Timurbek Usmonov
Timurbek Bekmurodovich Usmonov (1942 – 2021) – oʻzbek fizigi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.
Timurbek Bekmurodovich Usmonov | |
---|---|
Tavalludi |
14-aprel 1942-yil Toshkent OʻzSSR |
Vafoti |
23-dekabr 2021-yil (79 yoshda) Toshkent Oʻzbekiston |
Sohasi | lazer fizikasi |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Mukofotlari | „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni, sport ustasi |
Biografiyasi
tahrirTimurbek Usmonov 1942-yil 14-aprelda Toshkent shahrida dunyoga keladi.
Moskva davlat universitetini tugatgandan soʻng (1967), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy-tadqiqotchi xodim boʻladi. 1972-yilda Moskva davlat universitetida (MDU) aspiranturani tamomlagandan soʻng nomzodlik dissertasiyasini himoya qiladi.
Mehnat faoliyati:
- 1972—1974-yillarda Yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim
- 1974—1992-yillarda Elektronika instituti (bugungi kundagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) laboratoriyasi mudiri
- 1993—2002-yillarda Fan va texnika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
- 2002—2006-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yirik ilmiy loyihalar boʻyicha ekspert kengashi raisi
- 1992—2006-yillarda „Akadempribor“ IICHB (Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) direktori, soʻng lazer nurlanishining moddalar bilan oʻzaro taʼsiri laboratoriyasi mudiri
- 2006-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri.
Timurbek Usmonov fizika-matematika fanlari doktori (1987-yil), soʻng 2017-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylanadi.
U lazer fizikasi va texnologiyasi, chiziqli boʻlmagan optika va spektroskopiya sohasidagi olim sanaladi.
Usmonov birinchi marta dunyo boʻyicha kuchli lazer nurlanishining eng samarali uygʻunlashuvi va parametrik yorugʻlik genarasiyasining yuqori darajasini oladi. Uning tadqiqotlari asosida yaratilgan lazer komplekslari amaliyotda ham keng qoʻllanadi.
U 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monografiya, 16 ta patent muallifidir.
Shuningdek, u „Kristallarda yuqori samarali chastotali nochiziqli konversiya va kogerent optik nurlanishning sozlanishi manbalarini yaratish“ turkum ishlari uchun" – SSSR Davlat mukofoti laureati (1984-yil) boʻladi.
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan ham taqdirlanadi.
Bundan tashqari, u erkin kurash boʻyicha SSSR sport ustasi.
Timurbek Usmonov 2021-yil 23-dekabrda Toshkent shahrida vafot etadi.
Ilmiy ishlari:
- Preobrazovanie chastoti lazernogo izlucheniya s predelnoy effektivnostyu / A. A. Gulamov, E. A. Ibragimov, V. I. Redkorechev, T. B. Usmanov; AN UzSSR, In-t elektron. im. U. A. Arifova. – T.: Fan, 1990. – 145, [2] s.; 22 sm.
- A. V. Benkov, A. V. Zinovev, T. Usmanov, S. T. Azizov, „Neteplovoe svechenie poverxnosti metalla pri lazernom vozbujdenii“, Kvantovaya elektronika, 12:5 (1985), 977–986
- E. F. Ibragimov, T. Usmanov, „K teorii generatsii vtoroy garmoniki moщnogo lazernogo izlucheniya“, Dokl. AN SSSR, 261:4 (1981), 846–850
- R. A. Ganeev, T. B. Usmanov, „Nelineyno-opticheskie xarakteristiki razlichnix sred“, Kvantovaya elektronika, 37:7 (2007), 605–622 [Quantum Electron., 37:7 (2007), 605–622]
- Limitation of second-harmonic generation of femtosecond Ti:sapphire laser pulses. Ildar A. Begishev, Mikhail Kalashnikov, Vladimir Karpov, Peter Nickles, Horst Schönnagel, Ilya A. Kulagin, and Timurbek Usmanov. Journal of the Optical Society of America B Vol. 21, Issue 2, pp. 318-322 (2004)