The Oxford Murders
The Oxford Murders – Rejissyor Álex de la Iglesia tomonidan 2008-yilda suratga olingan drama filmi. Ushbu triller film argentinalik matematik va yozuvchi Guillermo Martínezning 2003-yildagi xuddi shu nomli romanidan asosida suratga olingan[2]. Filmda asosiy rollarni Elijah Wood, John Hurt, Leonor Watling va Julie Cox ijro etgan[3].
The Oxford Murders | |
---|---|
Teatr nashri uchun poster | |
Rejissyor(lar) | Álex de la Iglesia |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
Jorge Guerricaechevarria Álex de la Iglesia |
Qaysi asarga asoslangan |
The Oxford Murders asari asosida. Yozuvchi: Guillermo Martínez |
Rollarda |
Elijah Wood John Hurt Leonor Watling Julie Cox |
Bastakor(lar) | Roque Baños |
Kinematografiya | Kiko de la Rica |
Muharrir(lar) | Alejandro Lázaro |
Studiya(lar) |
Telecinco Cinema Tornasol Films La Fabrique 2 |
Distribyutor |
Odeon Sky Filmworks (Birlashgan Qirollik) Warner Bros. Pictures España (Ispaniya)[1] La Fabrique de Films (France)[1] |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 108 daqiqa |
Mamlakatlar |
Birlashgan Qirollik Ispaniya Fransiya |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $14.1 million |
Rollarda
tahrir- Elijah Wood AQShlik talaba Martin sifatida
- John Hurt – Artur Reldom, inglizlarning logik seriyalar boʻyicha mutaxassisi
- Leonor Watling – Lorna, ispan hamshirasi
- Julie Cox – Beth Eagleton, musiqachi, xonim Eagletonning qizi
- Dominique Pinon – Frank, organ transplantatsiyasi kutilayotgan kasal qizning otasi
- Burn Gorman – Yuriy Ivanovich Podorov rolida, krank matematiki
- Jim Carter inspektor Pitersenning oʻrinbosari
- Danny Sapani – Skot
- Anna Massey – Martinning uy egasi va Seldomning doʻsti Julia Eagleton
- Alex Cox saraton kasalligiga chalingan, aqldan ozgan matematik Kalman rolida
Ishlab chiqarilishi
tahrirFilm ispaniyalik Álex de la Iglesia rejissyorligidagi ispan-ingliz-fransuz filmi hisoblanadi. Elijah Woodning filmdagi roli tasdiqlanishidan avval, Meksikalik aktyor Gael García Bernal matematika oʻquvchisi rolini ijro etish uchun koʻrib chiqilgan edi. Bir necha hafta davomida kim bosh rolda boʻlishi taxmin qilindi. 2006-yil 26-dekabr kuni Tornasol Films tomonidan Woodning asosiy rolga qoʻyilganligini ommaga eʼlon qilindi. De la Iglesia Woodni maqtab: „Men Elijah bilan ishlashdan mamnunman, u, shubhasiz, sohasining eng kuchli mutaxassisi va bu film uchun mukammal nomzod“ deya taʼrifladi[4].
Britaniyalik aktyor John Hurt universitet professori rolini ijro etgan va yosh talabalarga bir qator qotilliklarni toʻxtatishga yordam bergan[5]. Avvalroq, Aktyor Michael Caine bu rol uchun nomzodlikka berilgan edi[6].
De la Iglesia har kuni oʻzining blogida filmning suratga olish jarayonlarida yuz bergan oʻziga xos voqealarni yoritib bordi. Film uning odatdagi qora komediya janridan tashqari dramatik yoʻnalishdagi birinchi qadamidir[7][8][9][10].
Suratga olish ishlari 2007-yilning 22-yanvarida boshlandi va 24-mart kuni Oksfordda va Londondagi Viktoriya va Albert muzeyining Cast Courtida oʻz yakuniga yetdi[11].
Namoyish etilishi
tahrir2008-yil 25-aprel kuni film Odeon Sky Filmworks tomonidan Buyuk Britaniyada yaratildi va 1-sentyabrda ilk marotaba DVD-da namoyish etildi. Biroq, AQShda 2010-yilgacha film namoyishiga ruxsat berilmadi. Vanihoyat, 2010-yil 2-iyul kuni VOD va 6-avgust kuni kinoteatrlarda namoyish etish boshlandi[12].
2010-yil 5-oktyabrda filmning DVD va Blu-ray disk versiyasi chiqarila boshladi.
Qabul qilinishi
tahrirThe Oxford Murders asosan salbiy tanqidlar oldi. San-Fransisko Chronicle tanqidichisi David Lewis: filmda „koʻplab iqtidorli odamlar“ ishtirok etganligiga qaramay, unda „qora ssenariy“ borligini va „boshdan oxirigacha zerikarli“ ekanligini yozgan[13]. Variety filmidan Jonathan Holland filmni unchalik tanqid qilmagan boʻlsa-da dialog va ishqiy syujetda ayb topdi va uni „sayqallangan, ammo batafsil yoritilmagan“ deb taʼkidladi[14]. „Rotten Tomatoes“ sharh agregatorida ushbu film 17% reytingga ega boʻlgan. Tilshunos professor Geoffrey Pullum esa filmga nisbatan keskin sharh yozgan[15].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 The Oxford Murders Box Office Mojoda
- ↑ Martínez, Guillermo. The Oxford Murders, Reprint, Westminster, London: Penguin Books, 2006. ISBN 978-0143037965.
- ↑ „The Oxford Murders“. Turner Classic Movies. Turner Broadcasting System. Qaraldi: 2018-yil 9-may.
- ↑ Blasfemando en el vórtice del universo Álex de la Iglesiaʼs blog.
- ↑ realmovienews.com (Wayback Machine saytida 2007-02-11 sanasida arxivlangan) pictures of Elijah Wood and John Hurt filming the movie in London.
- ↑ preview of The Oxford Murders on European-films.net
- ↑ „De la Iglesia inicia el rodaje de 'Los crímenes de Oxford'“. Hoy (2007-yil 19-yanvar). 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
- ↑ noticias(Wayback Machine saytida 27 September 2007 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Eurimages gives coin to 'Oxford' – Entertainment News, Web Exclusive, Media – Variety“.
- ↑ „Wood joins suspects in 'Murders'“. The Hollywood Reporter.
- ↑ A review from Language Log
- ↑ Miska. „Magnolia Pictures Announces Release Plans for 'The Oxford Muders[sic'“] (2010-yil 24-iyun).
- ↑ David Lewis, review of „The Oxford Murders“, in the San Francisco Chronicle, 13 August 2010.
- ↑ Jonathan Holland, review of „The Oxford Murders“, in Variety, 29 January 2008 (4 February in print).
- ↑ „Language Log » Come back, Dan Brown, all is forgiven“.