir
NomiDavomiyligi
1.„The Imitation Game“2:37
2.„Enigma“2:50
3.„Alan“2:57
4.„U-boats“2:12
5.„Carrots and Peas“2:19
6.„Mission“1:36
7.„Crosswords“2:52
8.„Night Research“1:39
9.„Joan“1:45
10.„Alone with Numbers“2:58
11.„The Machine Christopher“1:57
12.„Running“3:01
13.„The Headmaster“2:27
14.„Decrypting“2:01
15.„A Different Equation“2:54
16.„Becoming a Spy“4:08
17.„The Apple“2:20
18.„Farewell to Christopher“2:41
19.„End of War“2:07
20.„Because of You“1:36
21.„Alan Turing's Legacy“1:56

Manbalar

tahrir
  1. The Imitation Game. British Board of Film Classification (15-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2014-yil.
  2. „The Imitation Game (2014)“. BFI. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Detail view of Movies Page“. afi.com.
  4. „The Weinstein Co. Special: How They Turned 'Imitation Game' Director Into an Oscar Contender“. The Hollywood Reporter (8-yanvar 2015-yil).
  5. The Imitation Game. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 20-iyun 2021-yil.

Havolalar

tahrir