Tipratikan
Tipratikan – hasharotxoʻrlar turkumi tipratikanlar oilasiga mansub Erinaceinae kenja oilasining tikansimon sutemizuvchisi. Yevropa, Osiyo va Afrikaning turli qismlari va Yangi Zelandiyada introduksiv yoʻl bilan koʻpaygan tipratikanlarning oʻn yetti turi mavjud. Avstraliya va Amerikada paydo boʻlgan turlar mavjud emas. Biroq, yoʻq boʻlib ketgan Amphechinus jinsi bir vaqtlar Shimoliy Amerikada yashagan.
Tipratikan | ||
---|---|---|
Yevropa tipratikani | ||
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Erinaceus | ||
Tipratikanlar koʻrsichqonlar (Soricidae oilasi) bilan uzoq qarindoshlikka egadir. Gimnariyalar esa ushbu ikki turga oraliq boʻgʻin boʻlishi mumkin. Chunki ular soʻnggi oʻn besh million yil ichida deyarli oʻzgarmagan[1]. Koʻpgina ilk sutemizuvchilar singari ular ham tungi hayot tarziga moslashgan[2]. Ularning tikanli himoyasi kemiruvchilar: kirpi va birteshiklilar turiga mansub yexidnalarga oʻxshaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ "Thirteen Ways of Looking at a Hedgehog". Natural History 107 (6): 52. 1998.
- ↑ „WildlifeTrust.org.uk“. WildlifeTrust.org.uk. 2013-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-fevral.
Havolalar
tahrirVikilugʻatda tipratikan nomli maqola mavjud. |
Vikiomborda Tipratikan haqida turkum mavjud |