Tillarning saqlanish darajasi
Tillarning saqlanish darajasi (xavf darajasi; ingl. Degree of endangerment) — bu UNESCO tomonidan „Yoʻqolish xavfi ostida boʻlgan dunyo tillarining atlasi“ga (ingl. Atlas of the World’s Languages in Danger) kiritilgan tillarga, 9 mezon asosida beriladigan baholash tartibi. Eng muhim hisoblanadigan mezon – tilning avloddan-avlodga oʻtish darajasi hisoblanadi[1].
Xavf darajalari
tahrirDarajasi | Izoh | Tillarga misol |
---|---|---|
Xavfsiz | Til barcha avlodlar tomonidan qoʻllanadi. Tilning avloddan-avlodga oʻtishi buzilmagan. | Arab, Arman, Fors, Fransuz, Ingliz, Ispan, Koreys, Olmon, Qozoq, Rus, Turk, Oʻzbek va boshqa tillar. |
Xavf ostida | Til koʻpchilik bolalar tomonidan ishlatiladi, lekin ishlatilishda baʼzi cheklovlar mavjud. (Masalan, bolalar faqat uyda ushbu tilda gapirishadi) | Adigey tili, Boshqird, Belarus tili, Chuvash, Maori tili, Chechen va boshqa tillar. |
Yoʻqolish xavfi mavjud | Bolalar tomonidan til – ona tili sifatida oʻrganilmaydi. | Mordva tillari, Mariy, Nevar tili, Karel tili,Udmurt va boshqa tillar. |
Jiddiy yoʻqolish xavfi mavjud | Yoshi katta avlod tomonidangina ishlatiladigan til. Ota-ona avlodi tomonidan tushiniladi, lekin bolalar bilan va oʻzaro aloqa qilish uchun ishlatilmaydi. | Breton, Nanay tili Qrimtatar tili, Xanti tili va boshqalar. |
Tiklanayotgan til | Tiklanish jarayonidagi tillar | Korn tili, Men tili, Manjur tili va boshqalar. |
Yoʻqolish arafasida | Faqat yoshi kattalar biladigan va muloqotda deyarli ishlatishmaydigan tillar. | Gavayi tili, Evenk tili, Vod tili, Tofa tili va boshqalar. |
Yoʻqolib ketgan (Oʻlik til) | 1. Tirik til egalari mavjud emas. 2. Yaqin oʻtmishda aniq mavjud boʻlgan, lekin hozirda yetarlicha malumot mavjud emas. |
1. Dalmat tili, Got tili 2. Fargʻona qipchoq lahjasi, Yukagir |
Ko’rinib turibdiki, til egalari soni muhim o'rin tutmaydi: masalan, Pitkern orolida mahalliy kreol tili egalari soni 100 dan kam, shunga qaramasdan bu til xavf ostida deb qaraldi, shu paytda Hindistonda 50 mingdan ortiq til egalari bo’lgan duruva tili yo’qolish arafasida deb hisoblanadi. Til qanchalik yaxshi keyingi avlodlarga o’tishi ancha muhimroq, bu bolalar soni, uni qo'llovchilar soni, shuningdek qo'llovchilarning o’rtacha va minimal yoshidan yaqqol ko'rinib turadi.
Manbalar
tahrir- ↑ R.E. Asher, Christopher Moseley. Atlas of the World's Languages, 2007.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |